1. Ijtimoiy soliqning tashkil etilishi Ijtimoiy soliq to’lovchilari
Download 20.66 Kb.
|
IJTIMOIY SOLIQ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Soliq to‘lovchilar
- Soliq solish obektlari
- Soliq bazasi
IJTIMOIY SOLIQ Reja: 1.Ijtimoiy soliqning tashkil etilishi 2.Ijtimoiy soliq to’lovchilari 3.Soliq imtiyozlari Ijtimoiy taminot tizimida davlat kafolatlarini amalga oshirish maqsadida 1993-yilda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Makamasi huzuridagi sug’urta jamg’arasi tashkil etilgan. 1996-yilda jamg’arma mustaqil moliyaviy strukturaga, pensiya taminoti molyasining davlat boshqaruv organiga- O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari pensiya jamg’armasiga aylantirilgan. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Makamasining 2000-yil 15-no’yabiridagi 444-sonli qarori bilan 2001-yil 1-yanvaridan boshlab Budjetdan tashqari pensiya jamg’armasiga majburiy to’lovlar davlat soliqlari va yig’imlariga tenglashtirildi va nazorat qilish vazifasi DSQga yuklatildi O’zbekiston REspublikasining “budjet tizimi to’g’risidagi” gi 2000-yil 14-dekabirdagi Qonuniga binoan jamg’arma davlat maqsadli jamg’armasi maqomiga ega bo’ldi. Soliq to‘lovchilar Ijtimoiy soliqni soliq to‘lovchilari (bundan buyon ushbu bo‘limda soliq to‘lovchilar deb yuritiladi) deb quyidagilar e’tirof etiladi: O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari; O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar, chet el yuridik shaxslarining vakolatxonalari va filiallari; ushbu Kodeksning 408 va 409-moddalarida nazarda tutilgan tartibga muvofiq ijtimoiy soliq to‘laydigan jismoniy shaxslarning ayrim toifalari. Soliq solish ob'ektlari Ish beruvchining xodimlar mehnatiga haq to‘lashga doir xarajatlari ijtimoiy soliqning (bundan buyon ushbu bo‘limda soliq deb yuritiladi) soliq solish obyektidir. O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlash uchun chet ellik xodimlar bilan ta’minlash yuzasidan xizmatlar ko‘rsatishga doir shartnomalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi norezidenti bo‘lgan yuridik shaxsga to‘lanadigan chet ellik xodimlarning daromadlari ham soliq solish obyektidir. Jismoniy shaxslarning ayrim toifalari uchun ular tomonidan tadbirkorlik faoliyatini va (yoki) yakka tartibdagi mehnat faoliyatini amalga oshirish soliq solish obyektidir. Quyidagilar soliq solish obyekti hisoblanmaydi: ish beruvchining xodimga mehnatda mayib bo‘lganligi yoki sog‘ligiga boshqacha shikast yetganligi bilan bog‘liq zararning o‘rnini qoplash tarzidagi, ushbu Kodeks 369-moddasi ikkinchi qismining 10-bandida ko‘rsatilgan miqdorlardan ortiqcha xarajatlari; Soliq bazasi Soliqni hisoblab chiqarish uchun soliq bazasi ushbu Kodeksning 371-moddasiga muvofiq to‘lanadigan xarajatlar summasi sifatida aniqlanadi. O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga kvota qilingan lavozimlarga xizmat safariga yuborilgan shaxslar uchun soliqni hisoblab chiqarish maqsadida soliq bazasi ularning O‘zbekiston Respublikasida budjet tashkilotlari xodimlari uchun ish haqi miqdorining oshishi inobatga olingan holda qayta hisoblab chiqariladigan, ular O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga ishga yuborilguniga qadar oxirgi ish joyida mehnatga haq to‘lash tarzida olgan daromadlaridan kelib chiqib aniqlanadi. Ushbu Kodeks 403-moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatilgan daromadlar bo‘yicha soliqni hisoblab chiqarish uchun soliq bazasi chet ellik xodimlarga to‘lanadigan daromadlar summasi sifatida, biroq O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlash uchun chet ellik xodimlar bilan ta’minlash yuzasidan xizmatlar ko‘rsatishga doir shartnoma bo‘yicha xarajatlar umumiy summasining 90 foizidan kam bo‘lmagan summada belgilanadi. Download 20.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling