qoldirgan yo’l uch bosqichdan iborat”, degan fikrni ilgari suradi. YA’ni qishloq xo’jaligi,
sanoat hamda hozirgi axborot tamaddunlari. Tabiiy savol tug’iladi: xo’sh, keyin-chi? Insoniyat
to’rtinchi to’lqin davrini ham boshdan kechiradimi? Unga qanday nom beriladi? Taraqqiyot
shiddati bashariyatni qayerlarga olib boradi? O’zimiz yaratgan, erishgan va erishayotgan
taraqqiyot cho’qqilarida omon qolish hamda yashash epini topa bilamizmi?
Sog’lom aql-idrok va mantiqdan kelib chiqilsa, hozirdanoq to’rtinchi to’lqin axborot
odobi, madaniyati tamadduni, deb nomlanishi birdan-bir to’g’ri hamda oqilona chora ekanligini
ko’rsatadi. Ha, endilikda odamlarning, oilalarning, milliy qadriyatlarning — insoniyatning rivoji,
farog’ati va istiqboli mazkur xaloskor madaniyatga bevosita bog’liq bo’lib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |