1. Ijtimoiyishda psixologik va sotsiologik nazariyalar. Ijtimoiy ishda fenomenal nazariyalar


Download 18.19 Kb.
Sana10.11.2021
Hajmi18.19 Kb.
#173059
Bog'liq
Savollar


Savollar:

1. Ijtimoiyishda psixologik va sotsiologik nazariyalar.

2. Ijtimoiy ishda fenomenal nazariyalar.

3. Ijtimoiy ish metodlari



Javoblar:

1.Jamiyat hayotini tushuntirishga urinishlar antik davrda (Platon, Aristotel va boshqalar) paydo boʻldi, tarix falsafasida davom etdi. Oʻrta Osiyolik mutafakkirlar (Forobiy, Ibn Sino, Beruniy) asarlarida ham jamiyat, uning yashashi va rivojlanishi haqida muhim fikrlar bildirilgan. Sotsiologik tasavvur va qarashlar 19-asrning 1-yarmida O. Kont, G. Spenser kabi olimlar ijodi natijasida fan darajasiga koʻtarildi va qariyb 200 yildan buyon rivojlanib kelmoqda. Turli davrlarda sotsiologiyaning mohiyati turlicha talqin etildi. Avvaliga u jamiyat haqidagi umumiy fan sifatida tushunilgan. Ayni vaqtda uning aniq ilmiy uslublarini nazarda tutgan holda ijtimoiy fizika deb ham izohlangan (L. Ketle). Dastlab Yevropada taraqqiy etgan sotsiologiya Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarida keng ijtimoiy muammolarni dalil va asosli ravishda qoʻya boshladi (M. Veber, E. Dyurkheym, G. Zimmel (1858—1918), V. Pareto (1848—1923), P. Sorokin (1889—1968)). Shu maʼnoda u mohiyatan makrosotsiologiya edi. Sotsiologiyaning Amerikadagi rivoji esa, odatda, „kichik“ ijtimoiy hodisalarni oʻrganuvchi mikrosotsiologiya tarzida yangi qirralarini namoyon etdi (J. Dyui (1859—1952), Ya. Moreno (1892—1974), J. Xomans (1910), E. Meyo (1880—1949)). Keyinchalik sotsiologiyaning bu makro va mikro koʻrinishlari T. Parsons (1902—1979), R. Merton (1910)ning nazariy ishlarida va P. Lazersfeld (1901—1976)ning empirik tadqiqotlar uslubiyatida yagona tizimga keltirildi. Biroq sotsiologiyaning predmeti va ijtimoiy amaliyot uchun ahamiyati xususidagi bahslar haligacha davom etib kelyapti, yangi sotsiologiya yaratishga urinishlar toʻxtamayapti.

2. Ijtimoiy ishning nazariy bilimlarining asosiy qismini egallagan tizimlar nazariyasi amaliyotda olinayotgan bilimlarni quyidagi tarzda yo’lga qo’yishga imkon beradi. 1. Tizimlar nazariyasi tahliliy modelga qaraganda ko’proq ma’lumotlarni ko’rib chiqish imkonini beradi, shuningdek ijtimoiy ishda zarur bo’lgan bir qancha fanlararo xarakterga ega bo’lgan ma’lumotlarni bir tizimga solishga yordam beradi. 2. Tizimlarning rivojlanish, amalga oshirilishi, tuzilmasi bilan boғliq holatlar ijtimoiy ishchining turli toifadagi – individdan tortib, to butun bir jamiyatdan iborat bo’lgan mijozlari bilan ishlashida qo’llanilishi mumkin. 3. Tizimlar nazariyasi keng ko’lamdagi ijtimoiy muammolarni, ya’ni ijtimoiy kichik tizimlar orasida munosabatlarda yuzaga keladigan muammolarni ham baholash uchun asosni yaratib beradi. Bunda kichik tizimlardan birida kechayotgan o’zgarishlarni boshqa tizimchalarga ta’sir ko’rsatuvchi xolat sifatida inobatga olinishi imkoniyatini oshiradi.

3. Ijtimoiy ishchining kasbi tashkilot va insonlar, tashkilotlar va ijtimoiy institutlar o’rtasidagi aloqalarni mukammallashtirish bo’yicha faoliyatni ham o’z ichiga oladi va ijtimoiy siyosatga ta’sir ko’rsatishga yo’naltiriladi. Ҳaqiqatdan ham, bunday ahamiyatga ega bo’lgan maqsadlarga intilish uchun asos ham bor: ijtimoiy ish jamiyatning barcha darajalarida, ya’ni individualdan tortib intermadaniyat hamda halqaro hamkorlik darajasigacha faoliyat yuritadi. Ijtimoiy ishchi tashxisli, terapevtik, prognostik va nazorat qiluvchi texnologiyalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishi uchun qanday kasbiy ko’nikmalarga ega bo’lishi haqida atroflicha fikr yuritamiz. Ijtimoiy ishchining asosiy kasbiy ko’nikmalari: 1. o’zgalarni tushunish hamda maqsadga yo’naltirilgan tarzda tinglay olish. 2. Ma’lumotlarni aniqlab, vaziyatni baholagan holda uning ijtimoiy yuzaga kelishi sabablarini aniqlashga yordam beruvchi barcha dalillarni yiғish. 3. Samarali kasbiy faoliyatni amalga oshirishga yordam beruvchi munosabatlarni o’rnatish va rivojlantirish. 4. Verbal va noverbal xulq-atvorni kuzatish va uni talqin qila olish, tashxis qilishga yordam beruvchi hamda shaxs nazariyasi bilan boғliq nazariy bilimlarni qo’llay bilish. 5. Individ, guruh, ijtimoiy muhit, jamoatchilikni o’z muammolarini hal qilishga nisbatan sa’y-harakatlarini faollashtirish, ularning ishonchini qozonish. 6. Muammoli mavzularni ijobiy hissiy kayfiyatda va tahdidni ifoda etmasdan muhokama qilish. 7. Mijozlarning muammolarini xal etishning yangicha yo’llarini ishlab chiqish. 8. Yordam, ta’lim va terapevtik ko’mak olish bo’yicha ehtiyojlarni aniqlash. 9. Tadqiqotlarni olib borish, tadqiqotning xulosalarini hamda nazariy xolatlarni talqin qila olish. 10.Nizoli individ, guruhlar orasidagi munosabatlarni yaxshilashga ko’maklashish. 11.Turli mutaxassisliklararo va idoralararo aloqalarni ta’minlash. 12.Ijtimoiy muammolarni talqin qilish va ular haqida fondlarda, tashkilotlarda va qonunchilik institutlarida ma’ruza qila olish.
Download 18.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling