1. Ikkita tosh gorizontga burchak ostida otildi: 1-tosh
Download 49.62 Kb. Pdf ko'rish
|
2 5213024071712769453
@FizikaLife Variant – 4 1. Ikkita tosh gorizontga burchak ostida otildi: 1-tosh 22,5 ◦ burchak ostida 20 m/s boshlang‘ich tezlik bilan shimolga, 2-tosh esa 45 ◦ burchak ostida 10 m/s boshlang‘ich tezlik bilan g‘arbga. Toshlarning yerga urilish nuqtalari orasidagi masofani toping (m). g=10 m/s 2 . A) 30. B) 40. C) 50. D) 60. 2. Gorizontga nisbatan 60 ◦ burchak ostida 20 m/s boshlang‘ich tezlik bilan otilgan jismning biror nuqtadagi normal tezlanishi 8 m/s 2 ga teng bo‘ldi. Shu momentda jism tezligi gorizont bilan hosil qilgan burchak kosinusi nimaga teng bo‘ladi? g=10 m/s 2 . A) 0,8. B) 0,6. C) 0,4. D) 0,74. 3. m massali jism gorizontal sirtda joylashgan bo‘lib, unga jism og‘irligining yarmiga teng bo‘lgan F kuch ta’sir qiladi. Bu kuch gorizontga nisbatan α burchak tashkil qilib, birinchi holda pastga, ikkinchi holda esa yuqoriga yo‘nalgan holda jismni harakatga keltiradi. Ikkala holdagi ishqalanish kuchlarining ayirmasi aniqlansin. Ishqalanish koeffitsiyenti μ. A) μmgsinα. B) 0, 5μmgsinα. C) μmgcosα. D) 2μmgsinα. 4. Bir jinsli og‘ir metall sterjen o‘rtasidan buklandi va 1 @FizikaLife bir uchidan erkin osib qo‘yildi. Agar bukilish burchagi 90 ◦ bo‘lsa, sterjenning osilgan uchi vertikal bilan qanday burchak tashkil qiladi? A) arctg3. B) arcsin(1/3). C) arctg(1/3). D) arcctg4. 5. Suv bilan to‘ldirilgan, qirralari uzunligi a bo‘lgan kub shakldagi idish og‘irlik kuchi maydonida erkin tushmoqda. Kub markazida massasi 100 g bo‘lgan yog‘och (800 kg/m 3 ) sharcha L = a/2 uzunlikdagi ip bilan idish tepasiga bog‘lab qo‘yilgan. Sistema umumiy massasi m ga teng. Kub pastga yo‘nalgan qo‘shimcha F = mg kuch bilan tortila boshlagandan so‘ng ipning taranglik kuchi (N) nimaga teng bo‘lib qoladi? Qarshilik kuchlarini inobatga olmang. g=10 N/kg. A) 0,75. B) 0. C) 0,5. D) 0,25. 6. Yerda yotgan shlangdan gorizontga 30 ◦ burchak ostida 15 m/s tezlikda suv otilib chiqmoqda. Shlangning kesim yuzasi 1 cm 2 ga teng bo‘lsa, suvning havodagi qismini massasini aniqlang (kg). ρ=1000 kg/m 3 . A) 2,5. B) 3. C) 1,5. D) 2,25. 7. Xonani isitish rejimida ishlayotgan konditsioner xonaga 10 kJ issiqlik berdi. Konditsioner ko‘cha havosidan olgan issiqlikni xonaga beradi, uni ideal 2 @FizikaLife issiqlik mashinasi deb hisoblash mumkin. Konditsioner dvigateli 1,5 kJ ish bajargan. Xona harorati +27 ◦ C bo‘lsa, ko‘chadagi harorat bundan necha ◦ C pastroq? A) 45. B) 35. C) 4. D) 27. 8. Ikkita erkin q va 9q manfiy zaryadlar bir-biridan a masofada turibdi. Butun sistema muvozanatda bo‘lishi uchun musbat zaryadni q zaryaddan qanday masofada joylashtirish kerak va bu zaryad qanday bo‘lishi kerak? A) a/4; ixtiyoriy. B) 3a/4; q. C) a/4; 9q/16. D) 3a/4; ixtiyoriy. 9. Massasi 0,18 g va moddasining zichligi 1800 kg/m 3 bo‘lgan musbat zaryadlangan sharcha zichligi 900 kg/m 3 bo‘lgan suyuq dielektrikda muallaq holatda turibdi. Dielektrikdagi bir jinsli elektr maydonning kuchlanganligi 45 kV/m bo‘lib, yuqoriga vertikal yo‘nalgan. Sharchaning zaryadini (nC) toping. g=9,8 N/kg. A) 23. B) 22. C) 16. D) 19,6. 10. Elementning klemmalariga qarshiligi 20 Ω bo‘lgan voltmetr ulanganda u 1,37 V kuchlanishni ko‘rsatadi. 10 Ω qarshilik bilan tutashtirilganda esa zanjir bo‘ylab 0,132 A tok o‘tsa, elementning elektr yurituvchi kuchini aniqlang (V) A) 3,43. B) 2. C) 2,13. D) 1,42. 3 Download 49.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling