1. Ilk islom F. si davri yunon F. sining arab va suryoniy tillariga tarjima etilishi, bu tarjimalarda yahudiylik va xristianlik aqidalarining ustuvorlik qilishi bilan ajralib turadi
Download 55.92 Kb.
|
mustaqil ishi
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI TOSHKENT VILOYATI CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI TARIX SIRTQI 22/2-GRUH TALABASI TURSUNALIYEV OMADJONNING MUSTAQIL ISHI MAVZU: ISLOM DINI VA FALSAFASI BAJARDI: TURSUNALIYEV OMADJON TEKSHIRDI: MULLAJONOV ISLOM ISLOM DINI VA FALSAFASI Reja: 1. Ilk o`rta asrlar falsafasining mohiyati va o`ziga xos xususiyatlari 2. Islom dinining vujudga kelishi 3. Tasavvuf ta`limotining oqimlari 1. Ilk islom F.si davri yunon F.sining arab va suryoniy tillariga tarjima etilishi, bu tarjimalarda yahudiylik va xristianlik aqidalarining ustuvorlik qilishi bilan ajralib turadi. Bu davrda islomdagi jabariylar bilan qadariylar, moʻʼtaziliylar bilan mutakallimlar oʻrtasida falsafiy qaramaqarshiliklar boʻlgan. Sharqiy islom F.sida dunyoviy va islomiy gʻoyalarning , turli xalq va sivilizatsiyalarning tafakkur tarzi sintezlashgan. Shuningdek, tabiatshunoslik ilmlaridagi yirik kashfiyotlarni (mas, kimyo ilmining vujudga kelishi) falsafiy asoslash, hisoblash madaniyatining tubdan uzgarishi (Xorazmiy sistemasi) bilan bogʻliq belgilar kuzga tashlanadi. Sharqiy islom F.si (Muso Xorazmiy, Fargʻoniy, Kindiy, Abu Bakr Roziy, Abu Mansur Moturidiy, Ashʼariy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Nosir Xisrav, Yusuf Xos Xojib, Umar Xayyom, Gʻazoliy, Zamaxshariy, Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro, Faxriddin Roziy, Bahouddin Nakshband, Ibn Xaldun va boshqalar) va gʻarbiy islom F.si (Ibn Tufayl, Ibn Boja, Ibn Rushd) faylasuflarining musulmon olimlari tomonidan qayta ishlangan, tarjima qilingan asarlarining Yevropaga qayta takdim etilishi bu yerda Uygʻonish davrining boshlanishiga taʼsir koʻrsatgan. F.ning keyingi ravnaq topishi Markaziy Osiyoda temuriylar davri bilan boshlanadi. Amir Temur falsafiy gʻoyalarning mamlakat istiqboliga xizmat qilishini bilgan holda ilmfan ravnaqiga rahnamolik qildi. Bu davrda Markaziy Osiyoda tasavvuf F.si, tabiatshunoslik F.si, mantiq F.si va axloqiy taʼlimotlar rivojlandi (Rudakiy, Firdavsiy, Nizomiy, Saʼdiy, Jaloliddin Rumiy, Taftazoniy, Jurjoniy, Ulugʻbek, Xoja Ahror, Fuzuliy, Nasimiy, Jomiy, Navoiy, Muhammad Qozi, Maxdumi Aʼzam, Bobur, Mashrab, Bedil va boshqalar). Shuni qayd etish lozimki, islom F.si oʻzidan ilgari oʻtgan barcha dinlar bilan bogʻliq ilmiy anʼanalarni qabul qilgan. Islom F.si rivojiga iudaizm, xristianlik, buddizm va boshqa diniy taʼlimotlar taʼsir koʻrsatgan. Movarounnahr arablar tomonidan zabt etilishi arafasida Turk qog`onoti tizimiga kirar edi. U mayda amirliklardan iborat bo`lib, ular o`rtasida tinimsiz to`qnashuvlar ro`y berib turar edi. Ayniqsa, Turk qog`onoti bilan sosoniylar Eroni o`rtasidagi to`qnashuvlar o`ta shiddatli tusda yuz berar edi. XII asrning oxiri va XIII asrning boshlarida bu xudud arab xalifaligi tomonidan bosib olindi. Bunga Movarounnahr hududida yashovchi xalqlar, ijtimoiy kuchlar orasida siyosiy hamjihatlikning yo`qligi, o`zaro qirg`in-barotlarning avj olishi sabab bo`ldi. Sharq qadimiy madanyat o`chog`i va jahon sivilizatsiyasining beshigi deya bejiz ta’riflanmagan. o’arb madaniyati tarixini o`rganish jarayonida Ovrupotsentrizm nazariyasiga oqib ketish G`ayriilmiy bo`lgani kabi, masalaning Sharq bilan bog`liq jixatini tahlil etganda ham Osiyotsentrizm G`oyalari ta’siriga tushmaslik lozim. Shu bilan birga, Sharqning o`ziga xosligi, unga mansub bo`lgan madaniy taraqqiyot jahon sivilizatsiyasining beshigi, dunyo xalqlari rivojiga qo`shilgan munosib xissa ekani ham sir emas. Bu hol jahonning barcha holis mutaxassis olimlari tomonidan e’tirof etiladi. Јolaversa, Vatanimiz sivilizatsiyasining Sharq sivilizatsiyasi kuchog`ida voyaga yetgani va uning qadriyatlarini o`zida aks ettirganini, unga va butun dunyo madaniyatiga o`lkan ta’sir ko`rsatganini doimo esda to`tish darkor. Sharq madaniyati taraqqiyotining ilk davrlari deganda, ko`pgina mutaxassislar bizning Vatanimiz utmishini, Misr, Bobil va insoniyat tarixining eng qadimgi sivilizatsiyalaridan biri bo`lgan Shumer davrlarini esga oladi. Bo`larning har biri insoniyat tarixida jamiyat hayoti, qadriyatlar tizimining o`ziga xosligi, boshqarish va iqtisodiy jarayonlarning muayyan tarzda namoyon bo`lishi bilan tavsiflanadi. Ushbu madaniyat uchoklari haqida maktab ta’limi jarayonida «Eng qadimgi tarix» darsliklari orqali ma’lumot berilgan. Zukko talabalar usha davrlarda qanday siyosiy jarayonlar kechgani, qanday podsholik va imperiyalar bo`lganini yaxshi biladi. Biz bugun usha davrlardagi falsafiy dunyoqarash, qadimgi ajdodlarimizning fikr-muloxazalari, o`ziga xos ta’limotlarining asosiy tamoyillari bilan yaqinroq tanishmokchimiz. Kuxna Sharq sivilizatsiyasining beshiklaridan biri bo`lgan Misr, qadimgi zamonda ilk utrok hayot va o`ziga xos dehqonchilik an’analari boshlangan Nil daryosi buylaridagi madaniyat dunyo olimlari dikkatini tortib keladi. Falsafaning qarama-qarshiliklarga sabab boʻlmagan yagona qatʼiy taʼrifi mavjud emas va u asrlar osha oʻzgarib, falsafa doirasida turli savollar koʻrilgan boʻlsa-da, mutaxassislar uning taʼkid va nazariyalar toʻplami emas, balki uslub ekanligini qabul etishadi. Falsafiy tadqiqotlar ratsional fikrlashga asoslangan bolib, tekshirilmagan farazlar va ishonchlarga oʻrin qoldirmaslikka intiladi. Turli faylasuflar ong tabiati haqida turlicha fikrlar bildirishgan, bu esa falsafaning oʻzi nima ekanligi haqidagi bahslarga sabab boʻlgan. Baʼzilarga koʻra, falsafa savol-javob jarayonini tekshiradi. Boshqalar esa falsafa muayyan falsafiy taʼkidlarni isbotlashi kerak, deb hisoblashadi. IV asrdan XVI asrgacha bo'lgan o'rta trival davri. Ming yildan ortiq vaqt mobaynida Yevropa falsafasining rivojlanishi nasroniylik tamoyillari va ideallarining tasdiqlanishi belgisi ostida bo'ldi. O'rta asrlar falsafasining asosiy ildizlari xristian ilohiyoti va antik falsafa, nasampered, Aflotun va Aristotel merosi edi. O'rta sinf falsafasi rivojlanishida uchta buyuk davr ko'rinadi: apologetika va patristizm davri (IV - V asrlar); sxolastik davr (VI - XIII asrlar); Uyg'onish davri yoki Uyg'onish davri (XIV - XVI asrlar). O'rta sinf falsafasining asosiy xususiyati dinning qotib qolganligi edi. Philosophia - ancilla theologiae (Falsafa - ilohiyotning xizmatkori) - o'rta asrlar davrining ustunligida falsafaning roli shunday boshlangan. Oʻrta tabaqa falsafasining ontologik kontseptsiyasi obʼyektiv-idealistik asosga asoslangan edi: “Soʻz boʻlakda edi... Soʻz esa Xudo edi”. O'rta falsafaning dastlabki davri apologetika va patristizmning g'oyaviy rivojlanishi bilan birga keladi 2. Islom VII asrda Hijoz (Gʻarbiy Arabistonda)da paydo boʻldi. Uning asoschisi Muhammad analadi. Islom dinining paydo boʻlishi xususida Islom manbalariga asoslangan diniy anʼanada u ilohiy hodisa, insonlarni toʻgʻri yoʻlga solish uchun Alloh taolo tomonidan yuborilgan oxirgi ta`limot deb hisoblanadi. Islom talqinida dastlab yahudiy va xristianlar ham aynan musulmonlar eʼtiqod qilgan xudoga ishonganlar. Shu Xudo, yaʼni Alloh odamlarga payg`ambarlarlar va elchilar yuborgan, ammo insonlar paygʻambarlar taʼlimotini buzganlar. Shuning uchun Alloh insonlarga oxirgi rasul etib Muhammadni tanladi, unga oʻzining kalomi — Qur`on nozil qildi. Muhammad oldin oʻz hamshaharlarini, soʻng barcha arablarni koʻplab qabila xudolariga sigʻinishdan voz kechish va yagona Xudo — Allohga eʼtiqod qilish, solih hayot kechirish, u dunyoda jannatga tushish uchun bu dunyoda ezgu ishlar qilishga da`vat etdi. Qur`onga koʻra, arablar va yahudiylarning umumiy bobokaloni Ibrohim Allohga birinchi boʻlib imon keltirgan. Demak, Islom batamom yangi eʼtiqod emas, balki Ibrohimga nozil boʻlgan dinidir. Muhammadga, 40 yoshida (milodiy 610-yil) vahiy (ilohiy koʻrsatma) kelishni boshladi, biroqbir necha nufuzli yaqin qarindoshlarini hisobga olmaganda, Makkaning koʻpchilik aholisi, ayniqsa, Quraysh qabilasining zodagonlari uning targʻibotlariga ochiqdan-ochiq qarshi chiqdilar. Muhammadni yolgʻonchiga chiqarib juda katta zulm koʻrsatildi. Dastlab bir guruh musulmonlar Habashistonga hijrat qilishdi, Yasrib- dagi Banu Avs va Banu Hasraj qabilalarining vakillari 622-yilda musulmon jamoasini oʻziga qabul qilish, Muhammadni paygʻambar va Allohni yagona deb tan olishdi. Hijrat nomini olgan bu voqea Islom tarixi da burilish yasadi. Koʻchib oʻtgan kishilar muhojirlar (koʻchib kelganlar), Madinada Islomni qabul qilganlar ansorlar (tarafdorlar) deb ataldilar. Madina va Makka oʻrtasida boshlangan kurash 8 yil davom etdi (qarang Badr jangi, Uhud jangi, Xandaq jangi va boshqa). 628-yilda Makka zodagonlari Muhammad bilan kelishishga majbur boʻldilar (qarang Xudaybiya sulhi). 630-yilda musulmonlar qoʻshini hech qanday qarshiliksiz Makkaga kirib bordi. Makka aholisi yoppasiga Islom dinini qabul qildi va Muhammadni Allohning elchisi deb eʼtirof etdi. Ana shundan boshlab Makka Islom dini markaziga, Kaʼba musulmonlarning muqaddas ziyoratgohiga aylangan. Muhammad vafot etgan 632-yilda Arabiston yarimoroli toʻla birlashtirilgan, uning aksariyat aholisi Islom dinini qabul qilgan edi. Arabistonning siyosiy, iqtisodiy, etnik va madaniy jihatlardan birlashishida Islom dini muhim omil boʻlib xizmat qildi. Muhammad vafotidan soʻng, Abu Bakr Siddiq, Umar ibn Xattob, Usmon ibn Affon va Ali ibn Abu Tolib paygʻambarning oʻrinbosari (xalifa) sifatida hukmronlik qildilar.Ular va ulardan keyingi xalifalar VII-VIII asrlarda Falastin, Suriya, Eron, Movarounnahr, Misr, Shimoliy Afrika, Pireney yarimoroli, Shimoliy Hindistonni fath qilishdi. Bir asrdan kamroq vaqt davomida Shimoliy Xitoydan Ispaniyagacha, Kavkazortidan Hind okeanigacha boʻlgan katta hududni zabt etdilar va Islom dinini yoydilar (qarang Arab xalifaligi). Islomning muqaddas kitobi Qurʼondir. Musulmonchilikda bu kitobning butun mazmuni Allohning vahiy qilgan dalolati deb tushuniladi. Islomning aqidalari, eʼtiqod talablari, huquqiy va axloqiy meʼyorlari, cheklash va taʼqiqlari Qurʼon bilan birga uning tafsirlarida, hadis toʻplamlari va shariat qoʻllanmalarida, shuningdek, VIII-XII asrlarda vujudga kelgan ilohiyot adabiyotlarida oʻz ifodasini topgan. Islomning asosiy aqidasi — „Allohdan boshqa iloh yoʻq va Muhammad uning rasuli“. Islom ilohiyotining ilk shakli — kalom boʻlib, VIII asrda Arab xalifaligida vujudga kelgan. Islom dini 5 „asos“ yoki „ustun“ (arkon ad-din al-islomiy)ga ega: 1) Kalimai shahodat; 2) Namoz oʻqish; 3) Roʻza tutish; 4) Zakot berish; 5) imkoniyat topilsa haj qilish. Shulardan birinchisi iymon va qolganlari ibodat deb eʼtirof etilgan. Imon 7 aqidani — Allohga, uning farishtalariga, muqaddas kitoblariga, paygʻambarlariga, oxirat kuniga, taqdir (yaxshilik va yomonlik Allohning irodasi bilan boʻlishi)ga va oʻlgandan keyin tirilishga ishonishni oʻz ichiga oladi. Islomda roʻza hayiti, qurbonlik va qurbon hayiti, aqiqa, mavlid kabi oʻziga xos diniy marosim va bayramlar tarkib topgan. Bundan tashqari, mahalliy xalqlarda Islomgacha mavjud boʻlgan urf-odatlar, jumladan, fol ochirish, dam soldirish, aziz-avliyolarga, muqaddas joylarga sigʻinish ham Islom marosimchiligiga moslashib ketgan. Bu narsa, ayniqsa, Markaziy Osiyo musulmonlari orasida hali hanuz saqlanib qolgan. Aslida, Islom aqidasiga koʻra, joylarga sigʻinish, shaxslarga sigʻinish, fol ochish va fol ochdirish, harom qilingan, yaʼni Alloh taolodan oʻzgasidan koʻmak soʻrash taʼqiqlangan. Islomda ilk davrdan paydo boʻlgan eng birinchi yirik muammo — oliy hokimiyatni egallashga paygʻambardan keyin kim haqliroq, degan masala boʻldi. Ali tarafdorlari „shia“ nomini olib, Islomda birinchi boʻlinishni boshlab berdilar. Uchinchi xalifa Usmon aynan shu boʻlinishning qurboni sifatida jon taslim qildi. Ikki taraf — sunniylik va shialik oʻrtasidagi kurash asnosida xorijiylar deb atalgan uchinchi yoʻnalish ham paydo boʻldi, ammo Islom tarixi uzra sunniylik (90%dan ziyod) asosiy yoʻnalish boʻlib keldi. Oʻrta asrlarda hukmronlik qilgan abbosiylar, saljuqiylar, ayyubiylar, mamluklar, usmonliturklar, temuriylar sulolalari sunniylikda edilar. Hozirgi kunda ham sunniylar musulmonlarning mutlaq koʻpchiligi (93%)ni tashkil etadi. Birdan-bir davlat — Eronda shialik rasmiy diniy yoʻnalish sifatida qabul qilingan. Iroq, Livan, Shimoliy Yaman, Ozarbayjon va Afgʻonistonda shialarning yirik jamoalari mavjud. Ummon va Shimoliy Afrikada xorijiylarning baʼzi toifalari saqlanib qolgan. Musulmon huquqshunosligi — fiqhda 4 sunniy (hanafiylik, shofiʼiylik, molikiylik, hanbaliylik) va 1 shia (Jaʼfariylik) mazhablari shakllangan. Mazhablar diniy firqalardan farq qiladi. Firqalar, asosan, geografik va iqlimiy omillar hamda Islomni qabul qilgan xalqlarning oldingi madaniyati, anʼanalari va diniy tasavvurlari taʼsirida vujudga kelgan. Ularning aksariyati shia yoʻnalishiga mansub boʻlib, eng yiriklari — imomiylar, ismoiliylar va zaydiylardir. Islomda ilk davrlardan shariat barcha toʻla rioya qilinishi kerak boʻlgan qonunchilik) bilan tariqat (faqat ayrimlar Alloh xayrixohligiga muyassar boʻlishi mumkinligi) yonma-yon rivojlanib kelgan. Tariqat asoschilari — murshidlarning „valiyneʼmati“ asrlar osha hozirgi avlodgacha yetib keladi, degan tushuncha bor. VIII-IX asrlarda Islomda diniy-falsafiy oqim — tasavvuf paydo boʻldi. Sharqda eng mashhur boʻlgan tasavvuf tariqatlari — naqshbandiylik, qodiriylar, shoziliylardir. Islom dinining muhim xususiyatlaridan biri — uni qabul qilgan xalqlar vakillari uchun Islom aqidalarini ishlab chiqishda ishtirok etish imkoniyatini berganidadir. U oʻziga xos 3 taraqqiyot bosqichi yoki davrni oʻtadi. Birinchisini, shartli ravishda, Qurʼon davri deb atash mumkin. Qurʼoni Karimda oʻz aksini topgan Arabiston aholisining diniy ongi darajasini ifoda etuvchi diniy-siyosiy va ijtimoiy qarashlar, huquqiy va axloqiy mezonlar butun musulmon olami uchun hozirgacha shak-shubhasiz umumiy qadriyat hisoblanadi. Deyarli 4 asr davom etgan ikkinchi davr Islomda umumislomiy ahkomlar hukmronligi ostida turli fikrlar yoʻl qoʻyilgani bilan ajralib turadi. Islomdagi yoʻnalishlar, mazhablar va firqalar ana shu davrda paydo boʻldi. Musulmonlarning diniy birligi hal qilib boʻlmaydigan muammo boʻlib qoldi. X-XI asrlarda anʼanaga sodiq sunniylar bilan imomiy shialar, moʻʼtaziliylar hamda ashʼariylar oʻrtasida munosabatlar, ayniqsa, keskinlashib ketdi. Xalifa Qodir (991 — 1031) anʼanaviy Islomni qonun asosida barcha uchun majburiy boʻlgan davlat dini deb qaror toptirishga urinib koʻrdi. Shu maqsadda anʼanaga sodiq ilohiyotchilar imzolagan „Dinning qodiriy ramzi“ eʼlon qilindi. Unda „haq din“ deb eʼlon qilingan anʼanaviy diniy taʼlimotning asosiy qoidalari mufassal bayon qilib berildi, undan chetga chiqish jazolashga loyiq eʼtiqodsizlik deb qaraldi, biroq bu tadbir ham Islomda diniy birlik oʻrnatilishiga olib kelmadi. Gʻoyaviy kurash keyingi asrlarda ham davom etdi. Islomdagi uchinchi taraqqiyot bosqichi musulmon dunyosi „chekka“ oʻlkalarining ahamiyati va oʻrni ortganligi bilan bogʻliqdir. Batamom oʻzga madaniy anʼanalarga ega boʻlgan xalqlar musulmon dunyosining maʼnaviy hayotiga qoʻshilgach, Islomga oʻz diniy-axloqiy tasavvurlari, huquqiy meʼyorlari va odatlarini olib kirdilar. Movarounnahr, Eron, Shimoliy Afrika, Hindiston, Indoneziya kabi yirik tarixiy-madaniy mintaqalarda Islom oʻziga xos xususiyatlar kasb etadi. Islomning rivojlanishiga Movarounnahrda yetishib chiqqan allomalar katta hissa qoʻshdi. Imom Buxoriy kitob holiga keltirgan hadislar toʻplami — „Al-Jome as-Sahih“ Islom dinida Qurʼoni Karimdan keyingi ikkinchi manba hisoblanadi. Buxoriy va uning safdoshlari Islom ilohiyotining barcha yoʻnalishlari boʻyicha muhim tadqiqotlar qildilar. Jumladan, Islom nazariyotchiligida yuqori baholanadigan „Ilal ashshariat va Xatm ul-Asliyot“ risolasini taʼlif etgan Hakim Termiziy, Islom huquqshunosligini oʻrganishning asosiy qoʻllanmasi hisoblangan „Hidoya“ning muallifi Burhoniddin Margʻinoniy, Islom aqidasi asoslarini muayyan tartibga solgan, kalom ilmida maktab yaratgan Imom Moturidiy (qarang Moturidiylik), buyuk faqih Abu Lays Samarqandiy, musulmon dunyosining eng eʼzozli muxaddislaridan Iso Termiziy, qomusiy ilmlar sohibi, xususan, tafsir, hadis, shariat qonunshunosligida salmoqli asarlar bitgan Zamaxshariy, tasavvufda oʻziga xos iz qoldirgan Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband, Mahdumi Aʼzam, Najmiddin Kubro, Soʻfi Olloyor, Xoʻja Ahror, Abduxoliq Gʻijduvoniy va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin. Ular musulmon eʼtiqodini xalq dunyoqarashi bilan uygʻunlashtirganliklari tufayli Oʻrta Osiyoda madaniy hayotning adabiyot, meʼmorlik, musiqa kabi sohalarida taraqqiyot yuzaga keldi. 3. Tasavvuf – islomdagi mistikasketik oqimdir. Mistitsizm, mistika so’zlari qadimiy yunon tilidagi mystikos – «yashirin», «sirli» so’zidan olingan bo’lib, ilohiyat bilan bevosita muloqot qilish mumkinligi haqidagi ta’limot. Bu ta’limot insonning Xudo bilan aql va hissiyotdan yuqori bo’lgan sirli aloqasi bo’lib, uning natijasida insonda Xudoni bilish hosil bo’ladi. Qadimiy Sharq va yunon dinlarida ham insonni g’ayritabiiy kuchlar bilan bog’laydigan urf-odatlar (misteriyalar) – mistitsizm elementlari bor edi. Yakkaxudolik dinlarining barchasida mistitsizmga xos unsurlar mavjud. Hayotning barcha sohalari diniy e’tiqod bilan bog’liq bo’lgan o’rta asrlarda uning roli katta bo’ldi. O’rta asrlarda xristianlikda mistitsizmning ikki yo’nalishi – mavjud bo’lib, ular ortodoksalcherkov mistitsizmi va yeretik mistitsizm edi. Birinchisiga ko’ra, inson butunlay Xudoning hukmiga bo’ysungan bo’lib, uning xohishiga qarab unga yetishishi mumkin bo’lsa, ikkinchisining ta’limotiga ko’ra, inson o’z harakatlari bilan ham Xudoga yetishishi mumkin, deyiladi. Tasavvuf, sufiy yoki mutasavvif so’zlarining kelib chiqishi haqida turlicha fikrlar mavjud. Sufiylik mualliflari ko’pincha uning kelib chiqishini Download 55.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling