1. Ilmiy terminlarning morfologik usul bilan yasalishi Ilmiy terminlarning sintaktik usul bilan yasalishi Tayanch so‘z va iboralar


Ilmiy terminlarning morfologik usul bilan yasalishi


Download 63.59 Kb.
bet2/6
Sana18.06.2023
Hajmi63.59 Kb.
#1579701
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5-amaliy mashg\'ulot

Ilmiy terminlarning morfologik usul bilan yasalishi. Morfologik usul bilan termin yoki so‘z yasash shunday usulki, unda o‘zak-negizga so‘z yasovchi qo‘shimchalar qo‘shiladi va yangi terminlar hosil qilinadi.
Bunday so‘z yoki termin yasash ko‘pgina tillarda, jumladan o‘zbek tilida ham eng mahsuldor usuldir. Masalan, “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”dagi 60000 dan ortiq so‘zning 75-80% so‘z yasovchi qo‘shimchalar bilan yasalganligi fikrimizni isbotlaydi. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida 300 ga yaqin so‘z yasovchi qo‘shimcha mavjud bo‘lib, ularning ba’zilari terminlarning yasalishida ishtirok etadi.
-lik, -chilik, -gar, -dor, -uvchi, -chi kabi so‘z yasovchi qo‘shimchalar yurisprudensiya tarmoqlarida faol qo‘llaniladi. Masalan: advokat-lik, ijrochilik, bosqinchilik, josuslik; terrorchilik, davlatchilik, mahalliychilik, millatchilik; javobgar, da’vogar; aybdor, gumondor, manfaatdor; jinoyatchi, maslahatchi, tergovchi, ijrochi va h.k.
O‘zbek tilida shakl yasovchi vazifasidagi -sh (-ish) qo‘shimchasi terminlar tizimida eng faol termin yasovchi vazifasini o‘taydi. Masalan: yollanish, qiynash, qo‘rqitish, tayinlash, o‘g‘irlash, o‘zlashtirish, tahqirlash, aldash, majburlash va h.k.
Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki -v qo‘shimchasi ham terminologiyada o‘z vazifasidan uzoqlashib, ya’ni harakat nomi shaklini yasovchilik vazifasidan uzoqlashib termin yasovchilik xususiyatini o‘ziga to‘liq olganligini ko‘rish mumkin. Masalan: saylov, tergov, surishtiruv, sudlov, tintuv, qidiruv, ayblov, boshqaruv kabi terminlar ana shu qo‘shimchaning mahsulidir.
Ilmiy terminlarning sintaktik usul bilan yasalishi. O‘zbek tilning terminologiyasida yakka so‘zli termin-larga nisbatan birikmali, ya’ni tarkibi ikki yoki undan ortiq so‘zlardan tashkil topgan terminlar salmoqli o‘rinni egallaydi. Buning sababi nimada? Buning sababi shundaki, sintaktik usul bilan yasalgan birikmali terminlar barcha tillarda bo‘lganidek, o‘zbek tilida ham muhim nominativ manba sanaladi, ularda ifoda-lanayotgan narsaning yoki tushunchaning belgisi shundoqqina bilinib turadi, ular bilishsizlikdan bilish sari harakat jarayonida ijtimoiy amaliyot malumotlarini mustahkamlashda “so‘zdan iborat to‘siq”ni oshib o‘tishga, ya’ni sintaktik birlikdan leksik birlikka o‘tishga yordam beradi. Masalan: mamlakatdagi mavjud tartibni himoya qiluvchi, hokimiyat organlariga ega bo‘lgan mustaqil mamlakat tushunchasi davlat termini bilan yuritiladi. Davlat endigina yuzaga kelayotgan bir paytda bu tushunchani yolg‘iz shu terminning o‘zi bajarib kelgan. Biroq davlat boshqaruvida sodir bo‘lgan qator o‘zgarishlar, yangiliklar tufayli davlat shakllari ham ko‘paydi. Bu esa boshqaruvni bajaradigan davlat ifodalaydigan tushunchalarni birikma tarzida ifodalash zaruratini keltirib chiqardi. Natijada, tilda davlat termini ishtirokida bir qator birikma terminlar yuzaga keldi: unitar davlat, federativ davlat, konfederativ davlat, demokratik davlat, sotsialistik davlat, kapitalistik davlat va h.k. Boshqaruv bilan bog‘liq bunday tushunchalarni yakka so‘zdan iborat termin bilan ifodalab berishning iloji yo‘q.
SHuni alohida ta’kidlash joizki, sintaktik usul bilan termin yasalishi deganda so‘z birikmasining so‘zga aylanishi tushuniladi.Til taraqqiyoti jarayonida ma’lum bir so‘z birikmasi yagona leksik ma’no kasb etishi natijasida sintaktik birlikdan leksik birlikka aylanadi. Ya’ni birikma xarakteridagi terminlar nominativ vazi-fani bajarib, bir yagona termin shakliga o‘tadi. Bu hodisa sohaga oid tarixiy terminlarning yasalishida ham faol bo‘lgan. Masalan: mingboshi, ellikboshi, yuzboshi, qozikalon, mirzaboshi kabi qo‘shma so‘zlar shu yo‘l bilan yuzaga kelgandir. So‘z hosil bo‘lishining bu usuli leksikalizatsiya usuli deb ham yuritiladi.
Birikma holidagi terminlar shu qadar ko‘p va yasalish jihatdan xilma-xil ko‘rinishlarga egaki, ularning tarkibi ikki va undan ortiq so‘zlardan iborat bo‘ladi. Masalan: retsidiv jinoyat, o‘ta og‘ir jinoyat, hayotga qarshi jinoyatlar, qasddan odam o‘ldirish, ozodlikdan mahrum qilish, ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat va h.k.
Tuzilishi jihatidan birikma terminlar tarkibidagi so‘zlarning o‘zaro birikishiga qarab bir necha xilga bo‘lish mumkin. Masalan: ot+ot: ish haqi, ish vaqti, sud ajrimi, sud ijrochisi, davlat suvereniteti; sifat+ot: intizomiy jazo, ma’muriy jazo, madaniy meros, retsidiv jinoyat, mustaqil davlat; ot+harakat nomi: mol-mulkni musodara qilish, odam o‘g‘irlash, jazo tayinlash, pora berish, pora olish va h.k.
Albatta, terminlarning bunday holda yuzaga kelishi tilning ma’lum bir qonuniyatlariga asoslanadi. So‘z birikmalarini hosil qilishda ishtirok etuvchi moslashuv, boshqaruv, bitishuv hodisalari endi terminlar tizimida sintaktik birliklar emas, balki lug‘aviy birliklar ― birikmali terminlarning yuzaga kelishida asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi.
Moslashuv asosida yuzaga kelgan birikmali terminlar: davlat tili, davlat bayrog‘i, davlat madhiyasi, davlat gerbi, sud ajrimi, sud hukmi, mehnat shartnomasi, Vazirlar Mahkamasi;
Boshqaruv asosida yuzaga kelgan birikmali terminlar: davlatga xoinlik qilish, badanga shikast etkazish, tajovuzlardan qo‘riqlash, jazodan ozod qilish, sud orqali musodara qilish, jazoni engilrog‘i bilan almashtirish, tergovda ishtirok etish, merosdan mahrum etish, himoyadan voz kechish;
Bitishuv asosida yuzaga kelgan terminlar: xavfli retsidivist, uyushgan guruh, qasddan sodir etilgan jinoyat, qo‘shimcha ta’til, ishonchli vakil, o‘ta og‘ir jinoyat, ruhiy ojizlik, jismoniy ojizlik va h.k.
Sodda terminlar - tarkibida so‘z yasovchi va so‘z o‘zgartiruvchi affikslarning bor-yo‘qligiga qaramay, yolg‘iz bir o‘zakdan yoki negizdan paydo bo‘lgan, birgina lug‘aviy ma’noli qism bo‘lgan so‘z hisoblanadi. Masalan: qo‘shin, shtab, avtomat (harbiy); panjara, shpal, yog‘och (yog‘ochsozlik); voris, guvoh (yuridik).
Sodda terminlar ikki guruhga bo‘linadi:
Tub terminlar – yolg‘iz o‘zakdan hosil bo‘lgan terminlar: bola, jiyan, tog‘a (qarindoshlik); mebel, go‘sha, eshik (yog‘ochsozlik); jarima, huquq, jazo (yuridik).

Download 63.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling