ijtimoiy-hissiy rivojlanish
|
Bolalarni umuminsoniy ma’naviy qadriyatlarga ruhiy-emotsional holatlar, boshqa insonlarning yoki badiiy asar qahramonlarining ruhiy kechinmalari haqida gapirish orqali jalb qilish. Bolaning yaxlit dunyoqarashi, ruhiy va estetik olamini, majoziy yoki assotsiativ fikrlashini rivojlantirish. Bolalarga tabiiy olam bilan munosabatning jonli va hissiyotlarga boy bo‘lishi uchun sharoitlar yaratish.
|
nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari
|
Bolalarni rasmga qarab turib hikoya tuzishda sodda va murakkab jumlalardan foydalanish, ibora elementlaridan foydalanishni o‘rgatish. Lug‘at boyligini kengaytirib, nutqi ravon bo‘lishiga ko‘maklashish.
|
Bilish jarayonining rivojlanishi
|
Bolalarning hasharotlar haqidagi, tabiatda bahor faslida ro‘y beradigan o‘zgarishlar haqidagi tasavvurlarini kengaytirish. Hasharotlarning nomi, ularning xususiyatlari va tuzilishi bilan tanishtirish, hamda ularni solishtirishni o‘rgatish.
|
|