1-ilova o‘zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi


Ijtimoiy-hissiy rivojlanish


Download 1.04 Mb.
bet22/289
Sana16.06.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1514170
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   289
Bog'liq
1-ilova o‘zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi (1)

7.2. Ijtimoiy-hissiy rivojlanish


Kichik soha: «Men» konsepsiyasi
Talab: Bola o‘zini o‘ziga xos xususiyatlari bilan, ijobiy shaxs sifatida qabul qiladi, mustaqil va o‘z xatti-harakatiga javob beradi.
Kutilayotgan natija:

  • mustaqillikka intiladi;

  • o‘zining oilaviy, gender mansubligiga ijobiy his tuyg‘ularni anglaydi va farqlay oladi;

  • o‘zining millati, tili va o‘z madaniyatining muhim elementlarini biladi;

  • o‘ziga yuklatigan majburiyatlar asosida faoliyatni tashkil qiladi;

  • shaxsiy qarorlarini qabul qilishga qodir;

  • boshqalarga namuna bo‘lishga harakat qiladi.

Kichik soha: «Men» konsepsiyasi
Talab: Hissiyotlar va ularni boshqarish.
Kutilayotgan natija:

  • o‘z hissiyotlari nazorat qiladi;

  • turli ijtimoiy vaziyatlarga emotsional munosabat bildiradi;

  • o‘z hissiy holatini izohlab berishi mumkin;

  • boshqa insonlar yoki badiiy asarlar qahramonlari hissiyoti haqida gapiradi;

  • o‘zini yomon his etayotganlarga hamdardlik bildiradi va yupatadi.



Kichik soha: Ijtimoiylashuv, kattalar va tengdoshlar bilan muloqot.
Talab: Bola tengdoshlari va kattalar bilan muloqot malakalarini rivojlantirishga qodir.
Kutilayotgan natija:

  • kattalar va tengdoshlar bilan oson muloqotda bo‘ladi;

  • qiyin vaziyatlarda amaliy echim qidiradi;

  • boshqalar xatti-harakatiga o‘z taassurotlarini bildiradi;

  • o‘zgalar yutug‘iga quvonganligini namoyon etadi;

  • nizolarni hal etishda bir necha metodlardan foydalanadi (tinchlantiradi, o‘z o‘yinchog‘ini beradi, muloyim so‘zlar aytadi);

  • o‘yinlar o‘ylab topadi, syujetli rolli o‘yinlar, turli ertaklarni sahnalashtirishda ishtirok etadi.

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   289




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling