1-ilova. O'Zbekiston respublikasi oliy ta'lim, fan va innovasiyalar vazirligi toshkent arxitektura-qurilish universiteti


Mehnat resurslaridan foydalanishning mohiyati


Download 56.87 Kb.
bet5/5
Sana09.06.2023
Hajmi56.87 Kb.
#1475103
1   2   3   4   5
Mehnat resurslaridan foydalanishning mohiyati: Mehnat bozorida yuzaga keladigan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar tizimida aholining ish bilan bandligi va mehnat sharoitlarini belgilash, u yoki bu ijtimoiy muammolarni hal qilish, ijtimoiy-mehnat mojarolarini bartaraf etish bo`yicha ish beruvchilar bilan yollanma xodimlar o`rtasidagi munosabatlar markaziy o`rin egallaydi. Mehnat bozorida mazkur munosabatlar jamoaviy, shaxsiy va hududiy usullar asosida tartibga solinadi. Jamoaviy bitimlar tuzilayotganda O`zbekiston Respublikasining «Mehnat Kodeksi», Xalqaro Mehnat Tashkilotining Konvensiyasi va tavsiyalariga asoslaniladi. Xalqaro Mehnat Tashkilotining Konvensiyasida (54-bandida) ta’kidlanganidek, “Jamoaviy muzoqaralar, bir tomondan, tadbirlar, tadbirkorlar guruhi bilan, boshqa tomondan esa, mehnatkashlarning bitta yoki bir necha tashkiloti o`rtasida: a) mehnat sharoiti va bandlikni belgilash; b) tadbirkorlar va mehnatkashlar o`rtasidagi munosabatlarni tartibga solish; v) tadbirkorlar yoki ularning tashkilotlari va mehnatkashlarning tashkiloti yoki tashkilotlari o`rtasidagi munosabatlarni tartibga solish maqsadlarida olib boriladigan barcha muzoqaralarni bildiradi”.
Mehnat bozorida bunday tartibga solishni qo`llanishning eng muhim afzalligi shundaki, unda qabul qilinadigan qarorlar nihoyatda qayishqoq (egiluvchan, moslashuvchan) bo`ladi, ularni na qonunchilik, na sud va na ma’muriy usullarga qiyoslab bo`lmaydi. Xodim bilan tuzilgan shaxsiy shartnoma ish beruvchisi uchun ancha foydalidir. SHaxsiy shartnoma tizimi mehnatchining mehnat sharoiti va unga to`lanadigan ish haqini shu odamga qarab belgilash imkonini beradi. Jamoaviy bitimlarga ko`ra esa, bunday qilib bo`lmaydi. SHu bilan birga, tuziladigan shaxsiy bitim ko`p hollarda mehnatkashlarni ijtimoiy kafolatlarining kattagina qismidan mahrum etadi.
Mehnat munosabatlarini shaxsiy uslubda tartibga solish va bandlikning qayishqoq shakllarini joriy etish – mehnatkashlar kuchidan foydalanish (ekspluatasiya xarakterida) kuchaytirish hamda doimiy ishlovchi shaxslar uchun ilgari mavjud bo`lgan ijtimoiy kafolatlardan voz kechilishidan tashqari yana bir qator salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Jumladan, rivojlangan mamlakatlardagi mehnat bozorlarida doimiy ishchi kuchlarini vaqtincha yoki to`liqsiz ish vaqtida ishlovchi shaxslar (yoshlar, xotinqizlar, nogironlar va hokazo) bilan almashtirish qoida tusiga kirmoqda. Tabiiyki, mazkur ijtimoiy guruhlarning vakillari ijtimoiy jihatdan kam muhofazalangan va jamoaviy shartnomalar bilan qamrab olinmagan. SHu bois davlat ayniqsa, xo`jalik yuritishning bozor munosabatlariga o`tish sharoitlarida yollashning shaxsiy sharnoma shakllari rivojini nazorat qilib borishi kerak. Aks holda, norozilik kuchayishi natijasida davlat ishsizlik bo`yicha ijtimoiy to`lovlarni ancha ko`paytirishga majbur bo`lib qoladi.
Download 56.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling