1-ilova. Press konfirensiya usuli: bunda o’qituvchi yangi mavzu nomini oldindan e’lon qilgan bo’ladi. Har bir guruhdagi qatnashchilar maruza aytishga tayyorlanib kelishadi


-ilova. 3. O’quvchilar bilimini faollashtirish bo’yicha topshiriqlar


Download 174 Kb.
bet2/5
Sana30.04.2023
Hajmi174 Kb.
#1403086
1   2   3   4   5
Bog'liq
savollar 1

2-ilova.


3. O’quvchilar bilimini faollashtirish bo’yicha topshiriqlar.

  1. Fuqarolik huquqi tushunchasi va predmeti nimada ifodalanadi?

  2. Fuqarolik huquqi manbalarini ko`rsating.

  3. Fuqarolik huquqiy munosabatlar nima?

  4. Fuqarolik huquq va burchlarining vujudga kelish asoslarini aytib bering.

  5. Bitimlar tushunchasi, ularning turlari, shakllari. Shartli bitimlar nima?

  6. Mulk huquqiga tarif bering?

I. Mulk huquqi -shaxsning o‘ziga qarashli mol-mulkiga o‘z xohishi bilan va o‘z manfaatlarini ko‘zlab ……, undan ……. va uni ………, shuningdek, o‘zining mulk huquqini, kim tomonidan bo‘lmasin, har qanday buzishni bartaraf etishni talab qilish huquqidan iboratdir.

II.O‘zbekistonda mulk shakllari necha xil va qaysilar?



  1. 2 xil, xususiy, davlat mulki

  2. 2 xil, ommaviy, munisipal mulk

  3. 2 xil, xususiy, ommaviy mulk

  4. 3 xil, xususiy, davlat, ommaviy mulk

III. ............. , yuridik shaxslar va davlat mulk huquqining subyektlaridir
IV.Mulk huquqi ...............- Yer, yerosti boyliklari, suvlar, havo bo‘shlig‘i, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslar, korxonalar, ashyolar, shu jumladan, binolar, xonadonlar, inshootlar, asbob-uskunalar, xom-ashyo va mahsulot, pul, qimmatli qog‘ozlar va boshqa mol-mulk, shuningdek, intellektual mulk

V. Respublika mulki va ma’muriy-hududiy tuzilmalar mulkidan -.......... iborat bo‘lgan .................. ommaviy mulkdir.


VI. ................... shaxsning qonun hujjatlariga muvofiq tarzda qo‘lga kiritgan mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidir.



GURUHLI ISH UCHUN O’QUV TOPSHIRIQLARI

Ekspert varag’i №1


1.Vaziyatni izohlang;
Kasb-hunar kolleji o‘quvchisi Rahimov 90 000 so‘mlik videomagnitofonni kreditga oldi. Rahimov 16 yoshda, har oyiga 28000 so‘mdan stipendiya olar edi. Uning otasi, o‘g‘li bu shartnomani tuzganidan xabarsiz ekanligini nazarda tutib, haqiqiy emas deb tan olinishini so‘rab sudga murojaat qildi:
2. Savolga javob bering
A. Da’vo qanday hal qilinadi
Ekspert varag’i №2
1. Vaziyatni izohlang;
14 yoshli Anvar va 17 yoshdagi Azamat bir-biriga koptok otib o‘ynab, ko‘chada turgan avtobus derazasini sindirib qo‘yishdi. Avtobus egasi keltirilgan zararni qoplashni talab qildi.
2. Savolga javob bering
A. Talab to‘g‘rimi, zararni kim qoplaydi?

Ekspert varag’i №3


1. Vaziyatni izohlang;
Ota-onasi vafot etganda Zamira 16 yoshda edi. Unga buvisi homiylik qildi. Buvisining roziligisiz, Zamira uyidagi qimmatbaho servizni o‘qituvchisining tug‘ilgan kuniga hadya qildi. Buvisi bilib qolib, hadyani qaytarishni talab qildi.
Savolga javob bering
A. Zamira mulk egasi bo‘lishi bilan mulkni tassarruf qilish huquqiga egami?


Download 174 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling