1-ilova test topshiriqlari mazmuni va shakliga qo‘yiladigan talablar


Download 117.5 Kb.
Sana04.05.2023
Hajmi117.5 Kb.
#1423918
Bog'liq
---1-----------


1-ilova


TEST TOPShIRIQLARI MAZMUNI VA ShAKLIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR

  1. Har bir test topshirig‘i tegishli ta’lim turi bo‘yicha Davlat ta’lim standarti, malaka talabi va o‘quv dasturi asosida tuzilishi shart.

  2. Test savollari o‘qitilayotgan barcha tillarda tuziladi, bunda ta’lim o‘zbek tilida olib boriladigan guruhlar uchun lotin alifbosida bo‘lishi shart.

  3. Test topshirig‘i uchta qiyinlik darajasi asosida umumiy savollar soniga nisbatan teng taqsimlangan miqdorda tuzilishi va har bir topshiriqning qiyinlik darajasi topshiriq pasportida ko‘rsatilishi kerak:

1-daraja Oson (1) – testdan o‘tuvchining xotirlash qobiliyatini aniqlovchi, uncha murakkab bo‘lmagan bir hodisa yoki qonuniyatni bilishni talab qiluvchi daraja;
2-daraja O‘rtacha qiyin (2) – testdan o‘tuvchidan tahlil qila olishni, ikki-uch qoidani yoki qonuniyatni bir vaqtda qo‘llay bilish natijasida to‘g‘ri xulosaga kelishni talab qiluvchi daraja;
3-daraja Qiyin (3) – jarayonni prognoz qilishda testdan o‘tuvchining to‘g‘ri javobni topish uchun zarur bo‘lgan hodisa va qonuniyatlarni tahlil qila olish qobiliyatini talab qiluvchi daraja.

  1. Test topshirig‘ining savoli aniq, lo‘nda, qisqa ifodalangan bo‘lishi, unda zaruriy ma’lumotlar keltirilishi, keraksiz, ortiqcha ma’lumotlar ishlatilmasligi, shuningdek, savol ikki xil tushunilmasligi kerak.

  2. Test topshirig‘i savolida to‘g‘ri javobni topishga yordam beruvchi so‘zlar, iboralar va belgilar ishlatilmasligi, javob variantlari qiymati va xajmi bilan boshqalaridan keskin farq qilmasligi lozim.

  3. Test topshirig‘ining to‘rtta muqobil javobi bo‘lib, ulardan faqat bittasi mutlaq to‘g‘ri bo‘lishi kerak.

  4. Test topshirig‘ining muqobil javoblari orasida «javoblarning barchasi to‘g‘ri», «javoblarning barchasi noto‘g‘ri», «to‘g‘ri javob yo‘q», «to‘g‘ri javob A va V», «to‘g‘ri javob 1 va 2», «V va D», kabi iboralar ishlatilmasligi hamda ikki va undan ortiq bir xil javob variantlari bo‘lmasligi lozim.

  5. Test topshiriqlari yozilgan faylning nomi namunaviy o‘quv rejaga muvofiq fanning to‘liq nomi va qavslar ichida ajratilgan soat miqdori bilan nomlanishi shart. Faylni nomlashda qisqartmalar kiritish mumkin emas.

  6. Test topshiriqlari Microsoft Word dasturida, “Times New Roman”da, 12 shriftda yozilishi lozim.

  7. Test topshiriqlari har biri alohida jadval ko‘rinishida, to‘g‘ri javob esa javob variantlarining birinchi satrida joylashishi kerak, ya’ni

NAMUNA
1 Fan bobi – 2; Fan bo‘limi – 2; Qiyinchilik darajasi – 2;

  funksiyaga ( ) teskari funksiyani ko`rsating!

 

 

 

 

  1. Test topshiriqlarini tayyorlashda chizma yoki rasmlardan foydalanish mumkin va matematik ifodalar “Formula redaktori” orqali kiritiladi.

  2. “Formula redaktori” orqali formulalarni kiritishda rasmlar nusxasini ko‘chirib olib qo‘yish, kirill alifbosidan foydalanish ta’qiqlanadi.

  3. Har bir fan bo‘yicha tayyorlangan test topshiriqlari soni 200 tadan kam bo‘lmasligi, shaklan har xil, mazmunan bir xil test topshiriqlari bo‘lmasligi va takrorlanmasligi zarur.

Tayyor bo‘lgan test savollarini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Ta’lim muassasalari faoliyatini tahlil qilish boshqarmasiga test tuzishga qo‘yilgan talablarga to‘liq javob berishini ifodalovchi xulosa bilan birgalikda topshirilishi lozim!

1.




Manba: Savol qaysi manbadan tuzilgani ko’rsatilishi kerak.
Qiyinlik darajasi – 1

Savol berilishi kerak

To’g’ri variant berilishi kerak

Noto’g’ri variant berilishi kerak

Noto’g’ri variant berilishi kerak

Noto’g’ri variant berilishi kerak

2. Na’muna uchun test




Manba: 10-sinf Biologiya A. G‘afurov, A. Abdukarimov, J. Tolipova, O. Ishankulov, M. Umaraliyeva, I. Abduraxmonova., II BOB. 5-§.
Qiyinlik darajasi – 1

Tarkibiga ko‘ra uglevodlar nechta guruhga bo‘linadi?

3

2

4

5



Download 117.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling