1. Iminosorbentlar va ularni olish usuli. Makane usuli yordamida konyugat olish
-mavzu: Transplantatsion immunitet fenomlari
Download 55.36 Kb.
|
1. Iminosorbentlar va ularni olish usuli. Makane usuli yordamida-fayllar.org
16-mavzu: Transplantatsion immunitet fenomlari.
Transplantatsiya odam va hayvonlarda patologik jarayon natijasida shikastlangan yoki olib tashlangan to’qima va organlarning o’rniga sog’lom to’qima va organlarni ko’chirib o’tkazishdir. Tananing turli a’zolari: teri, muskul, nervlar, ko’zning muguz pardasi, yog’ va suyak to’qimasi, buyrak, jigar, yurak, hamda boshqa organlar ko’chirib o’tkaziladi. Ko’chirib o’tkaziladigan to’qima yoki organ kimdan olinganligiga qarab transplantantlarning bir necha turlari mavjud: 1.autotransplantant – bemorning o’zidan o’ziga 2.allotransplantant – odamdan odamga 3.izotransplantant – genetik xususiyati deyarli bir xil yoki bir tuxumli egizak bo’lgan organizmlararo transplantatsiya 4.ksenotransplantant – boshqa individdan Transplantatsiya tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak dastlabki transplantatsiya operatsiyalari sichqon, kalamush, quyon, it kabi hayvonlar ustida amalga oshirilgan. Amaliyot muvaffaqqiyatli amalga oshirilganidan so’ng, odamlarda ham qo’llanila boshlangan. Birinchi buyrak transplantatsiyasi 1954-yil 23-dekabrda Boston gospitalida o’tkazilgan va operatsiya muvaffaqiyatli kechgan. Bemor operatsiyadan so’ng, 8 yil yashagan. Birinchi jigar transplantatsiyasi doktor Tomas Starlz tomonidan AQSh da 1963-yilda amalga oshirilgan. Afsuski, bemor operatsiyadan bir necha kun o’tib vafot etgan. 4 yildan so’ng yana Starlz tomonidan shunday operatsiya bajarilgan. Operatsiya muvaffaqiyatli kechgan, bemor bir yildan ortiq yashagan. Yurak transplantatsiyasi juda ham qiyin transplantatsiya operatsiyalaridan bo’lib, birinchi marta 1967-yil muvaffaqqiyatli amalga oshirilgan, lekin bemor 18 kundan keyin zotiljam kasalligi sababli vafot etgan. Yurakni ko’chirib o’tkazish bilan bog’liq muammolar juda ham ko’p bo’lib, amaliyot o’tkazish hali ham xavfli hisoblanadi. Chunki operatsiya ko’pgina hollarda o’limga olib kelishi mumkin. Odatda, yurak ko’chirib o’tkazilgandan keyin 5-7 yil xizmat qilib bera oladi. Yurak transplantologiya bozorida eng qimmat organlardan bo’lib, Yevropada 250 ming dollar atrofida baholangan. Buyrak transplantatsiyasi ham muhim transplantatsiyalardan hisoblanadi. Buyraklarni mashina yoki kvartiraga almashish haqidagi hazillar asosga ega. Buyrak narxi Yevropada 50-70 ming dollarga baholanmoqda. Transplantatsiya amaliyotida bo’ladigan operatsiyalarning 70 % ini buyrak ko’chirib o’tkazish amaliyotlari tashkil qiladi. Mustaqil Respublikamizda 2018-yil 11-iyun kuni “Inson organlari, to’qimalari va hujayralarini transplantatsiya qilish to’g’risida” gi qonun qabul qilindi. Yangi qonunga ko’ra transplantatsiya amaliyotlari Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy jarrohlik markazi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, Toshkent shahar nefrologiya shifoxonasida amalga oshirilmoqda. Yurtimizda o’zbek va chet el shifokorlari hamkorligida birinchi marta jigar serroziga uchragan bemorda jigar transplantatsiyasi amaliyoti amalga oshirildi. Amaliyotda 21 nafar shifokor, 10 nafar o’rta tibbiyot xodimlari ishtirok etishdi. Operatsiya jarayoni qariyb 15 soat davom etdi. Birinchi marta o’tkazilgan murakkab operatsiya muvaffaqiyatli o’tdi. Odam organizmida har minutda bir necha ming hujayra har xil omillar ta’sirida mutatsiyaga uchraydi va ulardan ma'lum bir qismi xavfli o‘smasimon (raksimon) hujayralarga aylanadi. Shunga qaramay, rak kasalligi boshqa kasalliklar orasida birinchi o‘rinda turmaydi, chunki immun sistema organizmni mutatsiyaga uchragan hujayralardan tozalab turadi. Download 55.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling