1 Imloviy jihatdan to’g’ri yozilgan so’zlar qatorini aniqlang?


Download 29.62 Kb.
Sana05.02.2023
Hajmi29.62 Kb.
#1167660
Bog'liq
MILLIY SERTIFIKAT TEST NAMUNA


3- variant
1 Imloviy jihatdan to’g’ri yozilgan so’zlar qatorini aniqlang?
A okean zologiya zopark oynak B. Kitob, xalol, obro’
C. Kombayn, roman D. kosmonavt, xudud, qo’ymijoz
2. Imloviy jihatdan noto’g’ri yozilgan so’z qatnashgan gapni aniqlang?
A. Boshliqlar bu mushkul muammoni yechishdi
B. Erkin yettiga yetdi
C. Umr o’tib borayapti
D. Tursun tomda tursin
3. Ma’no ko’chish turini aniqlang
“Paxtakor” “Bunyodkor” ni zo’rg’a yutdi
A) Metonimiya B) Metafora C) Sinekdoxa D ) Vazifadoshlik
4. O’zaro ma’nodoshlik hosil qiladigan so’zlarni aniqlang
A. ganch, xazina B. dangasa mehnatkash
C. husn, chiroyli D. suluv, ko’rkam
5. Qaysi gapda –lar qo’shimchasi uslubiy ma’no ifodalamagan?
A. Humoyun Mirzo kecha oqshomlarda muborak hovuzingizga otlangan ekan
B. Hirotlar ham tinchib ketdi
C. U kishi ham diplom yoqladilarmi?
D. Shu payt bolalarning qorasi ko’rindi
6. O’zaro sinonim bo’lgan quyidagi so’zlardan qaysi biri “yaqin” so’ziga sinonim
bo’ladi?
A. darrov B tez C jadal D. to’g’ri javob yo’q
7. Otasining o’limidan keyin uyimga tez-tez keladigan bo’ldi
Gapda qanday qo’shimcha o’zaro shakldosh bo’lib kelgan?
A so’z yasovchi va egalik qo’shimchasi
B. egalik va shaxs-son qo’shimchasi
C. Lug’aviy shakl yasovchi qo’shimcha
D. so’z yasovchi, egalik va shaxs-son
8. Har bitta daraxtda bir dil yashaydi
Tikilganim sari o’sadi ko’nglim
Fonetik yozuv asosida yozilgan so’zlar turkumini aniqlang
A. Son, fe’l B. son, fe’l, ot C. ot, fe’l D. ot, olmosh, fe’l
9.Qaysi gapda ustida so`zi ko`makchi vazifasini bajargan?
1. Onam stol ustini tartibga solardi.
2. Mirzo Ulug`bek suyukli jadvali ustida shu yerda ishlar edi.
3. Pokiza kishi hamisha shodlik ustida, gunohkor esa, g`am- qayg`u ostida bo`ladi.
4. U.Nosir o`z ustida ko`p ishlardi.
A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 2, 3 C) 2, 3, 4 D) 2, 4
10. Qaysi javobda quyida berilgan gapdagi sintaktik bo'laklar tartibi to'g'ri
ko'rsatilgan? Urush boshlanganda u hali ko'krakdan ajralmagan go'dak edi.
A)ega, payt holi, ega, payt holi, vositaii to'ldiruvchi, sifatlovchi aniqiovchi, kesim
B)payt holi, ega, payt holi, sifatlovchi aniqiovchi, kesim
C)payt holi, ega, payt holi, vositaii to'ldiruvchi, kesim
D)ega, kesim, ega, payt holi, sifatlovchi aniqiovchi, kesim
11 Jahonda nimaiki oq bo'lsa, unga ona suti timsol; nimaiki jo'shqin bo'lsa, unga
ham ona mehri timsol; nimaiki chidamli, sabr-toqatli bo'lsa, ona irodasi timsol;
kimki pok muhabbat da'vo qilsa,onaning pok qalbi timsol.
Berilgan gapda nechta moslashuvli so'z birikmasi mavjud.
A) 4 B) 2 C) 3 D) 1
12. Qaysi gapda tire tinish belgisi tushirib qoldirilgan?
A) Na qor, na yomg‘ ir, na to‘fon va na bo‘ron hech narsa dovyuraklarni qo‘rqita
olmadi.
B) Shunday odamlar borki kelajakni oldindan bashorat qila oladilar.
C) Mening opam ham tajribali shifokor.
D) Ehtimol, sizda ham shunday hollar bo‘lgandir tun yarmidan og‘ganda birdan
uyg‘onib ketasiz.
13. Mening ko‘nglumki, gulning g‘unchasidek tah-batah qondur,
Agar yuz ming bahor o‘lsa, ochilmog‘i ne imkondur.(Bobur)
Ushbu baytda qo‘llangan she’riy san’atni toping.
A tashbeh B) talmeh C) irsoli masal D) tazod
14.Har kimki vafo qilsa, vafo topqusidur,
Har kimki jafo qilsa, jafo topqusidur.
Yaxshi kishi ko'rmagay yomonlik hargiz,
Har kimki yomon bo‘lsa, jazo topqusidur.
Ushbu she’riy misralar haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri?
A) Ushbu misralarda talmeh san’atidan foydalanilgan.
B) She’rning 1-, 2-, 3- va 4-misralari o‘zaro( qofiyalangan.
C) Radifi qisqa radif hisoblanadi.
D) Ushbu she’r qit’a janrida yozilgan
15. ... da eng ma’qul bir masalani bo'lsa ham uqtirib roziligini olmoq uchun у о
o‘zining piri, yoki katta bir davlatga ega bo'lish kerak edi. U odam o‘z tenglaridan
hech birining hech qachon hech bir gapini tinglagan emasdi. Ayollardan maslahat,
ayniqsa, o‘z xotinidan bir taklif eshitmoq uchun ... ning qayta boshdan bunyodga
kelishi kerak bo‘lardi... Ushbu parchada «Kecha va kunduz» romanidagi qaysi
qahramon haqida fikr yuritilgan?
A) Akbarali B) Razzoq so‘fi C) Miryoqub D) Xolmat
16."Xovuchimda to'latib tuz yeyishim Kerakda shakar yegandek iljayib turishim
kerak" “Ikki eshik orasi” romanidagi ushbu fikr kimga tegishli
A) Ra'no B) Qora amma C) Xolposh xola D) Robiya
17. Garov” hikoyasi qanday voqea bilan boshlanadi?
A. O'lim jazosi uni umrbod qamoq jazosi berish haqidagi suhbat bilan boshlangan
B.Huquqshunos va bankir o'rtasida garov boylash bilan boshlangan
C. Keksa bankir xonada u yoqdan bu yoqqa borib kelar
D. Garovga yutqazgan bankir huquqshunosni o'ldirish fitnasidan boshlangan
Matnni o’qing va quyidagi topshiriqlarni bajaring
UGANDA (Uganda), Uganda Respublikasi (Republic of Uqanda)
— Sharqiy Afrikadagi davlat. Maydoni 236 ming km2. Aholisi 24,7
mln. kishi (2002). Poytaxti — Kampala shahri Maʼmuriy jihatdan
4 viloyat (reqion)ga boʻlinadi.
Davlat tuzumi. Uganda — respublika. Buyuk
Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlikka kiradi. Amaldagi
konstitutsiyasi 1995-y. 8 oktabrda qabul qilingan. 1.Davlat
boshlig ʻ i — prezident (1986-yildan Yoveri Museveni), u umumiy
toʻgʻri ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga
saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Milliy majlis, ijrochi
hokimiyatni hukumat amalga oshiradi.
Tabiati. Ugandaning tabiati goʻzal va iqlimi yumshoqligi sababli
«Afrika durdonasi» deb ataydilar. Uganda Sharqiy
Afrika yassitogʻligida joylashgan. Yer yuzasi, asosan, 1100—1500
m balandlikdagi tog ʻ lar uchrab turadigan tekislikdir. 2.Eng baland
joyi — Margerita choʻqqisi (5109 m).Choʻqqilarni
doim muz qalpogʻi qoplab yotadi. Janubiy sharqdagi Elgon vulqoni
va janubiy gʻarbdagi Virunga guruhi vulqonlari soʻnib qolgan.
Temir, mis, kobalt, polimetall rudalar, noibiy, sirkoniy, apatit,
oltin, qalay, volfram, asl toshlar, toshtuz va boshqa konlar
topilgan. Uganda Iqlimi — ekvatorial, mussonli. Oʻrtacha oylik
yil davomida 18,5°dan 22°gacha. Yillik yogʻin 750—1500
mm. Ko ʻ l va daryo koʻp, shu jumladan, Afrikadagi eng
katta Viktoriya koʻlining shimoliy qismi Ugandaga qarashli.
Daryolarining ko’pi Nilga quyiladi. Tuproqlari, asosan, qizilferralitli,
qurgʻoqchil joylarda esa temirli qizilqoʻngʻir tuproq. Ugandada
savanna, tog oʻtloqlari koʻp, ayrim joylarda barg toʻkuvchi va doim
yashil oʻrmonlar saqlanib qolgan. 3.Ularda daraxtlarning 400 ga
yaqin turi, jumladan, qimmatbaho naf daraxtlar oʻsadi.Hayvonot
dunyosida fil, jiraf, arslon, leopard, begemot, buyvol, zebra, kiyik,
maymun kabi sut emizuvchilar, qushlar, sudralib
yuruvchilar (timsoh, ilon), hasharotlar bor, baliq koʻp. Kobarega,
Ruvenzori milliy bogʻlari va qoʻriqxonalar tashkil etilgan.
Aholisining 99% dan ko’prog’i afrikaliklar.Ular orasida eng
ko’pi bantu tillari guruhiga mansub xalqlar (ganda, soga,
nyankole, gishu, nyaruganda va boshqa)
bo’lib, mamlakat markazi va janubida, nilot xalqlari (turkona,
lango, acholi va b.) shimolda yashaydi. Rasmiy tillar — suaxili va
ingliz tillari. Shahar aholisi 12,5%. Aholining 65% — katolik va
protestantlar, 15% — musulmonlar; qolgan qismi mahalliy
anʼanaviy dinlarga eʼtiqod qiladi. Yirik shaharlari: Kampala, Jinja,
Mbale.
Tarixi. Uganda hududida odam quyi paleolit davridan yashay
boshlagan. Mil. 1-ming yillikda Kongo gʻarbidagi oʻrmonlardan
kelgan bantular va shimoli sharqdan kelgan ko’chmanchi nilot
qabilalari Uganda aholisining o’zagini tashkil etgan. 13—14-a.
larda (ayrim maʼlumotlarga ko’ra, 10—11-a. larda) koʻllar
oraligʻida ilk Kitara davlati paydo bo ʻlgan. 16-asrda Uganda bir
necha mustaqil daylatlar (Unyoro, Nkore, Toro va b.)ga
parchalanib ketgan. 19-asrning o’rtalarida 14-asrda tashkil
topgan Buganda davlati kuchaydi. 19-asrning 60-yillarida bu
yerga yevropaliklar suqilib kira boshladi. Ular mahalliy qabila va
diniy jamoalar o’rtasida nizo va urush chiqarish yo’li bilan ularni
zaiflashtirib, o’z taʼsir doiralariga o’tkazib oldilar.
18. Matn mazmuniga mos to‘g‘ri shakllantirilgan gapni aniqlang
A. Uganda davlati janubi sharqiy Afrikada joylashgan
B. Faol vulqonlari va Afrikadagi eng katta ko’llaridan biri mavjud
C. Ugandada 80 foizdan ziyod aholi shaharlardan tashqarida istiqomat
qiladi
D. Aholisining chorak qismi musulmonlar
19.Raqamlab ko‘rsatilgan qaysi gap matnning mazmuniy tuzilishida uslubiy
xatolikni yuzaga keltirgan?
A. 1 B. 2 C.3 D.4
20. Matn mazmunida aks etmagan ma’lumotni aniqlang
A. Ugandada odamlar tosh asridan beri yashaydi
B. Uganda aholisining asosini nilot qabilalari tashkil etadi
C. 1860-yillarda Yevropaliklar kela boshlaydi
D. Ugandada daraxtlarning 400 dan ziyod turini uchrata olasiz
21. Matn mazmuniga mos to‘g‘ri ifodalangan ma’lumotni aniqlang
A.Ugandaning tabiati chiroyli va iqlimi sovuqligi sababli
«Afrika durdonasi» deb ataydilar
B.Milliy majlis tomonidan qonunlar ijrosi amalga oshiriladi
C. Aholisining ko’p qismi Xristian
D. Uganda XV asrda bir necha davlatlarga parchalanib ketadi
22. To’g’ri ma’lumotni aniqlang
A. Yevropaliklar diniy nizolar chiqarish orqai Ugandani o’z ta’sir
doirasiga o’tkazadi
B. Ugandada o’rtacha ob-havo 25 gradusni tashkil qiladi
C. Ugandanin eng baland nuqtasi 6000 metr balandlikda
joylashgan
D. Ugandadagi barcha so’ngan vulqonlar Janubi sharqda
joylashgan
Uch oy avval Alyoxin degan etikdo‘zga shogirdlikka berilgan to‘qqiz yashar
bola Vanka Jukov rojdestvoga o‘tar kuni kechasi yotmadi. Xo‘jayinlari va
boshqa shogirdlar ertalabki ibodatga ketishgandan keyin u, xo‘jayinining
jovonidan siyohdon bilan zang bosib ketgan ruchka oldi-da, g‘ijimlangan bir
varaq qog‘ozni oldiga yozib, xat bitishga kirishdi. Xatni boshlashdan oldin
eshikka va derazalarga bir necha marta qo‘rqa-pusa qarab qo‘ydi, ikki
tomoniga etik qoliplari tizib qo‘yilgan sanamga ham ko‘z qirini tashlab
qo‘ydi, keyin bir, uf tortdi. Qog‘ozni skameyka ustiga yozib, uning oldiga tiz
cho‘kib o‘tirdi.
«Bobojonim Konstantin Makarich! — deb yoza boshladi u xatni. — Men
sizga duoyi salom yozmoqdaman. Sizni rojdestvo hayiti bilan qutlab, u
tomonlarda omon-eson yurishingizni xudodan tilab qolaman. Mening otam
ham, onam ham yo‘q. Sizdan boshqa hech kimim yo‘q».
Vanka sham shu’lasi aks etib turgan qorong‘i derazaga qaradi, Jivarev
degan boynikida kechasi qorovullik qiladigan bobosi Konstantin Makarich
darrov ko‘z oldiga keldi. Bobosi oltmish besh yoshlar chamasida,
kichkinagina, qotmadan kelgan, ammo nihoyatda epchil va serharakat,
yuzlari doim kulib turadigan, ko‘zlari suzuk bir chol edi. Kunduz kunlari u,
xizmatkorlar turadigan uyda uxlaydi, yoki oshpaz xotinlarga tegishib o‘tiradi,
kechalari esa keng po‘stinini kiyib, qo‘rg‘on atrofida shaqildog‘ini chalib
yuradi. Uning ketidan Kashtanka degan qari it va uzun bo‘yi, qora juni
uchun Vyun deb atalgan yana bir it boshlarini osiltirib ergashib yuradi. Vyun
juda itoatkor va yuvosh it, o‘z odamlarini ham, begonani ham baravar
hurmat qiladi, ammo unga hech kim ishonmaydi. Uning itoatkorligi va
yuvoshligida ayyorlik bor. Bildirmasdan kelib turib oyoqni uzib olishda,
muzxonaga kirib, u yerdagi go‘sht-yog‘larni urishda, dehqonning tozug‘ini
qiyratishda undan o‘tkiri yo‘q. Odamlar bir-necha marta uning keyingi
oyog‘ini urib mayib qilishgan, ikki marta dorga ham osishgan, chala o‘lik
qilib ham urishgan, biroq har safar omon qolgan.
Bobosi shu topda darvoza oldida qishloq butxonasining charog‘on
derazalariga ko‘zini suzib qarab turgandir, yo bo‘lmasa sovuqqa qotganidan
piymasi bilan yer tepinib, qarollar bilan o‘ynashayotgandir. Shaqildog‘ini
belbog‘iga osib olgani aniq. Qo‘llarini bir-biriga ishqab, sovuqdan seskanaseskana, hiringlaydi va yo beka oqsochining, yo oshpaz xotinning biqinini
chimchilaydi.
— Qani, tamakidan hidlaylik, tamakidan, — deydi-da, xotinlarga tamaki
tutadi.
Xotinlar tamaki hidlab, chuchkurishadi. Chol bunda» nihoyatda xursand
bo‘lib ketadi-da, qah-qah urib kuladi va:
— Burningni art, yaxlab qopti! — deb qichqiradi.
Keyin itlarga ham tamaki hidlatishadi. Kashtanka chuchkuradi, xafa
bo‘lganidan boshini chayqay-chayqay chetga chiqib o‘tiradi. Vyun odob
saqlab, chuchkurmaydi, dumini silkitib turadi. Havo shinam, jimjit, musaffo.
Tun qorong‘i, ammo butun qishloq, uning oppoq tomlari, mo‘rilardan
buralib-buralib chiqqan tutunlari, kumushday qirov bosgan daraxtlar, qor
bosgan tepaliklar ravshan ko‘rinib turadi. Osmon jilvali charaqlab turgan
yulduzlar bilan to‘la, somon yo‘li ham oydindek yorug‘, arafada uni yuvib,
qor bilan ishqalaganday...
Vanka bir uh tortdi-da, peroni siyohga botirib, yana xatni yozaverdi:
«Kecha bo‘lsa meni o‘lgudek qiynashdi. Xo‘jayinlarning belanchakdagi
bolasini tebratib o‘tirib, bilmasdan uxlab qolibman. Xo‘jayin sochimdan
sudrab, hovliga olib chiqib, qayish bilan rosa savaladi. O‘tgan hafta xo‘jayin
beka meni selyodka tozalashga buyurdi, men uni dumidan tozalay
boshlagan edim, beka baliqni qo‘limdan tortib olib, uning kallasini
basharamga ishqadi. Xalfalar meni masxara qilishadi, qovoqxonaga araqqa
yuborishadi, xo‘jayinnikidan bodring o‘g‘irlattirishadi, xo‘jayin bo‘lsa qo‘liga
tushgan narsa bilan uradi. Ovqatdan hech narsa yo‘q. Erta bilan non
beriladi, tushda bo‘tqa, kechqurun ham quruq nonning o‘zi: choyni, karam
sho‘rvalarni nuqul o‘zlari tushirishadi. Kechasi yotadigan joyim — yo‘lak,
xo‘jayinning bolasi yig‘lasa mijja qoqmay kechasi bilan belanchak tebratib
chiqaman. Jon bobo, xudo xayir bersin, meni bu yerdan uyga, qishloqqa
olib keting, hech toqatim qolmadi... Oyoqlaringizga boshimni qo‘yib
yalinaman, o‘lgunimcha duo qilay, meni bu yerdan olib keting, bo‘lmasa
o‘lib qolaman...».
Vankaning lablari burishdi, qop-qora mushti bilan ko‘zlarini artdi-da,
piqilladi.
«Men sizga tamakilaringizni maydalab beraman, — deb davom etdi bola,
ibodat qilaman, biron ayb qilsam itday savalang. Agar menga ish
topilmaydi desangiz, yalinib-yolvorib gumashtaga etik tozalovchi bo‘lib
kiraman, yo bo‘lmasa Fedkaning o‘rniga podachiga shogird bo‘laman.
Bobojon, sira toqatim qolmadi, jonimdan to‘ydim. Qishloqqa piyoda jo‘nay
desam etigim yo‘q, sovuqdan qo‘rqaman. Bu qilgan yaxshiligingizga katta
bo‘lganimda sizni boqaman, hech kimga xo‘rlatmayman, o‘lganingizda
onam Pelageyaga qilinganday, sizga ham duoyi fotiha qilaman.
Moskva katta shahar. Hamma uylar boylarga qaraydi, ot ko‘p, qo‘ydan sira
yo‘q, itlari yuvosh. Bu yerning bolalari barat oyi qo‘shig‘ini aytishmas ekan.
Butxonalarda ham hech kimga qo‘shiq ayttirishmaydi, bir kuni bir do‘konda
ipi va yog‘ochi bilan sotiladigan qarmoq ko‘rdim, bunaqa qarmoqqa har
qanaqa baliq ilinadi, hatto bir pud keladigan laqqa baliq ilinadigan qarmoq
ham bor. Shunaqanggi do‘konlar ham borki, u yerda badavlat kishilarning
kuchi yetadigan miltiqlar bor, har bittasi yuz so‘mdan turar deyman... Go‘sht
do‘konlarida esa qirg‘ovillar, kakliklar, quyonlar to‘lib yotipti, ularni qaerda
otilganini qassoblar sira aytishmaydi.
Bobojon, xo‘jayiningiznikida archa bayrami bo‘lganda menga usti yaltiroq
yong‘oqdan olib, ko‘k sandiqqa solib, yashirib qo‘ying. Vankaga desangiz
oyimqiz Olga Ignatevna beradi».
Vanka yana bir xo‘rsindi-da, derazaga tikilib, xayolga botdi. Xo‘jayinga
archa olib kelish uchun bobosining o‘rmonga borishini va o‘zi bilan birga
Vankani ham olib borganlarini esladi. Qanday yaxshi zamonlar ekan!
Bobosi zo‘r berardi, sovuq, ham zo‘r berardi, ularga qarab Vanka ham zo‘r
berardi. Bobosi ba’zan archa kesishdan oldin trubka chekib olardi, tamaki
hidlardi, sovqotgan Vankani masxara qilardi. Qirovga o‘ralgan yosh
archalar qaysi birlarining kuni bitganini bilmasdan tik turardi. Bir yoqdan lip
etib quyon chiqib qolar va qor uyumlari ustidan o‘qday uchib o‘tib ketardi...
Bobosi esa:
— 1.Ushla! Ushla uni! Ha, shayton! — deb ketidan qichqirib qolardi.
Kesilgan archani bobosi xo‘jayinlar uyiga sudrab olib kelardi, keyin uni
bezatishardi. Vankani yaxshi ko‘rgan oyimqiz Olga Ignatevna hammadan
ko‘p 2. jon kuydirardi. Vankaning onasi Pelageya tirikligida xo‘jayinlarnikida
oqsoch edi, Vankaga Olga Ignatevna popuklar berardi, zerikkanidan uni
o‘qishga, yozishga, yuzgacha sanashga va hatto tantsa tushishga
o‘rgatgan edi. Pelageya o‘lgandan keyin yetim qolgan Vankani qarollar
turadigan oshxonaga chiqarib, bobosiga qo‘shib qo‘yishdi, u yerda
Moskvaga, Alyoxin etikdo‘znikiga jo‘natishdi.
«Tezroq keling, bobojon, — deb xatini davom ettirdi Vanka, — xudo xayir
bersin, meni bu yerdan olib keting. Mendek bechora yetimga rahmingiz
kelsin, bu yerda meni uzzukun savalaydilar, o‘lardek och yuraman.
Shunday zerikdimki, yig‘laganim yig‘lagan. Qaysi kuni xo‘jayin qolip bilan
boshimga shunday urdiki, yiqilib tushdim, zo‘rg‘a o‘zimga keldim.
Turmushim har qanday itnikidan ham battar... Alyonaga ham salom ayting,
g‘ilay Yegorkaga ham, kucherga ham, mening garmonimni hech kimga
bermang, deb nevarangiz Ivan Jukov, jon bobo, tezroq keling».
Vanka xatni to‘rt bukladi-da, bir kun oldin bir tiyinga sotib olgan konvertga
soldi... Biroz o‘ylab turib keyin peroni siyohga botirdi-da:
Bobom qishlog‘iga
deb adres yozdi.
Keyii yelkasini qashib, biroz o‘ylanib, «Konstantin Makarichga tegsin» deb
qo‘shib qo‘ydi. Hech kim xalaqit bermasdan xat yozganidan xursand bo‘lib,
boshiga shapkasini kiydi va ko‘ylakchan yugurganicha ko‘chaga chiqib
ketdi...
Kunduz kuni so‘raganida qassoblar «xat pochta qutisiga solinadi, qutilardan
olinib, mast yamshchiklarmingan, uch otli qo‘ng‘iroqlar osilgan aravalarda
butun yer yuziga tarqatiladi» deb aytishgan edi. Vanka eng yaqin pochta
qutisiga chopib bordi-da, qimmatbaho xatni qutiga soldi.
Bir soatlardan keyin umidlar allasi ostida qattiq uyquga ketdi... Tushiga
pech kirdi. Pechda bobosi yalang oyoqlarini pastga osiltirib, oshpaz
xotinlarga xat o‘qib berayotgan emish... Pech yonida Vyun dumini likillatib
aylanib yurganmish...
23. Hikoyada aks etmagan fikrni aniqlang
A. Vanka Rodjestvo bayramida bobosiga xat yozadi
B. Bir necha marta dorga osilsa ham tirik qolgan it obrazi mavjud
C. Vankaning bobosi Plageya bog’da qorovul bo’lib ishlaydi
D. Vankani onasining o’limidan biroz muddat o’tgach etikdo’zga
shogirdlikka berishadi
24. Konstantin Makaren obraziga mos berigan ta’rifni aniqlang.
A. Oltmish yoshdan o’tgan, basavlat, qotmadan kelgan obraz
B.O’z odamlarini ham boshqalarni ham baravar hurmat qiluvchhi obraz
C. Tamaki chekishga odatlangan obraz
D. Vankani etikdo’zga shogird tushishga majburlagan obraz
25. Ivan Jukov haqida berilgan noto’g’ri hukmni aniqlang.
A. Yosh bo’lishiga qaramay hayot qiyinchiliklari boshiga tushadi
B. O’ziga yoqqani uchun xo’jayinining tuzlangan bodringlarini o’g’irlaydi
C. Xat yozgach bobomning adressiga deb yozib, xatning yetib borishini
kutgan soda bola
D. Etikdo’znikidan ketish uchun bobosining har qanday ishini qilishga
roziiginni aytadi
26. 2 raqami bilan ajratilgan birlikning ma’nosini aniqlang
A. Behurmat qilmoq. B. Faqat o`zini o`ylash. .
C yuziga oyoq bosmoq.
D. Ruhan kuchli bezovtalangan holda g`amxo`r bo`lmoq.
27.[1] raqami bilan ajratib ko‘rsatilgan qismda tasvirlangan holat qaysi javobda
to‘g‘ri izohlangan
A. Ivanning bobosi itlarni quvlaydi
B. O’girlik qilgan bolani tutishga harakat qilayotgan xo’jayini tasvirlangan
C. Archa kesayotganda archani ushlab qololmagandagi holati
D. Quyonlarni quvlayotgan boboning holati
G‘azalni o‘qing va quyidagi topshiriqlarni bajaring.
«BU KO‘NGULDUR, BU KO‘NGUL» RADIFLI G‘AZAL
1.Meni shaydo qiladurg‘on bu ko‘nguldur, bu ko‘ngul,
Xor-u rasvo qiladurg‘on bu ko‘nguldur, bu ko‘ngul.
2.O‘qdayin qomatimizni qora qoshlig‘lar uchun
Muttasil yo qiladurg‘on bu ko‘nguldur, bu ko‘ngul.
3.Meni yozg‘urma «sevar» debki, mening haddim emas,
Ul tamanno qiladurg‘on bu ko‘nguldur, bu ko‘ngul.
4.«Borma», derlar, «eshiki sori damo-dam», netayin,
Ko‘p taqozo qiladurg‘on bu ko‘nguldur, bu ko‘ngul.
5.Tori mo‘yin havasi birla qorong‘u kechada
Jonni savdo qiladurg‘on bu ko‘nguldur, bu ko‘ngul
6.Dushman-u do‘st orasinda men g‘ofilni mudom,
Besar-u po qiladurg‘on bu ko‘nguldur, bu ko‘ngul.
7.O‘zgadin ko‘rmaki ko‘zung yoshini, ey Lutfy,
Ayni daryo qiladurg‘on bu ko‘nguldur, bu ko‘ngul.
28. G’azal mazmuniga xos bo’lmagan fikrni aniqlang.
A. Borma desalar ham yorning oldiga kelaveradigan oshiq obrazi mavjud
B. Yorni men emas ko’nglim sevadi deb ko’ngilni aybdor qilgan oshiq obrazi
mavjud
C.Oshiq o’zining qomatini o’qqa qiyoslaydi
D. Ko’z yoshini daryo qilib yig’laydigan yorni sevgan oshiq obrazi mavjud
29. Qaysi baytda nido san’atidan foydalaniladi
A. 3 B 5 C. 2 D. 7
30. Ushbu g’azalda uchramagan she’riy san’atni aniqlang.
A. Tajnis B. tashbeh C. Tazod D. Nido
31. 2- bayt haqida berilgan to’g’ri hukmni aniqlang
A. Sinekdoxa mavjud
B. O’xshatish san’atidan foydalanilgan
C. Baytda hamma aybni oshiq o’z yoriga to’nkaydi
D. A va B javob tog’ri
32. G’azal haqida berilgan noto’g’ri hukmni aniqlang.
A. Yoyiq radifdan foydalanilgan
B. G’azal fasafiy ruhiy mazmunda bitilgan
C. Ramali musaddasi mahzuf vaznida yozilgan
D.Arabiy-forsiy so’zlar qofiyadosh bo’lib kelgan
Moslashtiring.
33 G’alabaga erishdik A. Shaxsi noma’lum gap
B. Shaxsi ma’lum gap
34 Ko’ngilda armon qolmasin deb chilyosinni ham
qildirishga to’g’ri keldi
C.Shaxsi umumlashgan gap
D. Bog’langan qo’shma gap
35 Avval o’yla keyin so’yla E. Atov gap
F. To’liqsiz gap
36. Guruhimizdagilar birlashishi uchun bir bosh kerak bo`ldi. Gapida qanday
ma`no ko`chish turi bor?
Javob____________________________________________
37. Yaxshini yomon dema olishing bo'lsa ham
Yomonni yaxshi dema yaqining bo'lsa ham
Yuqoridagi gapda tushirib qoldirilgan tinish belgilarni aniqlang.
Javob_____________________________________________
38. Yaxshi tarbiya ko‘rgan odam... xislatlari... biri shuki, bunday odam o‘z
faoliyati... boshqalar... bir qadam oldin... o‘tsa, darrov sheriklari... у or dam beradi .
Ushbu gapda tushirib qoldirilgan qo’shimchalarni aniqlang
Javob___________________________________________
39Gapni sintaktik tahlil qiling va qaysi gap bo‘lagi uyushganini yozing.
Inson ruhiyatida goh mahzun, goh sho’x ohanglarga ehtiyoj seziladi go‘yo.
Javob________________________________________________________
40Gapdagi so‘zlarning mazmun va grammatik jihatdan bog‘lanishini tahlil qiling
Vatan mung'aygan tandirli, pastakkina tomli kulbangdan boshlanadi.
A)So’z birikmalari sonini aniqlang va ular qaysilar?
Javob__________________________________________
B)Hokim qismi yasama so’z bo’lib kelgan so’z birikmalarini aniqlang
Javob______________________________________________
41. Tovus o‘zining chiroyli patlarini ehtiyot qiladi
Vijdonli odam o‘z shanini saqlaydi.
a) birinchi va ikkinchi gapni qanday grammatik vosita yordamida to‘g‘ri bog‘lash
mumkin?
Javob_______________________________________________
b)Natijada qo‘shma gapning qaysi turi hosil bo‘ladi?
Javob__________________________________________
42.She’riy parchadagi she’riy san’atlarni aniqlang va yozing.
Manga holat o`zga qushlardek emas,
Qumriyo bulbuldek el vasfim demas.
a)birinchi she’riy san’at
Javob:_____________________________________
b)ikkinchi she’riy san’at
Javob:_________________________________________
43.Layli ishqin tanimda jonqil,
Layli shavqin rangimda qonqil.
a)ajratib ko‘rsatilgan qofiyadosh so‘zlardagi raviyni yozing.
Javob: __________________________________________
b)ajratib ko‘rsatilgan so‘zlar raviyning o‘rniga ko‘ra qofiyaning qaysi turini hosil
qilgan?
Javob____________________________________________
44.Kishi aybing desa, dam urmag’ilkim, ul erur ko’zgu,
Chu ko’zgu tiyra bo’ldi, o’zga aybing zohir aylarmu?
a) Ushbu fardning mazmunini yozing
Javob__________________________________________
b)Ushbu fard mazmuniga mos keladigan mashhur hadisni aniqlang
Javob__________________________________________
45. Esse mavzusi
Ko'plab insonlar mahalliy yangiliklarga e'tibor beradi, ammo boshqalar
xalqaro yangiliklardan ham xabardor bo'lish kerak deb o'ylaydi. Qaysi
mulohaza to'g'ri deb o'ylaysiz va nima uchun?
Download 29.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling