1. Importga tariflar kiritilishining iqtisodiy oqibatlari
Download 274.54 Kb. Pdf ko'rish
|
makro mikro O.N
12-VARIANT 1. Importga tariflar. Importga tariflar kiritilishining iqtisodiy oqibatlari. 2. Yalpi talabning bahodan boshqa omillari 3. Nominal va real YaIM. Importga tariflar. Importga tariflar kiritilishining iqtisodiy oqibatlari. Xalqaro savdoni tartibga solishda eng ko’p qo’llaniladigan usul bo’lib tarif, ya’ni importga solinadigan bojxona boji hisoblanadi. Importga tariflarning maxsus va advalar turlari o’zaro farqlanadi. Maxsus bojlar import qilinayotgan tovarlar birligiga nisbatan o’rnatiladi. Masalan, 1 barel neftga nisbatan 2 evro. Advalar bojlar import qilinayotgan tovar qiymatiga nisbatan ma’lum foiz tariqasida belgilanadi. Masalan avtomobil xarid narxining 40%. Har ikkala turdagi import tariflarning oqibatlari deyarli bir xil bo’lib, buni biz quyidagi grafik vositasida ko’rib chiqamiz. Aytaylik, import tariflari joriy qilingunga qadar ichki ishlab chiqarish hajmi S1, ichki talab hajmi esa D1 teng bo’lgan. Talab va taklif o’rtasidagi farq (D1-S1) import hisobiga qoplangan. Mamlakat iqtisodiyoti yopiq bo’lganida baholar darajasi Re ga teng, talab va taklif muvozanati esa E nuqtada o’rnatilgan bo’lar edi. Mamlakat iqtisodiyoti ochiq bo’lgani va importga cheklovlar yo’qligi tufayli milliy bozordagi narxlar jahon bozori narxlari Rw bilan bir xil. Importga tarif joriy qilinishi natijasida ichki baholar Rw dan Rd ga qadar ko’tariladi. Natijada: Import qilinadigan tovarning ichki bahosi = Jahon bozoridagi bahosi +(Jahon bozoridagi bahosi x Tarif stavkasi). Oqibatda ite’molchilar ma’lum bir yo’qotishlarga duch keladilar. Bu yo’qotishlar grafikda a,b,c,d sohalar bilan ko’rsatilgan. Baholarning ko’tarilishi ilgari raqobatbardosh bo’lmagan ayrim ichki ishlab chiqaruvchilar uchun ham foyda ko’rib ishlashga imkon beradi. Umuman shu sohada band milliy ishlab chiqaruvchilar ishlab chiqarish hajmini S1 dan S2 ga qadar oshiradi va S2-S1 hajmdagi mahsulot Pd bahoda sotiladi. Shu hajmdagi mahsulotni iste’molchilar oshirilgan narxda sotib oladilar va a sohaga teng yo’qotishga duch keladilar. Ammo, bu yo’qotish ichki ishlab chiqaruvchilarning o’sgan foydasiga aylanadi. Baholarning o’sishi oqibatida iste’molchilar ko’rilayotgan tovar iste’moli hajmini D1 dan D2 qadar qisqartiradi. Bu yo’qotish grafikda d soha bilan ko’rsatiladi va u hech kimning foydasi bilan qoplanmaydi. S2- D2 oraliq tarif joriy qilingandan so’ngi import hajmi bo’lib, shu hajmda tovarni iste’molchilar ilgarigidan yuqori bahoda sotib oladilar. Buning natijasida ular turmush darajasidagi yo’qotish ro’y beradi. Bu yo’qotish grafikda s soha bilan belgilangan bo’lib, u davlat byudjetiga borib tushadi. Ya’ni, bu sohadagi iste’molchilarning yo’qotishi davlatning foyda ko’rishi bilan qoplanadi. Tarif kiritilishi oqibatida iste’molchilar talabi arzon import tovaridan qimmat ichki tovarga yo’naltiriladi. Iste’molchilarning o’sgan to’lovlari yuqori chegaraviy xarajatga ega, raqobatbardosh bo’lmagan samarasiz ichki ishlab chiqarishni kengayishiga olib keladi. Iste’molchilarning bu yo’qotish v sohasi bilan belgilangan bo’lib tarifning «ishlab chiqarish samarasi» deyiladi va hech kimning foydasi bilan qoplanmaydi. Demak, iste’molchilarning a sohadagi yo’qotishlari ishlab chiqaruvchilar foydasining o’sishi hisobiga qoplanadi. Ayni damda iste’molchilar shu tarmoq korxonalari aktsiyadorlari bo’lishsa, ular yo’qotishlarining bir qismi o’sgan dividentlar sifatida qaytadi. Bojxona tariflarini kirtishni yoqlovchi mutaxassislar fikriga ko’ra import tariflari: • mamlakat mudofaa sanoatini himoya qilish imkonini beradi; • mamlakatda bandlilik darajasi o’sishini ta’minlaydi va yalpi talabni rag’batlantiradi, importning nisbatan cheklanishi natijasida sof eksport o’sadi va joriy operatsiyalar bo’yicha to’lov balansi xolati yaxshilanadi; • milliy iqtisodiyotdagi yangi tarmoqlarni himoya qilish uchun zarur; • davlat byudjeti daromadlarini to’ldirish manbai bo’lib xizmat qiladi; • milliy ishlab chiqaruvchilarni demping ko’rinishidagi chet el raqobatidan himoya qiladi; • iqtisodiyot tuzilishini qayta qurishni boshqarish vositasi hisoblanadi va ular yordamida mamlakat iqtisodiyotidagi ilg’or siljishlar rag’batlantiriladi va h.k. Milliy iqtisodiyotning tiklanishi sharoitida ko’pgina davlatlar o’z ishlab chiqaruvchilarini chet el raqobatidan himoya qilish maqsadida protektsionizm siyosatini qo’llaydilar. Aks holda, mahalliy korxonalar «sinishi» jamiyatda ishsizlik xavfini tug’diradi. Mamlakatlarda ta’rif mexanizmi orqali tashqi savdo siyosatini yuritish, birinchi navbatda ushbu mamlakatning asosiy tarmoqlari va yangi ishlab chiqarish sohalarining himoyalanganligiga ta’sir qiladi. Agar mamlakatlar bojxona ittifoqiga birlashsalar, unda bojxona tarifi, barcha ishtirokchi mamlakatlar uchun ularning savdo munosabatlarida yagona bo’lib qoladi. Bojxona tariflari miqdori alohida mamlakatlar iqtisodiyotida va jahon xo’jaligida yuz berayotgan jarayonlar ta’sirida yuzaga keladi. Jahonda importga bojxona bojlarining pasayish tendentsiyasi kuzatilmoqda va u ikki tomonlama hamda ko’p tomonlama muzokaralar asosida mamlakatlar tomonidan rag’batlantiriladi va nazorat qilinadi. Bojxona bojlarini joriy qilishni qo’llovchi fikrlarga aksincha bo’lgan mulohazalar ham mavjud. Chunki sanab o’tilgan natijalarga boshqa usullar bilan kamroq yo’qotishlar hisobiga ham erishsa bo’ladi degan fikrlar ham qaysidir darajada asoslidir. Birinchidan, import tariflari iste’molchilar turmush darajasining pasayishiga olib keladi. Ikkinchidan, import tariflari kiritilishi oqibatida ular vositasida himoya qilinayotgan tarmoqlarda resurslar samarasiz sarflanadi. Uchinchidan, tariflarni kiritish va ular stavkasini belgilash masalasida mamlakat imkoniyatlari xalqaro bitimlar bilan cheklangan. Yalpi talabning bahodan boshqa omillari Baholar darajasi va yalpi talab o„rtasidagi teskari bog„liqlikni , shuningdek quyidagi baho omillari bilan izohlanadi: 1. Foiz stavkasi samarasi; 2. Boylik samarasi yoki real kassa qoldiqlari samarasi; 3. Import xaridlar samarasi. Foiz stavkasi samarasi shuni bildiradiki, yalpi talabning egri chiziq bo„yicha surilishi narxlar darajasi o„zgarishining foiz stavkasiga bo„lgan ta Download 274.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling