1 indeksli nomlash
Download 15.49 Kb.
|
psixalogiya
Hozirda mavjud ko’pgina so’rovnomalar bir qator izlanishlar natijasida ishlab chiqilgan omillar va nazariyalar asosida koʻrilgan deb bolmaydi. Ularni tuzishda shaxsning psixologik sogʻligʻi, ekstroversiya va faoliyatning turli koʻrinishlarining ustun jihatlari oʻzida mujassam 127 etgan savollar tanlab olingan. Shaxs xususiyatlarining oʼrganuvchi ushbu L, Q, T maʼlumotlar maʼlum bir omillarga asoslanadi keyingi bosqich tajriba uchun asos yaratadi. Psixologik tadqiqotni amalga oshirishda shaxs omillarini ilmiy nuqtai nazaridan maʼlum nomlar bilan qayd qilib borish yolga qoyilgan. Omillarni izohlovchi 2 ta tizim ishlab chiqilgan boʻlib, ular 1) indeksli nomlash; 2) Alfavitli nomlash. Indeksi nomlash universal indeksli tizimni oʻzida namoyon etib, UI (LQ) № tarzida yoziladi. Bu yerda UI - universal indeksning qisqartirilgan shakli, LQ-maʼlumotlar toʻplamini anglatadi, №- universal indeksatsiya tizimidagi faktorlarning raqam, ular 1 dan to 20 gacha almashishi mumkin. Alfavitli nomlashda indeksatsiya A B C D E F G H I J K L M N O (Q1 Q2 Q3 Q4) harflaridan foydalaniladi. Q1 Q2 Q3 hariflar O’I (Q) ning 16dan 19 gacha bo’lgan omillarni belgilaydi, chunki ular A-O omillardan farqli ravishda faqat Q ma’lumotlarda ajratilgan. Omillarni 2 xil ko’rinishda texnik va maishiy nomlash qabul qilingan: 1) Texnik nomlash psixologlar uchun mo’jallangan bo’lib, bu omillarning ilmiy axamiyatini anglatadi. Ko’pincha texnik nomlash sifatida akronimik nomlardan foydalaniladi, masalan sizotimiya: 2) Maishiy nomlash xamma uchun mo’ljallangan bo’lib, ular psixaloglarning boshqa mutaxassislar bilan muomala qilish uchun moʻljallangan, masalan, A omilning maishiy nomlanishi munosabatlardagi "iliqlik-sovuqlik", C omilda "xissiy barqarorlikbeqarorlik"ni anglatadi. Ushbu usullar shaxs psixodiagnostikasida muhim hisoblanib sinaluvchilar haqida aniq va ishonchli maʼlumotga ega boʻlish uchun ulardan keng hajmda foydalanishni talab etadi. Download 15.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling