1. Innovatsion iqtisodiyot faning mohiyati. Innovatsion faoliyat va uning asoslari


INNOVATSION FAOLIYATNING TURLARI VA TASNIFI


Download 0.58 Mb.
bet2/3
Sana08.02.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1178346
1   2   3
Bog'liq
I-204-20 NURMAXMATOV USMONXON

INNOVATSION FAOLIYATNING TURLARI VA TASNIFI
  • Ishlab chiqarishda Innovatsiya
  • Ijtimoiy Innovatsiya
  • Ekologik Innovatsiya
  • Marketing Innovatsiya
  • Moliyaviy Innovatsiya
  • Ilmiy va texnik Innovatsiya
  • Marketing Innovatsiya
  • Menejment Innovatsiya
  • Ta’limda Innovatsiya

Innovatsiyalarning har xil turlarini ishlab chiqish, amalga oshirish va tarqatishning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud va shunga muvofiq ravishda innovatsiyalarni boshqarishda o‘ziga xos yondashuvlarni talab qiladi. Binobarin, yangiliklarni tasniflash masalasi nafaqat nazariy, balki sezilarli darajada amaliy ahamiyatga ega. Shuning uchun ham innovatsiyalarni boshqarish innovatsiyalarning tipologiyasiga, ularning turli muhim asoslari, mezonlari, parametrlari bo‘yicha tasnifiga asoslangan bo‘ladi.
Innovatsiyalar tasnifi
Innovatsion faoliyatni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, milliy iqtisodiyotda innovatsiya tizimini rivojlantirish, yuqori samarali texnologiyalarni joriy etishning yangi mexanizmlarini ishlab chiqish, ilm-fan hamda texnikaning yo'nalishlarini rivojlantirish ularni mamlakatimizda faol tatbiq etilayotganligi keng ko'lamli iqtisodiy islohotlarning muhim yo'nalishidir.
Innovatsion g'oyalar, texnologiyalar va loyihalar respublikamizda, ilm-fan, ishlab chiqarish va biznesning barcha sohalarida samarali foydalanib kelinmoqda.Innovatsiya jarayonini qo'llab-quvvatlash hamda ularning rivojlanish darajasini ta'minlashga qaratilgan keng ko’lamli ishlar bajarilmoqda.
O’zbekistonning iqtisodiy holati innovatsiyalar bilan o’zaro bog’liq.
Innovatsiyalar turli ishlab chiqarish sohalari, xizmat ko’rsatish tarmoqlari, korxonalar, faoliyatiga ish samaradorligi ortishiga yordam beradi.
Innovatsiyon faoliyatni amalga oshirish natijasida ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan samaradorlikga erishiladi.Mamlakat iqtisodiyoti va iqtisodiyot subyektlarining tadbirkorlik faoliyatiga ta’sir ko’rsatishning asosiy vositalaridan biri – davlat iqtisodiy siyosatining bo’g’inlaridan hisoblanuvchi innovatsiya siyosatidir. Davlat innovatsiya siyosati yordamida bevosita ishlab chiqarish hajmi sur’atlari oshishiga, fan-texnika taraqqiyoti rivojlanishiga, ijtimoiy ishlab chiqarish tuzilishi o’zgarishi, ijtimoiy muammolarni hal qilishga ta’sir o’tkaza oladi.

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling