1. Innovatsiya tushunchasi va ularga qaratilgan nvestitsiyalar


Milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish turlari va shakllari


Download 86 Kb.
bet3/4
Sana06.05.2023
Hajmi86 Kb.
#1436262
1   2   3   4
Bog'liq
I. Bob. Inovatsiya tushunchasi va inovatsiyalar kilasifikatsiasi

3 Milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish turlari va shakllari.

Ma’lumki, milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning bir qancha shakllari mavjud. Xorijlik investorlar O’zbekiston Respublikasi hududida investitsiyalarni quyidagi yo’llar bilan amalga oshirishlari mumkin:


1. O’zbekiston Respublikasining yuridik va (yoki) jismoniy shaxslari bilan birgalikda tashkil etilgan xo’jalik jamiyatlari va shirkatlarining, banklar, sug’urta tashkilotlari va boshqa korxonalarning ustav jamg’armalarida va boshqa mol-mulkida ulush qo’shib qatnashish. Bunga misol qilib XIIKlarni (ustav kapitalining kamida 30 foizi xorijlik investorga tegishli bo’lishi kerak) keltirish mumkin, ya’ni qo’shma korxonalar tashkil etish orqali xorijiy investitsiyalarni jalb qilish eng ommabop shakl hisoblanadi.
2. Xorijlik investorlarga to’liq qarashli bo’lgan xo’jalik jamiyatlari va shirkatlarini, banklar, sug’urta tashkilotlari va boshqa korxonalarni barpo etish va rivojlantirish, ya’ni sof xorijiy investitsiyali korxonalar tashkil etish orqali xorijiy investitsiyalarni jalb qilish. Bunda jami (100 %) ustav kapitali xorijlik investorga tegishli bo’ladi
3. Mol-mulk, aktsiyalar va boshqa qimmatli qog’ozlarni, shu jumladan, O’zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan emissiya qilingan qarz majburiyatlarini sotib olish asosida xorijiy investitsiyalarni jalb qilish.
Intellektual mulkka, shu jumladan, mualliflik huquqlari, patentlar, tovar belgilari, foydali modellar, sanoat namunalari, firma nomlari va nou-xauga, shuningdek, ishchanlik nufuziga (gudvillga) huquqlar kiritish orqali xorijiy investitsiyalarni jalb qilish.
5. Kontsessiyalar, shu jumladan, tabiiy resurslarni qidirish, ishlab chiqish, qazib olish yoki ulardan foydalanishga bo’lgan kontsessiyalar olish asosida xorijiy investitsiyalarni jalb qilish.
6. Savdo va xizmat ko’rsatish sohalari ob’ektlariga, turar-joy binolariga ular joylashgan er uchastkalari bilan birgalikda mulk huquqini, shuningdek, erga egalik qilish va undan foydalanish (shu jumladan, ijara asosida foydalanish) hamda tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan foydalanish huquqlarini sotib olish orqali xorij sarmoyasini jalb qilish.
7. Erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etish orqali xorijiy investitsiyalarni jalb qilish.
8. Xalqaro lizing amaliyotini rivojlantirish orqali xorijiy investitsiyalarni jalb qilish.
Xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning eng ommabop shakli hisoblangan XIIKlarni tashkil etish va ularni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash yo’lida qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Keling, aziz o’quvchi, shu erda «xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxona»ga aniqlik kiritsak. Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxona, deb nimaga aytiladi? Unga qanday ta’rif berish mumkin? Chunki, XIIK nimaligini to’liq anglamay turib, u haqda fikr bildirish ma’noga ega emas.
O’zbekiston milliy entsiklopediyasida «Korxona – yuridik shaxs huquqiga ega bo’lgan mustaqil xo’jalik yurituvchi sub’ekt. Mahsulotlar ishlab chiqarish, xizmatlar ko’rsatish, ishlarni bajarish uchun tashkil etiladi, iqtisodiy faoliyatning xilma-xil turlari bilan shug’ullanadi. Davlat, munitsipial, jamoa, qo’shma, yakka (oila, xususiy) korxonalar bor» , deya ta’riflanadi. Mazkur ta’rifning e’tiborli jihati shundaki, unda korxonaning «qo’shma korxona» shaklida ham tashkil etilishi e’tirof etilgan. Chunki, qo’shma korxonaga berilgan ta’riflarning aksariyatida mazkur masala e’tibordan chetda qolgan. Rossiyalik iqtisodchi-olimlardan L.Makarevich: «Korxona – mustaqil xo’jalik yurituvchi sub’ekti bo’lib, iste’mol talabini qondirish va foyda olish maqsadida qonunchilik asosida tashkil etiladi, tovarlar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish bilan shug’ullanadi» , deb ta’rif beradi. Muallif ushbu ta’rifda qo’shma korxonalarni e’tibordan chetda qoldirganligi ko’rinib turibdi.
Shuningdek, iqtisodchi-olimlar B.Rayzberg, L.Lozovskiy, E.Stradubtsevalar ta’rifiga ko’ra: «qo’shma korxona, asosan, yuridik shaxslar tomonidan, mahalliy korxonalar yoki xorijiy hamkorlarning shaxsiy mablag’lari hisobidan ta’sischi joylashgan mamlakatda tashkil etilgan xo’jalik tashkilotidir. Mulkiy shakli jihatidan aktsiyadorlik, mas’uliyati cheklangan yoki sherikchilik ko’rinishida bo’lishi mumkin» . Mualliflar tomonidan «qo’shma korxona»ga berilgan ta’rif ayrim cheklanishlardan holi emasligi ko’rinib turibdi. Jumladan, so’nggi ta’rifda «ta’sischi joylashgan mamlakatda tashkil etilgan», deya qayd etilgan jumla munozaralidir. Nazarimizda, mazkur jumla qo’shma korxonalarning iqtisodiy mohiyatini ochib berishga bevosita xizmat qilmaydi. Chunki, qo’shma korxonaning ta’sischisi ikkinchi mamlakatda joylashgan bo’lib, uning o’zi boshqa mamlakat hududida tashkil etilishi amaliyotdan ma’lum.


Xulosa
O‘zbekiston 2030 yilda dunyodagi 50ta innovatsion iqtisodiyot qatoridan o‘rin olishni rejalashtirmoqda – ushbu vazifa yaqinda qabul qilingan va ishlab chiqilishi jarayonida BMTTD ishtirok etgan mamlakatni innovatsion rivojlantirish strategiyasida qayd etilgan. Xususan, Toshkentda bo‘lib o‘tgan «O‘zbekiston iqtisodiyotini innovatsion rivojlantirish: xorijiy tajriba, trendlar va istiqbollar» nomli ilmiy-amaliy anjumandagi muhokamalarda ham strategiyaning asosiy vazifalari va O‘zbekistonda innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirish yo‘llari asosiy mavzuga aylandi.
«Innovatsiyalar darajasi qancha yuqori bo‘lsa, YaIM ko‘rsatkichlari ham shuncha baland bo‘ladi»
Innovatsion rivojlanishning global indeksi mamlakatdagi innovatsion salohiyatni tahlil qilish uchun dastlabki bosilgan qadam bo‘ldi. Innovatsiyalarning global indeksi (The Global Innovation Index), bu – innovatsiyalar rivojlanganligi darajasiga oid ko‘rsatkich bo‘yicha global tadqiqot va unga hamrohlik qiluvchi jahon davlatlari reytingi. Indeks 81ta ko‘rsatkichdan iborat bo‘lib, ular iqtisodiy rivojlanishning turli darajalarida bo‘lgan dunyo davlatlarining innovatsion rivojlanganligini batafsil ta’riflaydi.
Innovatsion rivojlantirish bo‘yicha vazir o‘rinbosari Azimjon Nazarovning ta’kidlashicha, ushbu reytingda O‘zbekiston pozitsiyalarini o‘rganish asosida takomillashtirish zarur bo‘lgan sohalar aniqlandi. Ularning orasidan ta’lim tizimini takomillashtirish va inson kapitalini rivojlantirish; fan, ixtirolar va texnologiyalari transferini rivojlantirish; innovatsion faoliyatni moliyalashtirish tizimini takomillashtirish; raqobatni rivojlantirish va ma’muriy to‘siqlarni qisqartirish; infratuzilma va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish kabi yo‘nalishlar joy olgan.

Olingan ma’lumotlar asosida ishlab chiqilgan Innovatsion rivojlanish strategiyasining asosiy yo‘nalishlari tadbir chog‘ida taqdim etildi. Spikerning qayd etishicha, Strategiyaning vazifasi – keng ko‘lamli bo‘lib, mamlakatning jahon



Download 86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling