1. Inson mehnat faoliyatiga ta’sir etuvchi salbiy omillar,ularning turlari, mohiyati va himoyalanish usullari


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/9
Sana18.06.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1571901
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
ghjhgk

Nazorat savollari: 
1. Ishlab chiqarish jarayonlari sanitariyasi va gigiyenasi nimadan iborat? 
2. Inson mehnat faoliyatining fiziologik-gigiyenik asoslari qanday? 
3. Inson mehnat faoliyatiga ta’sir etuvchi salbiy omillar nimadan iborat? 


Ishlab chiqarishning sanitariyasi va gigienasi me’yorlari, mazmuni. 
Reja. 
1.Ishlab chiqarish mikroiqlimining gigienik me’yorlari, ularning inson 
organizmiga ta’siri. 
2. Sanitariya-gigienik me’yorlarni o’rnatish va ularni nazorat qilish. 
Ishlab chiqarish mikroiqlimining gigienik normalari 
Ishlab chiqarish mikroiqlimi normalari mehnat xavfsizligi standartlari sistemasi 
“Ish zonasi mikroiqlimi” ga asosan belgilangan.Ular gigienik va texnik iqtisodiy 
negizlarga asoslangan.Sanoat korxonalari xonalarining xarakteri, yil fasllari va ish 
kategoriyasiga qarab, ulardagi harorat, nisbiy namlik va havo harakatining ish 
joylari uchun ruxsat etilgan normalari belgilangan.Ish toifalari quyidagicha 
belgilanadi: yengil jismoniy ishlar (1 toifa)—o'tirib, tik turib yoki yurish bilan 
bog'liq holda bajariladigan, biroq muntazam jismoniy, zo'riqish yoki yuklarni 
ko'tarishni talab qilmaydigan ishlar, energiya sarfi soatiga 150 kkal (172 J.s)ni 
tashkil etadi. Bunga tikuvchilik korxonasi, aniq asbobsozlik va shu kabi korxonalar 
kiradi. 
O'rtacha og'irlikdagi jismoniy ishlar (II toifa)—soatiga 150— 250 kkal (172—
293 J.s) energiya sarflanadigan faoliyat turlari kiradi. Bunga doimiy yurish va og'ir 
bo'lmagan (10 kg gacha) yuklarni tashish bilan bog'liq bo'lgan ishlar kiradi. 
Masalan, yigiruv-to'qish ishlari, mexanik yig'uv, payvandlash sexlaridagi ishlar 
shular jumlasidandir. 
Og'ir jismoniy ishlar (III toifa) — muntazam jismoniy zo'riqish xususan og'ir 
yuklarni (10 kg dan ortiq); muttasil bir joydan ikkinchi joyga ko'chirish va 
ko'tarish bilan bog'liq ashlar kiradi. Bunda energiya sarfi soatiga 250 kkal (293 
Js)dan yuqori bo'ladi. Bunday ishlar temirchilik,quyuv va boshqa qator sexlarda 
bajariladi.Harorat, nisbiy namlik va havo harakatining tezligi risoladagi va yo'l 
qo'yilishi mumkin bo'lgan miqdorlar ko'rinishida normalanadi. 
Risoladagi miqdorlar deganda, odamga uzoq muddat va muntazam ta'sir qilganda 
tashqi muhitga moslashuv reaksiyalarini kuchaytirmasdan organizmning normal 
faoliyatini 
va 
issiqlik 
holatini 
saqlashini 
ta'minlaydigan 
mikroiqlim 
ko'rsatgichlarining yig'indisi tushunilib, ular issiqlik sezish mo'tadilligini vujudga 
keltiradi va ish qobiliyatini yuksaltirish uchun shart-sharoit hisoblanadi. Yo'l 
qo'yilishi mumkin bo'lgan mikroiqlim sharoitlari organizmning faoliyatini va 
issiqlik holatdagi o'zgarishlarini, fiziologik moslanish imkoniyatlaridan chetga 
chiqmaydigan tashqi muhitga moslashish reaksiyalarming kuchayishini bartaraf 
etadigan va tez normaga soladigan mikroiqlim o'rsatgichlarining yig'indisidir. 
Bunda sog„liq uchun xatarli holatlar vujudga kelmaydi, biroq 
nomo'tadil issiqlik sezgilari, kayfiyatning yomonlashuvi va ish qobiliyatining 
pasayishi kuzatilishi mumkin. 
1,2,3-jadvalarda mikroiqlimning risoladagi va yo'l qo'yilishi mumkin bo'lgan 
normalari keltirilgan. Doimiy ishlarda jadvalda keltirilgan miqdorlar ta'minlanishi 
lozim, ular havoni mo'tadillashtirishda ham majburiydir. Biroq qator hollarda, 
masalan, issiqlik ko'p ajralib chiqadigan yoki isitiladigan xonalarining hajmi katta 
metallurgiya, 
mashinasozlik va boshqa zavodlarda yo'l qo'yiladigan normalarga (1,2- jadval) 


asoslanishi mumkin, biroq mehnat va dam olish rejimlariga qo'yiladigan gigienik 
talablarga, organizmning issiqlab ketishi va sovuq qotishini oldini olishga 
fqaratilgan barcha vositalaridan foydalanishga ham amal qilish zarur. Normalarda 
organizmning tashqi muhitga moslashish faqat tashqi sharoitlarga emas, balki 
mehnatning og'ir-yengilligiga bog'liq holda o'zgarib turadigan issiqlik hosil qilishi 
miqdoriga aloqadorligi ham hisobga olinadi. Shunga ko'ra yengil ishlarda, o„rtacha 
og'irlikdagi va og'ir ishlarga qaraganda, havoning birmuncha yuqori harolatlarda va 
harakatining birmuncha kam tezlikda bo'lishi qabul qilingan. Yo'l qo'yilishi 
mumkin bo'lgan normalar yilning sovuq va bir mavsumdan 
ikkinchisiga o'tish davrlarida (tashqi havoning) o'rtacha kundalik harorati 10°C dan 
yuqori (yoki muvofiq holda past) doimiy ish joylaridan tashqarida (1-jadval) 
birmuncha katta raqamlarda o'zgarib turishi, yilning issiq paytida esa (2-jadval) 
sexlar havosining oshgan harorati (ayniqsa,O'rta Osiyo sharoitida va issiqlik ajralib 
chiqishi mumkin bo'lgan sexlarda)issiqlikning aniq ortiqcha bo'lishini ko'zda 
tutadi. Bu tashqi niuhitining issiq bo'lishi bilan birga katta miqdordagi issiqlikni 
yo'qotishni qiyinligi bilan bog'liq.Biroq bu holda ham normalar yo'l qo'ysa 
bo'ladigan maksimumni chegaralaydi. Issiqlik ajralishi yuqori bo'lgan sexlarda 
havoning harakat tezligi ham birmuncha ortiqcha belgilanadi.GOST12-1.005-76 da 
xonalarning katta-kichikligi, issiqlik va namlik ajratilishining birga uchrashi, 
doimiy harorat yoki harorat va narnlik kabilarni sun'iy usulda tutib turish 
sharoitlarini hisobga oladigan 
qator qo'shimcha tavsiyalar va aniqliklar ham mayjud. 

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling