1. Inson mehnat faoliyatiga ta’sir etuvchi salbiy omillar,ularning turlari, mohiyati va himoyalanish usullari


Kasb kasalligining oldini olish va shaxsiy gigiyena


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana18.06.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1571901
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
ghjhgk

Kasb kasalligining oldini olish va shaxsiy gigiyena Mehnat qilish jarayonida 
kishi organizmiga salbiy ta’sir etadigan ishlab chiqarishning nomaqbul omillari 
natijasida yuzaga keladigan inson sog‘lig‘idagi o‘zgarishlar kasb kasalligi deb 
ataladi. Ishlab chiqarishda kasb kasalliklari ish joylaridagi havoning changlanishi, 
gaz, shovqin va tebranishlar ta’siridan hamda havo harorati, bosimi, namligini 
o‘zgarib turishi natijasida paydo bo‘ladi. Ishlab chiqarishdagi nomaqbul 
omillarning kishi organizmiga uzoq muddat ta’sir etishi oqibatida ishchi kasb 
kasalligiga chalinishi, natijada ish qobiliyatini vaqtincha yoki butunlay yo‘qotishi 
mumkin. Ishchilarning doimo sog‘lom yurishlari va mehnat qobiliyatlarini 
uo‘qotmasliklarida shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish katta rol o‘ynaydi. 
Tana va qo‘lni toza bo‘lishi, ovqatlanishdan oldin qo‘1ni doimo sovunlab yuvish, 
o‘zini va kiyimlarini ozoda tutish, vaqtida ovqatlanish va ish bilan dam olishni 
to‘g‘ri tashkil qilish – shaxsiy gigiyenaning asosiy talablari hisoblanadi. Umumiy 
sanitar-gigienik talablar ishlab chiqarish inshootlarida mehnat faoliyatining 
qiyinlik darajasiga bog’liq holatda, inshootda ortiqcha issiqlikning miqdori va 
mavsumga qarab (yilning davrlari) optimal` va ruxsat etilgan mikro iqli m 
ko’rsatkichlarini ifodalaydi. 
GOST ga muvofiq tarzda yilning sovuq va o’tish mavsumlari farqlanadi (tashqi 
muhitning sutka davomidagi havo harorati o’zgarishlari +10
0
S va undan yuqori 
bo’lishi kuzatiladi). Barcha bajariladigan ishlar qiyinlik darajasiga ko’ra, quyidagi 
toifalarga bo’linadi: 
– yengil (quvvat sarflanishi 172 Vt gacha); 
– o’rtacha og’irlikdagi (quvvat sarflanishi 172-293 Vt gacha); 
– og’ir (quvvat sarflanishi 293 Vt dan yuqori). 
Ichki mikroiqlim sharoitida ortiqcha issiqlik miqdorining qiymatiga ko’ra barcha 
ishlab chiqarish inshootlari quyidagi turlarga bo’linadi: 


– ishlab chiqarish inshootida yaqqol tarzdagi sezilarsiz miqdordagi ortiqcha 
issiqlikning mavjudligi
1
(Q
Ya T
23,2Dj/m
z
•c); 
–yaqqol tarzdagi ortiqcha issiqlik miqdorining sezilarli holatda ortiqcha miqdori 
mavjudligi (Q
Ya T
> 23,2Dj/m
z
•c).Sezilarsiz tarzdagi ortiqcha issiqlik miqdori 
mavjud bo’lgan ishlab chiqarish inshootlari «sovuq sexlar» deb ataladi, sezilarli 
tarzdagi ortiqcha issiqlik miqdori mavjud bo’lgan ishlab chiqarish inshootlari esa 
«issiq sexlar» deb nomlanadi.Mehnat toifasi – og’ir, yilning davri – sovuq, ishlab 
chiqarish inshooti – sezilarsiz daradagi ortiqcha issiqlik miqdoriga ega bo’lsin. 
Doimiy tarzdagi issiqlik nurlanishi sharoitida odam organizmida uning asosiy 
organlar tizimlari funksiyasi izdan chiqishlari yuzaga keladi, bunda birinchi 
navbatda yurak-qon tomir tizimi va asab tizimida jiddiy buzilishlar qayd qilinadi. 
Ruxsat etilgan oxirgi darajada (me`yoriy qiymat) issiqlik nurlanishi jadalligi odam 
tanasi yuzasi bo’ylab quyidagi ko’rinishda bo’lib chiqilgan: 
50% va unidan ortiq – 35,0 Vt/m
2
;25 dan 50% gacha – 70,0 Vt/m
2

25% dan ortiq emas – 100 Vt/m
2
.Ishlash sohasida me`yoriy mikro iqlim 
ko’rsatkichlari qiymatini ushlab turish uchun quyidagi asosiy chora-tadbirlar 
amalga oshiriladi: 
– texnologik jarayonlarni mexanizasiyalashtirish va avtomatlashtirish; 
– issiqlik nurlanishi manbalaridan himoya qilish; 
havo almashinishi, shamollatish, havoni sovitish va isitish qurilmalarini 
o’rnatish.Bundan tashqari, issiq sexlarda ishlovchi yoki qiyin toifaga kiruvchi 
sharoitlarda ishlovchi ishchilarning mehnat qilishi va dam olishini to’g’ri tashkil 
qilish muhim ahamiyatga ega xisoblanadi. Bu ko’rinishdagi toifada mehnat 
qiluvchi ishchilar uchun me`yoriy haroratdagi, shamollatish tizimlari o’rnatilgan 
va ichimlik suvi bilan ta`minlangan maxsus binolardan iborat dam olish joylari 
tashkil qilinadi.Amalga oshiriluvchi chora-tadbirlarni nisbatan batafsil tarzda qarab 
chiqamiz. 

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling