1. Inson qanday ijtimoiy huquqlarga ega, ular qanday kafolatlangan?


Download 19.17 Kb.
bet1/2
Sana14.12.2022
Hajmi19.17 Kb.
#1006349
  1   2
Bog'liq
тарихдан саволлар-жн


1. Inson qanday ijtimoiy huquqlarga ega, ular qanday kafolatlangan?


• uy-joyga ega bo‘lish; • mulkdor bo‘lish va undan erkin foydalanish; • mehnat qilish, erkin kasb tanlash, ishsizlikdan himoya¬lanish; • yollanib ishlaganda dam olish; • qariganda, mehnat qobiliyatini yo‘qotganda, boquvchisidan mahrum bo‘lganda ijtimoiy ta’minot olish; • malakali tibbiy xizmatdan foydalanish; • bilim olish; • ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish. Fuqarolarning ijtimoiy va iqtisodiy huquqlari O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy sohalardagi qo¬nunlari bilan kafolatlangan. Kafolat deganda, fuqarolarga belgi-lab qo‘yilgan huquq va erkinliklarni amalga oshirishni ta’min¬laydigan vositalar, usullar va shart-sharoitlar tushuniladi. Za¬rur bo‘lgan hollarda inson huquqlari sudda himoya qilinadi yoki tiklanadi. „Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to‘g‘risida“ gi Qonun (1995- yil 30- avgust) ana shu maq¬sad¬larga xizmat qilmoqda.

2. O‘zbekiston fuqarolari zimmasiga qanday burch, majburiyatlar yuklatilgan?


Fuqaro va davlat bir-biriga nis¬batan bo‘lgan huquqlari va burch¬lari bi¬lan o‘zaro bog‘langan. Davlat fuqarolar huquqlari va erkinliklarini ham o‘z hududida, ham uning tashqarisida himoya qiladi, ularga homiylik qiladi. Shuningdek, barcha fuqarolar davlat, jamiyat va boshqa fuqarolar oldida muayyan burchlarni, majburiyatlarni ham o‘taydi. Fuqarolar¬ning burchlari, majburiyatlari Konstitutsiya va qonunlarda belgi¬lab qo‘yilgan. Fuqarolarning burchlari:


• Konstitutsiya va qonunlarga rioya etish; • Vatanni himoya qilish; • harbiy yoki muqobil xizmatni o‘tash; • boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilish; • O‘zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy meros obyektlarini avaylab-asrash; • qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yig‘imlarni to‘lash; • tabiat va atrof-muhitni saqlash, tabiiy boyliklarga ehtiyot¬korona munosabatda bo‘lish.

3. O‘zR Oliy Majlisining inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) lavozimi qachon ta’sis etilgan, uning vazifalarini bilasizmi?


Inson huquqlari bo‘yicha vakil nson huquqlarini himoya qiluv¬chi tizimga Oliy Majlisning inson hu-quqlari bo‘yicha vakili (om¬bud¬s¬man), inson huquqlari bo‘¬yicha Milliy markaz kiradi. 1995- yil 23- fevralda birinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasida Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) lavozimi ta’sis etildi va bu lavozimga Sayyora Rashidova saylandi. Inson huquqlari bo‘yicha vakil o‘z faoliyatida huquqni himoya qiluvchi organlar bilan aloqada ishlaydi, shaxslar va davlat, shaxslar va hokimiyat orasida munosabatlarni yaxshilashga ko‘maklashadi. Inson huquqlari bo‘yicha vakilning maqomi va faoliyat doirasi 1997- yil 26- aprelda qabul qilingan „Inson huquqlari bo‘yicha vakil (ombudsman) to‘g‘risida“ gi Qonun bilan belgilab berildi. Vakil faoliyatining asosiy yo‘nalishlari:
• inson huquqlariga doir qonunlarga rioya etilishini nazorat qilish; • shikoyatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha aniq mexanizmni yara¬tish va fuqarolar huquqlarining tiklanishi uchun samarali choralarni ko‘rish; • vakilning fuqarolar, nohukumat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari bilan inson huquqlari monitoringi sohasidagi hamkorligini mustahkamlash; • vakilning inson huquqlari masalalari bo‘yicha xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligini rivojlantirish.

4. Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz qachon tuzilgan, u qanday ishlar bilan shug‘ullanadi?


Inson huquqlari bo‘yicha vakil yil oxirida sohadagi ishlar haqida parlament va Prezidentga ma’ruzalar kiritadi. O‘z faoliyatini olib borish paytida vakilning daxlsizligi ta’minlanadi va u tergov ishlari sohasida katta vakolatlarga ega. Vakil BMТ ning inson huquqlari bo‘yicha markazi, YXHТ ning demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi bilan hamkorlik qiladi, uchrashuvlar va xalqaro semi¬narlar uyushtiradi. Inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishda Prezident farmoniga asosan 1996- yilning noyabrida tashkil etilgan „Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz“ning ahamiyati ham kattadir. Milliy markaz inson huquqlariga rioya etilishi va bu huquq¬larning muhofaza qilinishi yuzasidan ilmiy ma’ruzalar tay¬yorlaydi. Milliy markaz inson huquqlari bo‘yicha davlat hoki¬miyati, boshqaruv idoralari va jamoat birlashmalariga masla¬hatlar, takliflar berib turmoqda, sotsiologik tadqiqotlar o‘tkaz¬moqda. Milliy markaz fuqarolarning huquqlarini amalga oshi¬rish va rivojlantirish bo‘yicha ma’lumotlarning axborot bazasini barpo etdi. Shuningdek, Milliy markaz xalqaro va milliy tash-kilotlar, hukumatga qarashli bo‘lmagan tashkilotlar bilan ham¬korlik qilmoqda, inson huquqlari sohasida davlatlararo ikki to¬monlama va ko‘p tomonlama bitimlar ishlab chiqish, ekspert baholash ishlarida qatnashmoqda. Respublikamizda qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining inson huquqlari sohasidagi xalqaro me’yorlarga muvofiqligini, xalqaro huquqiy me’yorlarini mamlakatimizning amaldagi qonun hujjatlariga joriy etilishini ta’minlashda 1996- yil de¬kabrda tashkil etilgan Oliy Majlis huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti ham ijobiy tadbirlarni amalga oshirmoqda.

5. O‘zbekistonda saylov qanday prinsiplar asosida o‘tkazilmoqda?


Odamlarning saylov huquqini, o‘z xohish-irodasini erkin ifodalash, o‘z manfaatlarini ro‘yobga chiqarish va himoya qilish huquqini ta’minlash uchun haqiqiy shart-sharoit, qonuniy-huquqiy zamin yaratib berish demokra¬tiyaning eng muhim tamoyilidir. Demokratiyaning bosh talabi bu erkin va adolatli say¬lovlardir. O‘zbekistonda xalqaro huquq andozalari va talablariga, ilg‘or chet el tajribasiga mos saylov qonunchiligi yaratildi. O‘zbekistonda mustaqillikning dastlabki yilida „O‘zbekiston Res¬publikasining referendumi to‘g‘risida“ (1991- yil 18- no¬yabr) va „O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida“ (1991- yil 18- noyabr) Qonunlari qabul qilindi. 1991- yil 29- dekabrda fuqarolarning yuksak faolligi asosida o‘tgan saylovlarda xalqimiz tomonidan O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi ma’qullandi va Islom Karimov O‘zbekiston Pre¬zidenti etib saylandi. O‘zbekis¬tonda demokratik saylov o‘tka¬zishda ilk tajriba to‘plandi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi natijasida saylov tizimining huquqiy asoslari mustahkamlandi.
O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari vakillik organ¬lariga saylash va saylanish huquqiga egadirlar. Har bir saylovchi bir ovozga ega. O‘z xohish-irodasini bildirish tengligi va erkinligi qonun bilan kafolatlanadi. O‘zbekiston Respublikasida Prezident saylovi, hoki¬miyatning vakillik organlari saylovi umumiy, teng, to‘g‘¬ridan to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkaziladi. O‘zbekiston Respubli¬kasining 18 yoshga to‘lgan fuqarolari saylash huquqiga egadirlar.
O‘zbekistonda saylovlarni tashkil etish uchun mustaqil Markaziy say¬¬¬lov komissiyasi tuziladi. Uning ma¬qomi va ish yuritish tartibi 1998- yil 30- aprelda qabul qilingan „Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida“ gi Qonunda belgilab qo‘yildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Pre¬zidenti va Oliy Majlisga saylov o‘tkazuvchi okrug va uchastka saylov komissiyalari tuziladi. Saylov uchastkalari kamida 20 nafar va ko‘pi bilan 3000 nafar saylovchidan iborat etib tuziladi. Masalan, 1999- yilda saylovlarni tayyorlash va o‘tkazish uchun respublikamizda 7684 ta saylov uchastkalari tuzildi. Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylovni tashkil etish ishlarini viloyat, tuman va shaharlarda tuziladigan saylov komissiyalari bajaradi, saylovlar okrug va uchastka komissiyalari tomonidan o‘tkaziladi. Saylov organlari o‘z faoliyatida qonuniylik, kollegiallik, oshkoralik, mus¬ta¬qillik, adolatlilik prinsiplariga rioya qiladi. Respublika saylov tizimi saylov kunigacha 18 yoshga to‘lgan har bir fuqaroning ovoz berishda bevosita ishtirok etishini ta’minlaydigan demokratik tamoyillarga asoslanadi. Sud tomonidan huquqiy muomalaga layoqatsiz deb topilgan yoki sud hukmiga ko‘ra ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar saylovlarga qatnasha olmaydilar.
O‘zbekistonda saylovlar umumiy va tenglik prinsipiga asoslanadi. Buning ma’nosi shuki, har bir say¬¬¬¬¬lov¬chi¬ning ovozi teng, ya’ni har bir say¬lov¬chi bit¬¬ta ovozga ega. Fuqarolar ijtimoiy kelib chiqish, irqiy yoki milliy mansubligi, jinsi, ma’lumoti, tili, dinga munosabatidan qat’i nazar teng saylov huquqiga ega. Saylovchilar saylov uchastkalariga teng, erkin kirish imkoniyatiga ega. O‘zbekistondagi saylovlar nomzodni to‘g‘ridan to‘g‘ri, be¬vo¬sita saylashni ta’minlovchi saylovlardir. Buning ma’nosi shuki, Prezident, Oliy Majlis va mahalliy vakillik hokimiyati¬ga saylovlarda fuqarolar bevosita ishtirok etadi, AQSHda Prezi¬dentni saylash uchun avval saylovchilar tanlanadi, keyin ana shu tanlangan vakillar Prezident saylovida qatnashadilar. Saylovlarda yashirin ovoz berish ta’minlanadi, ovoz beruvchining xohish-irodasini nazorat qilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Saylov uchastkalarida ovoz beriladigan, byulletenlar to‘ldiriladigan alohida xonacha — kabinalar tuziladi. Xonachada ovoz beruv¬chidan boshqa biron-bir kishining bo‘lishi man qilinadi. Byul¬letenni mustaqil to‘ldirish imkoniga ega bo‘lmagan saylovchi o‘zxohishiga ko‘ra, saylov komissiyasi a’zosidan boshqa biror shaxsni xonachaga taklif etishi mumkin. Saylovlar bir mandatli okruglarda hududiylik tamoyillari bo‘yicha o‘tkaziladi. O‘zbekistonda saylovlar ko‘p partiyaviylik prinsipida o‘t¬ka¬ziladi. O‘zbekiston Prezidentligiga, Oliy Majlis deputatligiga nomzod ko‘rsatish huquqi siyosiy partiyalarga, Qora¬qal¬pog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Тoshkent shahar va viloyatlar xalq deputatlari Kengashiga va fuqarolar tomonidan shakllantiriladigan tashabbuskor guruhlariga berilgan. Fuqa¬rolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xalq deputatlari tu¬man va shahar kengashlari deputatligiga nomzod ko‘r-satish huquqiga ega. Respublika bo‘yicha barcha darajalardagi davlat hokimiyati vakillik organlariga 7 mingdan ziyod deputatlar saylanadi. Har bir deputatlik o‘rniga kamida 3—4 tagacha nom¬zodlar qo‘yiladi va ular o‘rtasida qizg‘in bahs, ku¬rash ketadi.

6. Nima uchun va qanday tartibda takroriy saylov o‘tkaziladi?




O‘zbekistonda saylov natijalari eng demokratik majoritar usulda aniq¬lanadi. Saylov natijasida saylovda qatnashganlarning 50 foizi + 1 ovoz olgan nomzod saylangan hisoblanadi. Agar saylovchilarning ro‘yxatiga kiritil¬gan say¬lovchilarning yarmidan kami saylov yoki referen¬dumda ishtirok etgan bo‘lsa, saylov yoki referendum o‘tmagan deb hisob¬lanadi. Basharti saylov okrugi yoki uchastkasida saylov o‘tmagan deb topilsa, nomzodning saylanganligini aniqlash imkoni bo‘lmasa qo‘yilgan nomzodlardan birontasi 50 foiz + 1 ovoz ololmasa takroriy saylov o‘tkaziladi. Тakroriy saylov asosiy saylovdan keyin ko‘pi bilan bir oy ichida o‘tkaziladi. Тakroriy saylovda ovoz berish asosiy saylov o‘tkazish uchun tuzilgan saylovchilarning ro‘yxatlari bo‘yicha o‘tkaziladi, ovoz berish byulle¬te¬niga asosiy saylovda boshqalarga nisbatan ko‘proq ovoz olgan ikki nomzod kiritiladi, oddiygina ko‘p ovoz olgan nomzod yutib chiqadi. Mustaqillik davrida yaratilgan demokratik saylov tamoyillari asosida Prezident saylovi, Oliy Majlis saylovi, viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari saylovi, muhim masalalar bo‘yicha referendumlar bo‘lib o‘tdi. Ularning yakunlari respublika fuqarolarining faol qatnashganligini yaqqol namoyon etdi. ulosa qilib aytganda, O‘zbekistonda mustaqillik yillarida demokratik saylov tizimi yaratildi. O‘zbekistonning saylov qonunchiligi, saylovni o‘tkazish tartiblari xalqaro andozalar (standartlar)ga to‘la mos keladi.

7. „Yoshlar ittifoqi“ qachon tuzilgan, maqsadi nima?




O‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining 2017-yil 30-iyun kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti ishtirok etgan IV qurultoyi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashkil etildi. 

Download 19.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling