1. Inson resurslarining shakllanishi hususiyatlari. Inson resurslarining shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/33
Sana17.06.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1547340
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   33
Bog'liq
4-мавзу.Tashkilotda inson resurslarini shakllantirish

Personalni joy–joyiga qo’yish 
Moslashish muammolari 
Taqsimlash muammolari 
Insonning 
mehnatga 
moslashishi 
(ergonomika 
talablari) 
Insonning 
mehnatga 
moslashishi 
(malaka 
oshirish) 
Miqdoriy 
taqsimlash 
Sifat jihatidan
taqsimlash 


12–rasm. Mehnatga moslashish tarkibi. 
Mehnat muhitiga kirish darajasiga qarab, mehnatga moslashishning ikki yo’nalishi (birlamchi 
va ikkilamchi) farqlanadi. Mehnatga birlamchi moslashish kasb faoliyati tajribasiga ega bo’lmagan 
xodimning birinchi ish joyiga moslashishidir. Ikkilamchi moslashish deb esa kasb faoliyatiga ega 
insonning ish joyi, kasbi, xizmat vazifasi, ya’ni faoliyat ob’ektini o’zgartirishga moslashishi 
tushuniladi. 
Mehnatga moslashishda shaxsning faolligi deb uning ushbu muhitni (shu jumladan, u 
o’zgarishi kerak bo’lgan me’yorlar, qadriyatlar, o’zaro munosabat shakllari) o’zgartirishga intilishi 
tushuniladi. Agar shaxs bunday o’zgartishlar qilishga harakat qilmasa, bu passivlikdir. 
Moslashishning o’ziga xos omillari ob’ektiv va sub’ektiv bo’ladi. Ob’ektiv omillarga 
quyidagilar kiradi: 
1. Ijtimoiy-iqtisodiy omillar (ijtimoiy va kasb guruhlariga mansublik va shu bilan bog’liq 
shart-sharoitlar, mehnatning tashkil etilishi, ish haqi, malaka va hokazolar). 
2. Madaniy-maishiy omillar (turar-joy sharoitlari, faoliyatining noishlab chiqarish sohasi 
xususiyatlari, shu jumladan, eng asosiysi bo’sh vaqtni o’tkazish shakllari va hokazolar). 
3. Moslashishning shaxsga bog’liq omillari: 
— shaxsning ob’ektiv, alohida (ijtimoiy-demografik) xususiyatlari: jinsi, yoshi, ma’lumoti va 
boshqalar; 
— shaxsning muayyan kasb, ish jarayoniga muvofiqligi (nomuvofikligi)ni belgilovchi 
xususiy-psixik jihatlari. Bularga xodimning intilishlari, yangilikni qo’llashga tayyorligi, o’zini 
baholay olishi kabi xususiyatlarini kiritish mumkin. 
4. Ishlab chiqarish omillariga ishlab chiqarish muhitiga taalluqli barcha xususiyatlar kiradi. 
Hozirgi sharoitlarda ulardan eng muhimlari quyidagilardir: 
— kasbiy o’qitish, o’stirish va ijtimoiy rivojlantirish sharoitlari; 
—jamoaning yangi xodimni ijtimoiy muhitga jalb etishdagi faolligi. Omillarning bu guruhiga 
jamoadagi ijtimoiy-psixologik iqlimni kiritish mumkin
—yangi xodimning korxona va faoliyat natijalari (14-rasm)dan xabardorligi. 
Noishlab chiqarish muhiti 
Ishlab chiqarish muhiti 

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling