1. Inson resurslarining shakllanishi hususiyatlari. Inson resurslarining shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
4-мавзу.Tashkilotda inson resurslarini shakllantirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- To’rtinchi oy
- Sinov muddati
To’rtinchi hafta
28 kundan boshlab Tashkilotda amal qiladigan “Mehnatga qiziqtirish va mehnat samaradorligi tizimi” qoidalari bilan tanishish BDPO’ Ikkinchi oy O’z xizmat vazifalarini to’laqonli bajarish Murabbiy, bo’lim rahbari Xodim ishining dastlabki tahlili, uning faoliyatiga aniqlik kiritish BDPO’, bo’lim rahbari, murabbiy Uchinchi oy “Personalni o’qitish va rivojlantirish tizimi” bilan tanishish BDPO’ Xodim tomonidan sinov muddatini o’tashini baholash BDPO’, bo’lim rahbari, murabbiy To’rtinchi oy “Bo’limda ish haqi to’lash tizimi” bilan tanishish BDPO’, bo’lim rahbari Bo’limni rivojlantirishning bir yillik strategiyasini o’rganish Bo’lim rahbari Ikkilamchi ishga moslashtirishni o’tish grafigi boshqa lavozimga yoki boshqa bo’linmaga o’tish uchun yangi xizmat vazifalarini o’zlashtirayotgan xodimlar uchun ishlab chiqiladi. U birlamchi ishga moslashtirishdan muddati (2 oy) va hujjatlar soni kamligi bilan farqlanadi. CHunki bunday xodim firma tarixi, uning tashkiliy tuzilmasi va boshqa ma’lumotlar bilan tanish bo’ladi. Ikkilamchi ishga moslashtirishda asosiy e’tibor yangi xizmat lavozimi vazifalarini bajarish uchun zarur bo’lgan texnologik va texnik yo’riqnomalarga qaratiladi. Sinov muddati – tashkilot yangi xodimining ishga moslashtirishning asosiy davridir. Ushbu muddat tutaganidan so’ng xodim tanlangan xizmat vazifasi yoki ish joyiga loyiqligi yoki noloyiqligi to’g’risida xabardor qilinishi kerak. Xodim sinov muddatidan muvaffaqiyatli o’tishi uchun bo’lim rahbari: —yangi xodim uchun mas’ul murabbiy (ustoz) tayinlashi yoki bu vazifani o’z zimmasiga olishi; —yangi xodimni ichki me’yoriy hujjatlar (nizomlar, yo’riqnomalar, qoidalar) bilan batafsil tanishtirish; —alohida ish joyi ajratish, bu yerdagi ish qoidalari bilan tanishtirish, bevosita ish joyida instruktaj o’tkazish, aniq topshiriqlar va ko’rsatmalar (yozma holda bo’lishi ma’qul) berish va ijroni muntazam nazorat qilish; — shaxsan o’zi yangi xodimni mehnat jamoasining barcha a’zolari bilan tanishtirishi kerak. Sinov muddati butun davri uchun yangi xodimga topshiriqlar belgilanib, ularning bajarilish samaradorligi mezonlari o’rnatiladi (1-, 2-, 3- va 4-ilovalar). Yangi xodim sinov muddatini o’tashi va umuman uni ishga moslashtirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida: — ushbu jarayonlarni tartibga soladigan hujjatlar to’plami (xizmat vazifasi to’g’risida yo’riqnoma, ish joyi pasporti, mashina-uskunalarni ishlatish bo’yicha yo’riqnomalar, bo’lim tarkibi va hokazolar)ni tayyorlash. O’zbekiston Respublikasi Mehnat qonunchiligi bo’yicha me’yoriy-huquqiy hujjatlarida ham ishga qabul qilishda dastlabki sinovga yo’l qo’yadi. “Dastlabki sinov muddati uch oydan oshib ketishi mumkin emas. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davri va xodim uzrli sabablarga ko’ra ishda bo’lmagan boshqa davrlar dastlabki sinov muddatiga kiritilmaydi: Dastlabki sinovni o’tash haqida mehnat shartnomasida shartlashilgan bo’lishi lozim. Bunday shartlashuv bo’lmagan taqdirda xodim dastlabki sinovsiz ishga qabul qilingan deb hisoblanadi. Homilador ayollar, uch yoshga to’lmagan bolasi bor ayollar, korxona uchun belgilangan minimal ish joylari hisobidan ishga yuborilgai shaxslar ishga qabul qilinganda shuningdek olti oygacha bo’lgan muddatga ishga qabul qilish haqida xodimlar bilan mehnat shartnomasi tuzilgan hollarda dastlabki sinov belgilanmaydi.” 4 Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling