1. Inson resurslarining shakllanishi hususiyatlari. Inson resurslarining shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
4-мавзу.Tashkilotda inson resurslarini shakllantirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-jadval Rahbar (murabbiy ustoz)ga eslatma Yangi xodim ishga kelgunga qadar
- Birinchi kun
Murabbiylik (ustozlik) – ishlab chiqarishga yangi qabul qilingan xodimni tarbiyalash va
kasbiy tayyorlash shaklidir. Yangi xodimga tajribali, yosh jihatidan katta murabbiy (ustoz) birkitib qo’yilishi kerak. U yangi xodimga o’z tajribasini o’rgatishi bilan birga uning tashkilotda muvaffaqiyatli ishlab ketishi uchun mas’ul hisoblanadi. Murabbiy (ustoz) va yangi xodim o’rtasidagi munosabatlar (6.2-jadvaldagi eslatma) menejer va xodim o’rtasidagi munosabatlardan farqlanadi. Kompaniya va firmalarda murabbiylar jamoada hurmat-e’tibor qozongan, mehnatda yuqori natijalarga erishadigan, tashkilotchiilik va boshqaruv qobiliyatlari namoyon bo’lgan tajribsshi xodimlar orasidan tanlanadi. Odatda u ko’pi bilan ikki nafar yangi xodimga murabbiylik qiladi. Murabbiylik (ustoz)ning quyidagi xislatlari ayniqsa muhimdir: — boshqalarga tajriba va malakalarini oshirishda yordam ko’rsatishga intilish; — hamma tomonidan e’tirof etilgan boy tajriba; — shogirdining kuchli va ojiz tomonlarini aniqlab olish qobiliyati hamda kuchli tomonlarni yanada rivojgtntirish, ojiz tomonlarini kuchaytirish yuzasidan maslahatlar berish; — shogird (uning menejeri bilan ham) bilan o’zaro munosabatlarni yaxshi yo’lga qo’ya olish tajribasi; — mashqlar (trening) o’tkazish mahorati; — o’ziga bo’ysunuvchilar qiziqishlari, xohishlari va qobiliyatlarini yaxshi bilish; — o’ziga bo’ysunuvchilarga ishonch bildirish, ulardan xam xuddi shuni kutish. 2-jadval Rahbar (murabbiy ustoz)ga eslatma Yangi xodim ishga kelgunga qadar: — xizmat vazifasiga oid yo’riqnoma tayyorlab qo’yilganligi, u amalda vaziyatga mosligiga ishonch hosil qilish; — yangi xodimning bo’lajak hamkasblaridan biri bilan norasmiy yordam ko’rsatib turishi haqida kelishib olish; — yangi xodim ish joyi tayyorligini tekshirib ko’rish; — barcha xodimlarni yangi xodim ishga kelishi to’g’risida barvaqt xabardor qilib qo’yish; — yangi xodimning birinchi ish kunida unga takdim etiladigan barcha axborot materiallarini tayyorlab qo’yish; — personal o’yicha xizmatga zarur ruxsatnomani tayyorlab quyishni ta’minlash, yangi xodim rasman ishga kirishadigan kuni arafasida unga qo’ng’iroq qilib, hamma narsa joyida ekanligiga ishonch hosil qilish. Birinchi kun Yangi xodimni unga bo’ysunadiganlar, hamkasblari va rahbarlar bilan tanishtirish. Yangi xodimning birinchi ish kuni belgilangai vaqtdan biroz kechroq boshlangani ma’qul. Bu holda hamma o’z ish joyida bo’ladi, zarur rasmiyatchiliklarni shoshilmasdan bajarish imkoniyati tug’iladi. Avval xodim ish uchun zarur asbob-uskunalarni oladi. So’ng uni ish joyiga olib borib, hamkasblari bilan tanishtiradilar. Shundan keyingina tashkilot bilan tanishtirishga kirishadilar. Yangi xodimga tashkilot to’g’risida quyidagi ma’lumotlarni yetkazish maqsadga muvofiqdir: Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling