12–rasm. Mehnatga moslashish tarkibi.
Mehnat muhitiga kirish darajasiga qarab, mehnatga moslashishning ikki yo’nalishi (birlamchi
va ikkilamchi) farqlanadi. Mehnatga birlamchi moslashish kasb faoliyati tajribasiga ega bo’lmagan
xodimning birinchi ish joyiga moslashishidir. Ikkilamchi moslashish deb esa kasb faoliyatiga ega
insonning
ish joyi, kasbi, xizmat vazifasi, ya’ni faoliyat ob’ektini o’zgartirishga moslashishi
tushuniladi.
Mehnatga moslashishda shaxsning faolligi deb uning ushbu muhitni (shu
jumladan, u
o’zgarishi kerak bo’lgan me’yorlar, qadriyatlar, o’zaro munosabat shakllari) o’zgartirishga intilishi
tushuniladi. Agar shaxs bunday o’zgartishlar qilishga harakat qilmasa, bu passivlikdir.
Moslashishning o’ziga xos omillari ob’ektiv va sub’ektiv bo’ladi. Ob’ektiv omillarga
quyidagilar kiradi:
1. Ijtimoiy-iqtisodiy omillar (ijtimoiy va kasb guruhlariga mansublik va shu bilan bog’liq
shart-sharoitlar,
mehnatning tashkil etilishi, ish haqi, malaka va hokazolar).
2. Madaniy-maishiy omillar (turar-joy sharoitlari, faoliyatining
noishlab chiqarish sohasi
xususiyatlari, shu jumladan, eng asosiysi bo’sh vaqtni o’tkazish shakllari va hokazolar).
3. Moslashishning shaxsga bog’liq omillari:
— shaxsning ob’ektiv, alohida (ijtimoiy-demografik) xususiyatlari: jinsi, yoshi, ma’lumoti va
boshqalar;
— shaxsning muayyan kasb, ish jarayoniga muvofiqligi (nomuvofikligi)ni
belgilovchi
xususiy-psixik jihatlari. Bularga xodimning intilishlari, yangilikni qo’llashga tayyorligi, o’zini
baholay olishi kabi xususiyatlarini kiritish mumkin.
4. Ishlab chiqarish omillariga ishlab chiqarish muhitiga taalluqli barcha xususiyatlar kiradi.
Hozirgi sharoitlarda ulardan eng muhimlari quyidagilardir:
— kasbiy o’qitish, o’stirish va ijtimoiy rivojlantirish sharoitlari;
—jamoaning yangi xodimni ijtimoiy muhitga jalb etishdagi faolligi. Omillarning bu guruhiga
jamoadagi ijtimoiy-psixologik
iqlimni kiritish mumkin;
—yangi xodimning korxona va faoliyat natijalari (14-rasm)dan xabardorligi.
Noishlab chiqarish muhiti
Ishlab chiqarish muhiti
Do'stlaringiz bilan baham: