1. Inson resurslarining shakllanishi hususiyatlari. Inson resurslarining shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/33
Sana17.06.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1547340
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   33
Bog'liq
4-мавзу.Tashkilotda inson resurslarini shakllantirish

To’rtinchi hafta 
28 
kundan 
boshlab 
Tashkilotda amal qiladigan “Mehnatga qiziqtirish va mehnat 
samaradorligi tizimi” qoidalari bilan tanishish 
BDPO’ 
Ikkinchi oy 
O’z xizmat vazifalarini to’laqonli bajarish 
Murabbiy, bo’lim rahbari 
Xodim ishining dastlabki tahlili, uning faoliyatiga aniqlik kiritish 
BDPO’, bo’lim rahbari, murabbiy 
Uchinchi oy 
“Personalni o’qitish va rivojlantirish tizimi” bilan tanishish 
BDPO’ 
Xodim tomonidan sinov muddatini o’tashini baholash 
BDPO’, bo’lim rahbari, murabbiy 
To’rtinchi oy 
“Bo’limda ish haqi to’lash tizimi” bilan tanishish 
BDPO’, bo’lim rahbari 
Bo’limni rivojlantirishning bir yillik strategiyasini o’rganish 
Bo’lim rahbari 


Ikkilamchi ishga moslashtirishni o’tish grafigi boshqa lavozimga yoki boshqa bo’linmaga 
o’tish uchun yangi xizmat vazifalarini o’zlashtirayotgan xodimlar uchun ishlab chiqiladi. U 
birlamchi ishga moslashtirishdan muddati (2 oy) va hujjatlar soni kamligi bilan farqlanadi. CHunki 
bunday xodim firma tarixi, uning tashkiliy tuzilmasi va boshqa ma’lumotlar bilan tanish bo’ladi. 
Ikkilamchi ishga moslashtirishda asosiy e’tibor yangi xizmat lavozimi vazifalarini bajarish uchun 
zarur bo’lgan texnologik va texnik yo’riqnomalarga qaratiladi. 
Sinov muddati – tashkilot yangi xodimining ishga moslashtirishning asosiy davridir. Ushbu 
muddat tutaganidan so’ng xodim tanlangan xizmat vazifasi yoki ish joyiga loyiqligi yoki noloyiqligi 
to’g’risida xabardor qilinishi kerak. 
Xodim sinov muddatidan muvaffaqiyatli o’tishi uchun bo’lim rahbari: 
—yangi xodim uchun mas’ul murabbiy (ustoz) tayinlashi yoki bu vazifani o’z zimmasiga 
olishi; 
—yangi xodimni ichki me’yoriy hujjatlar (nizomlar, yo’riqnomalar, qoidalar) bilan batafsil 
tanishtirish; 
—alohida ish joyi ajratish, bu yerdagi ish qoidalari bilan tanishtirish, bevosita ish joyida 
instruktaj o’tkazish, aniq topshiriqlar va ko’rsatmalar (yozma holda bo’lishi ma’qul) berish va ijroni 
muntazam nazorat qilish; 
— shaxsan o’zi yangi xodimni mehnat jamoasining barcha a’zolari bilan tanishtirishi kerak. 
Sinov muddati butun davri uchun yangi xodimga topshiriqlar belgilanib, ularning bajarilish 
samaradorligi mezonlari o’rnatiladi (1-, 2-, 3- va 4-ilovalar). Yangi xodim sinov muddatini o’tashi 
va umuman uni ishga moslashtirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida: — ushbu 
jarayonlarni tartibga soladigan hujjatlar to’plami (xizmat vazifasi to’g’risida yo’riqnoma, ish joyi 
pasporti, mashina-uskunalarni ishlatish bo’yicha yo’riqnomalar, bo’lim tarkibi va hokazolar)ni 
tayyorlash. 
O’zbekiston Respublikasi Mehnat qonunchiligi bo’yicha me’yoriy-huquqiy hujjatlarida ham 
ishga qabul qilishda dastlabki sinovga yo’l qo’yadi. “Dastlabki sinov muddati uch oydan oshib 
ketishi mumkin emas. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davri va xodim uzrli sabablarga ko’ra 
ishda bo’lmagan boshqa davrlar dastlabki sinov muddatiga kiritilmaydi: Dastlabki sinovni o’tash 
haqida mehnat shartnomasida shartlashilgan bo’lishi lozim. Bunday shartlashuv bo’lmagan taqdirda 
xodim dastlabki sinovsiz ishga qabul qilingan deb hisoblanadi. 
Homilador ayollar, uch yoshga to’lmagan bolasi bor ayollar, korxona uchun belgilangan 
minimal ish joylari hisobidan ishga yuborilgai shaxslar ishga qabul qilinganda shuningdek olti 
oygacha bo’lgan muddatga ishga qabul qilish haqida xodimlar bilan mehnat shartnomasi tuzilgan 
hollarda dastlabki sinov belgilanmaydi.”
4

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling