2-jadval davomi
— kompaniya yoki firmaning batafsil tarixi, uning rivojlanish bosqichlari;
— boshqaruvning oliy va o’rta bo’g’inlari;
— kompaniya yoki firmaning eng muhim hujjatlari (maqsad
va vazifalari, strategiyasi,
sifatni boshqarish
tizimi va hokazolar);
— tashkilot biznesining mohiyati;
— buyurtmachilar bilan ishlashdagi siyosat;
— ishning mazmuni, xizmat yo’riqnomasi, vakolat, mas’uliyat chegaralari, boshqa bo’limlar, xodimlar
bilan
o’zaro hamkorlik faoliyati, ish joyida xavfsizlik texnikasi;
Personal xizmati yoki yangi xodim bevosita rahbarining shundan keyingi vazifalari:
— ichki tartib qoidalar
bilan tanishtirish;
— tashkilotda qabul
qilingan boshqaruv uslubi, ishlab chiqarish madaniyati, an’analar, me’yorlar va
hokazolarni muhokama qilish;
— personalga nisbatan asosiy talablar siyosati bilan tanishtirish;
— tashkiliy tizim va bo’ysunish tartibi (agar kerak bo’lsa) bilan tanishtirish;
— shoshilinch yordam ko’rsatish bo’yicha instruktaj o’tkazish;
— yong’in chiqqan vaqtda
binodan chiqish qoidalari, qilinadigan ishlar, qo’shimcha chiqish yo’llari bilan
tanishtirish;
— xizmat vazifasiga ko’ra aloqa tartibi bilan tanishtirish;
— tashqi ko’rinish bo’yicha talablar bilan tanishtirish;
— ruxsatnoma tizimi
talablari, idorani, xizmat xonasini ochish, yopish tartibi bilan tanishtirish;
— shaxsiy ehtiyoj bilan bog’liq (oshxona, dam olish, chekish joylari va hokazolar) axborotlarni berish;
— xodim ishlaydigan bo’limdagi an’analar to’g’risida axborot berish;
— maxsus ish tartiblari bilan tanishtirish;
— bo’lim yoki tashkilotdagi ishning o’ziga xos xususiyatlari bilan tanishtirish;
— tashkilotning ma’muriy-xo’jalik tizimi qanday ishlashi, amaldagi qoida va tartiblarni
tushuntirish;
— ishni bajarish talablari va standartlari bilan tanishtirish;
— statistika tizimi bilan tanishtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: