1. Insoniyat taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida pedagogikaning vujudga


Download 359.45 Kb.
Pdf ko'rish
Sana21.10.2023
Hajmi359.45 Kb.
#1714968
Bog'liq
1-amaliy ish



1.Insoniyat taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida pedagogikaning vujudga 
kelishini o’rganish (Esse, Bumerang usullari asosida) 
Pedagogika (gr. paіda — bola, va gogos — yetaklovchi) atamasi qadimiy boʻlib, „bola 
yetaklovchi“ degan maʼnoni bildiruvchi grekcha „paydogogos“ soʻzidan kelib chiqqan. Tarixiy 
manbalarning koʻrsatishicha, qadimgi Yunonistonda oʻz xoʻjayinining bolalarini sayr 
qildirgan,ehtiyot qilgan, harbiy mahoratni oʻrgatgan tarbiyachini, yaʼni qullarni „pedagog“ (bola 
yetaklovchi) deb atashgan. Keyinchalik esa, maxsus oʻqitilgan va pedagoglikni oʻziga kasb qilib 
olgan kishilarni pedagog deb atay boshlashgan. 
Pedagogika (yun. paidagogike) — tarbiya, taʼlim hamda maʼlumot berishning nazariy va amaliy 
jihatlarini oʻrganuvchi fanlar majmuasi. Pedagogika institutlari va ayrim boshqa oʻquv yurtlarida 
mutaxassislik dasturi asosida oʻrganiladigan oʻquv predmeti ham pedagogika deb yuritiladi. 
Pedagogika fan sifatida bola tarbiyasining nazariy asoslari bilan shugʻullangan. Zamonaviy P. 
bolalar bilan birgalikda kattalarning ham oʻquv-tarbiyaviy, madaniy hamda maʼnaviymaʼrifiy 
tarbiyasi bilan shugullanishni koʻzda tutadi. Oʻzbekiston Respublika-sida Pedagogikaga 
barkamol shaxs maʼnaviyatini shakllantirishning asosiy vositasi sifatida yondashiladi. 
Pedagogika inson faoliyatining eng qadimgi turidir. Insoniyatning hayotiyva aqliy tajribasi ortib, 
turmush kechirish tarzi xilma-xillashib, mehnat taqsimoti yuzaga kelib turli fanlar paydo bo’la 
boshlashi bilan Pedagogika ham inson faoliyatining alohida sohasiga aylandi. Ta’lim va 
tarbiyaga doir qarashlar tizimi shakllandi. Lekin bular darhol pedagogik nazariy tizimlar sifatida 
emas, balki milliy fikr tarbiyaga dahldor qarashlar, aqidala, hikmatlar tarzida namoyon bo’ldi. 
Qadim zamonlarda paydo bo’lgan pedagogic qarashlar ko’proq amaliy xususiyatga ega bo’lsada, 
keyinchalik Pedagogikaning alohida fan sifatida shakllanishiga ulkan hissa qo’shdi. U odam 
bilan birga paydo bo’lgan va odamning odamligini, uning oila, jamoa hamda jamiyat bo’lib 
yashashini ta’minlab turgan fan va amaliyotdir.Insoniyat mavjud tajribalarni o’rganish va 
boshqalarga o’rgatishni yo’lga qo’ya boshlahan vaqtdanm ya’ni pedagogika paydo bo’lgan va 
bundan buyon ham mavjuddir.Pedagogika udum, urf-odat, an’ana tarzida namoyon bo’lgan. 
Shuning uchun ham oldin xalq pedagogikasi vujudga kelgan.

Download 359.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling