1. Investitsiya jarayonining mazmun-mohiyati. Investitsiyalash maqsadlari va yo’nalishlari
Qo’yiladigan resurslarning turlariga qarab, investitsiya resurslari qo’yidagi shakllarda bo’ladi
Download 79 Kb.
|
3 LOYHA
Qo’yiladigan resurslarning turlariga qarab, investitsiya resurslari qo’yidagi shakllarda bo’ladi:
pul va boshqa moliyaviy mablag’lar, shu jumladan, kreditlar, paylar, aktsiyalar va boshqa qimmatli qog’ozlar; ko’char va ko’chmas mol-mulk (binolar, inshootlar, uskunalar va boshqa moddiy boyliklar) hamda ularga doir huquqlar; intellektual mulk ob’ektlari, shu jumladan, texnikaviy hujjatlar tarzida tuzilgan texnikaga, texnologiyaga, tijoratga oid va boshqa bilimlar majmui, u yoki bu turdagi ishlab chiqarishni tashkil etish uchun zarur bo’lgan bilimlar va ishlab chiqarish tajribasi, nou-xau; yerga va boshqa tabiiy resurslarga, binolar, inshootlar, uskunalarga egalik qilish va ulardan foydalanish huquqi, shuningdek, mulk huquqidan kelib chiquvchi ashyoviy huquqlar; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa boyliklar. Investitsiyalash maqsadlari ma’lum ijtimoiy-iqtisodiy maqsadlarga yo’naltirilgan, texnik-iqtisodiy, biznes-boshqaruv, marketing va ishlab chiqarish rejalari kabi jihatlarga asoslangan, turli moliyaviy manbalar mablag’lari ishtiroki nazarda tutilgan kompleks hujjatlar asosida shakllantiriladigan investitsiya loyihalari orqali amalga oshiriladi. G’arb adabiyotida3 investitsiyalashning eng keng tarqalgan to’rt maqsadi keltiriladi: joriy daromadni ko’paytirish; kelgusida yirik xarajatalar uchun mablag’ jamg’arish; pensiya fondlarida mablag’ to’plash; daromadlarni soliqqa tortishdan himoyalash. Keltirilgan ro’yxatda investitsiyalash maqsadlarida manfaatlar ustuvorligi yaqqol va shu sababli uni sharhlashga zarurat yo’q, deb hisoblaymiz. Umuman olganda, investitsiyalash maqsadlarini to’rt guruhga ajratish mumkin: yangi ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatishni tashkil etish; ishlab chiqarishni yoki xizmat ko’rsatishini kengaytirish; ishlab chiqarish samaradorligini oshirish; davlat tashkilotlari talabini qondirish, ularni mahsulot va xizmatlar bilan ta’minlash. Bundan ko’rinadiki, investitsiyalash maqsadlari turlicha bo’lib, ular, oxir-oqibatda, mamlakat iqtisodiyoti taraqqiyotini ta’minlash imkonini beradi. Investitsiya resurslarining taqchilligi sharoitida ustuvor yo’nalishga ega bo’lgan loyihalar qishloq xo’jaligi va sanoat tarmoqlarida, ijtimoiy sohalarda (fan, sog’liqni saqlash, madaniyat, maorif va h. k.) ishlab chiqilishi lozim. Investitsiya faoliyati sub’ektlari investitsiya sohasida faoliyat ko’rsatib, bu yerda ular tomonidan investitsiyalar amalga oshiriladi. Investitsiya sohasi tarkibiga quyidagilarni kiritish mumkin: kapital qurilish sohasi (bu soha buyurtmachi-investorlar, pudratchilar, loyihalashtiruvchilar, uskuna etkazib beruvchilar va boshqa tegishli tashkilotlar faoliyatini birlashtiradi); innovatsiya sohasi (ilmiy-texnik va intellektual salohiyat amalga oshiriladi); moliya kapitali muomalasi sohasi (qimmatli qog’ozlar va boshq.); investitsiya faoliyati sub’ektlarining mulkiy huquqlarini amalga oshirish sohasi. Investitsiya loyihalarining ishlab chiqilishi turli tarmoqlarda olib borilishi mumkin. Masalan: 1. Aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashda agrosanoat ishlab chiqarishini barqarorlashtirish va oziq-ovqat resurslarini ko’paytirish kabi investitsiya loyihalari ishlab chiqilishi mumkin. Bu loyihalar don xo’jaligini rivojlantirish va takomillashtirishga, chorva mollari mahsulotlarini ishlab chiqarishni oshirishga qaratilgan bo’lishi, shuningdek, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlashda, sotishda, saqlashda yo’qotishlarni kamaytirishga yo’naltirilgan bo’lishi lozim. 2. Mashinasozlik sohasida ishlab chiqilgan va amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari energiyani kam sarf qiluvchi mashina va uskunalar bilan ta’minlashga qaratilgan bo’lishi kerak. 3. Qurilish sanoatida investitsiya loyihalari, asosan, yakka tartibdagi va umumiy qurilish uchun kerak bo’lgan sifatli va arzon qurilish materiallari bilan bozorni to’ldirish, sanoat qurilish materiallari korxonalarini kam energiya sarf qiluvchi texnologiyalar bilan ta’minlash va qayta qurollantirish, xom ashyo bazasini rivojlantirish bilan bog’liq bo’ladi. 4. Aloqa va informatika tarmog’idagi korxonalarda loyihalar, ko’pincha, uni texnik qayta qurollantirish va elektr aloqa tarmog’ini ta’mirlash, yangi xizmat aloqalarini kengaytirish bilan bog’liq bo’ladi. 5. Kimyo sanoatidagi investitsiya loyihalari sanoatdagi raqobatbardosh yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish va ularni sotish bilan bog’liq bo’ladi. 6. O’rmon kompleksidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirishda yog’ochni qayta ishlovchi korxonalarni yangi texnologiyalar bilan ta’minlash hisobiga ularning ish unumini oshirish, o’rmon xo’jaligining ishlab chiqarish tarmog’ini takomillashtirish va ekologiyaga ta’sir etuvchi chiqindilarni pasaytirishdan iborat. 7. Ekologiya tarmog’idagi loyihalar sanoat va qishloq xo’jaligi korxonalarining hozirgi va keyingi faoliyatlarini, ularning mulk shakllarini hisobga olgan holda, me’yor va qoidalar asosida ekologik vaziyatni yaxshilashga yo’naltirilgan bo’lishi kerak. Download 79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling