1. Investitsiya loyihalari moliyaviy-iqtisodiy samaradorligini baholashning ahamiyati va ob’ektiv zarurligi


Download 40.44 Kb.
bet1/5
Sana18.06.2023
Hajmi40.44 Kb.
#1574711
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Anvar1210


Mavzu:Biznes rejani amalga oshirish uchun investitsiyalar samaradorligini baholash ko`rsatkichlari va ularni hisoblash uslubiyati
Kirish
Reja:
1. Investitsiya loyihalari moliyaviy-iqtisodiy samaradorligini baholashning ahamiyati va ob’ektiv zarurligi
2.Biznes-rejani amalga oshirish uchun investitsiyalar samaradorligini baholash
3.Korxonalar faoliyatiga investitsiyalarni jalb etish manbalari.
4.Investitsiya loyihalari samaradorligini xalqaro ko’rsatkichlar tizimi hamda an’anaviy usullarni qo’llash va hisoblash uslubiyati


Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Investitsiya loyihalarini amalga oshirishda ularning samaradorligini baholash milliy ishlab chiqarishni rivojlantirish va mamlakat eksport salohiyatini oshirishda muhim rol o’ynaydi. Global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz investitsiya loyihalari moliyaviy-iqtisodiy samaradorligini baholashda tijorat banklari oldiga yangi va murakkab bo’lgan qator vazifalarni qo’ydi. Bu borada Prezident I.Karimov: “Banklar zimmasiga investitsiya faoliyatini kengaytirish vazifalari yuklangani sababli ularning ishini tubdan qayta tashkil etish lozim. Birinchi navbatda, bu borada investitsiya loyihalarini ekspertizadan o’tkazish va moliyalashni tashkil etish bo’yicha tijorat banklarining maxsus xizmatlarini mustahkamlash zarur1”- deb, ta’kidlaganlari bejiz emas. O’zbekiston iqtisodiyotining, umuman, jahon iqtisodiyotining kelgusi taraqqiyoti, asosan, investitsiyalarga bog’liqligini bugungi kunda deyarli ko’pchilik anglab etgan. Yurtboshimiz I.Karimovning bu borada: “Mamlakatimizni iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan uzoq muddatli strategik maqsadni amalga oshirishning mantig’i mustaqilligimizning dastlabki kunlaridan boshlangan va O’zbekistonning jahon bozoridagi raqobatdoshligini oshirish va mavqeini mustahkamlashga yo’naltirilgan tarkibiy o’zgarishlar va yuksak texnologiyalarga asoslangan zamonaviy tarmoqlar va ishlab chiqarish sohalarini jadal rivojlantirish siyosatini 2011 yildagi asosiy ustuvor yo’nalish sifatida davom ettirishni taqozo etmoqda. Bu o’rinda ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish va mamlakatimizdagi xom-ashyo va resurslarga boy mavjud manbalardan oqilona foydalanish asosida yuqori qo’shimcha qiymatga ega bo’lgan yuksak texnologik mahsulotlarni ishlab chiqarishni ta’minlaydigan istiqbolli iqtisodiyot tarmoqlari haqida so’z bormoqda”2 . – deya ta’kidlab o’tadi. Milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida respublikamiz iqtisodiyotiga investitsiyalarni, xususan, chet el investitsiyalarini kengroq jalb etish mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning samarali ijrosini ta’minlashga muhim hissa qo’shadi. Bu esa, milliy iqtisodiyotda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari samaradorligini baholashga bo’lgan e’tiborni yanada kuchaytirishi bilan dolzarb ahamiyat kasb etadi. Investitsiya loyihalari samaradorligini baholashning jahon tajribasi, tendentsiyalari va muammolaridan tadqiq etgan holda O’zbekistonda investitsiya loyihalarini samaradorligini baholashni takomillashtirish yuzasidan taklif-tavsiyalar ishlab chiqish hisoblanadi. Karonavirus pandemiyasi butun dunyo iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Ayniqsa, eksport va investitsiya jarayonlarida turli qiyinchiliklar yuzaga keldi.
Mamlakatimizda investitsiya muhitini yaxshilash bo‘yicha oldindan ko‘rilgan choralar o‘z natijasini berdi. Joriy yilda 6,6 milliard dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy sarmoyalar o‘zlashtirildi. Shuningdek, yil yakuni bo‘yicha 15 milliard dollarlik eksport amalga oshirilishi kutilmoqda.Yig‘ilishda davlatimiz rahbari 2021 yil ham iqtisodiyot uchun oson bo‘lmasligini, shu bois investitsiyalar jalb qilish, o‘zlashtirish va eksport prognozlarini ta’minlash, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish uchun hozirdanoq aniq, manzilli choralar ko‘rish zarurligini ta’kidladi. Kelgusi yili 7,5 milliard dollardan ziyod to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish maqsad qilingan. Yig‘ilishda ushbu mablag‘ni har bir loyiha bo‘yicha to‘liq va muddatida o‘zlashtirish chora-tadbirlari belgilandi. Bunday sarmoyalar hisobiga 226 ta yirik loyihani o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish bo‘yicha aniq choralarni ko‘rish topshirildi.Shuningdek, 69 ta istiqbolli yangi sanoat loyihasini sifatli amalga oshirib, iqtisodiyot o‘sishiga qo‘shimcha zaxira yaratish vazifasi qo‘yildi.Bunda asosiy drayver sohalar bo‘lgan kimyo, energetika, mashinosozlik, geologiya, elektrotexnika, farmatsevtika va yengil sanoat tarmoqlariga alohida e’tibor qaratiladi. 1 yanvardan boshlab, xalqaro moliya institutlari kredit mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladigan loyihalar bo‘yicha yangi tizim joriy etish, har bir loyihada belgilangan mablag‘larni samarali o‘zlashtirish va natijadorligini ta’minlash maqsadida “Loyiha ofislari” rahbar va xodimlari malakasini oshirish va ularni o‘qitish muhimligi ta’kidlandi.3
Kelgusi yili eksport hajmi 17 milliard dollar atrofida bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Shundan kelib chiqib, mutasaddilarga eksport shartnomalarini hozirdanoq tuzish, 1 yanvardan Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan eksportoldi moliyalashtirish tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Yig‘ilishda Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri hamda uning o‘rinbosarlari ushbu vazifalarni bajarish bo‘yicha rejalari yuzasidan axborot berdi.


Download 40.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling