1. Investitsiya loyihasining tushunchasi, maqsadi va strukturasi
Download 0.56 Mb.
|
Документ (5)
IRF IRRURUF ,bu yerda: IRF – moliyaviy investitsiyalarni amalga oshirish uchun investitsion resurslarga talab; IRR – real investitsiyalarni amalga oshirish uchun investitsion resurslarga talab; UF – prognoz davridagi moliyaviy investitsiyalarning solishtirma og’irligi; UR – prognoz davridagi real investitsiyalarning solishtirma og’irligi. Har xil manbalar hisobiga investitsion resurslarni tashkil etish imkoniyatlarini o’rganish strategiyani ishlab chiqishning ikkinchi bosqichi hisoblanadi. Investitsion resurslar o’zlarini maxsus tovar sifatida namoyon etadi. Investitsiyalarini quyidagi guruhlarga ajratish qabul qilingan: 1. Investitsiya ob’ekti bo’yicha ajratiladi: real (kapital ko’rinishidagi) investitsiyalar – bu ishlab chiqarishga qo’yilgan uzoq muddatli mablag’, qoida bo’yicha, real aktivlarini sotib olish bilan bog’liq; portfel (inominal) investitsiyalar – bu qiymatli qog’ozlarga qo’yilgan mablag’, boshqa korxonaga o’z mablag’ini kreditga berish hisobiga (pay) hissadir. Portfel investitsiyada investorining vazifasi investitsion portfelini mukammal boshqarish va shakllantirish, qoida bo’yicha, qiymatli qog’ozlarining oldi-sotdi jarayonini amalga oshirishdan iboratdir. Shunday qilib, investitsion portfel – qisqa muddatli moliyaviy jarayondir; intellektual (aqliy, ilmiy) investitsiya – mablag’ini kadrlar tayyorlashga qo’yish, kadrlar malakasini oshirish, qayta tayyorlash (insoniy kapital), reklamaga, ilmiy izlanishga (innovatsiya), ijtimoiy sohaga qo’yishdir. Ularining muhimligi shundaki, investitsiya qo’yiladigan ob’ekt va samara beradigan ob’ekt bir-birlariga vaqt bo’yicha ham, makon bo’yicha ham mos kelmaydi, bu ularni rejalashtirish va baholashini qiyinlashtiradi. 2. Qayta tiklash jarayoni bilan bog’liq holda (faoliyatga yo’naltirilganligi) investitsiyalar quyidagilarga bo’linadi: brutto-investitsiya; sof-investitsiya; - reinvestitsiya. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling