1. Investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirish sxemalari Sindikatli kreditlash va uning yuzaga kelish tarixi. Sindikatli kreditlash xususiyatlari
Download 32.39 Kb.
|
Investitsiya loyihalarini sindikatli kreditkashning o’ziga xos xususiyatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirish sxemalari
Mavzu: Investitsiya loyihalarini sindikatli kreditkashning o’ziga xos xususiyatlari. Reja: Kirish 1. Investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirish sxemalari 2. Sindikatli kreditlash va uning yuzaga kelish tarixi. Sindikatli kreditlash xususiyatlari. 3. Sindikatli kreditlashni tashkil etish. Xulosa Kirish Loyihaviy moliyalashtirish mazmunini o’rganishda ba’zi iqtisodchi-olimlarning fikr-mulohazalarni o’rganish maqsadga muvofiqdir. Rossiyalik iqtisodchi-olim I.Mazurning “Upravlenie proektami” kitobida: “loyihaviy moliyalashtirish- bu investitsion loyihalarni amalga oshirish maqsadida moliyaviy resurslarni kredit ko’rinishida taqdim etishdir”, deb ta’rif berilgan. Bu erda, kredit qarz oluvchiga nisbatan hech qanday regressiz, cheklangan yoki to’liq regressli bo’lishi mumkin, deb yozilgan. D.Morozov asarlarida “loyihaviy moliyalashtirish - bu loyihani turli shakllarda kreditlashdir, bunda kreditlarning qaytarilishi ta’minoti loyihadan keladigan daromadlardir”, degan fikr ilgari surilgan. O’zbekistonlik iqtisodchi-olim D.G’ozibekovning mulohazalariga ko’ra, “loyihaviy moliyalashtirish o’zining murakkab moliyaviy munosabatlari bilan (sindikatlashtirilgan kredit yoki qarz berishda ko’p tomonlarning qatnashishi) kreditorga moddiy kafolatlar berish, loyihalar evaziga ishlab chiqarilgan mahsulotlarni xarid qilish bo’yicha uzoq muddatli shartnomalar asosida moliyalashtirishdir”. Bundan tashqari, D.G’ozibekov asarlarida loyihaga kiritilgan qarz mablag’larining qoplanishi manbai loyiha ishga tushganidan so’ng olinadigan daromadlar hisoblanishi ta’kidlab o’tilgan. 1. Investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirish sxemalari Bozor iqtisodiyoti sharoitida investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirish - moliyalashtirishning eng taraqqiy etgan zamonaviy shakllaridandir. Shunday ekan, loyihaviy moliyalashtirishning mazmuni nima? Unga qanday ta’rif berish mumkin? Masalan, Doyche bank (Germaniya)ning tarkibiy moliyalashtirish boshqarmasi xodimlarining fikricha, loyihaviy moliyalashtirish - loyiha bo’yicha asosiy vositalarni sotib olishni, tashkil etishni yoki qurilishni moliyalashtirish bo’lib, unda kreditor asosan quyidagilarga e’tibor beradi: - kreditni qaytarish manbasi sifatida, loyihani tatbiq etish natijasi bo’yicha olinadigan sof pul oqimiga (mablag’larning qaytish darajasiga); - loyihani moliyalashtirish uchun berilgan kreditning xavfsiz qaytishini ta’minlaydigan manbasiga, ya’ni mijozning qobiliyatiga garov, kafolat va boshqa ta’minotlarga”. Loyihaviy moliyalashtirish mazmuni O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining yo’riqnomalarida quyidagicha izohlanadi: “loyihaviy moliyalashtirish - bu bank tomonidan kreditni berish, baholash va monitoringini olib borish jarayoni bo’lib, bunda kredit ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish ob’ektlarining normal ishlashi uchun qurilish, qayta ta’mirlash yoki texnik qayta qurollantirish, shu jumladan, asbob-uskunani sotib olish yoki asosiy fondlarni tashkil etish hamda ishchi kapitalni sotib olishga yo’naltiriladi”. Loyihani amalga oshirish orqali ko’rilgan qo’shimcha daromad kreditni qaytarishning asosiy manbai bo’lib hisoblanadi. Agarda loyihani amalga oshirish orqali qo’shimcha daromad olinmasa yoki loyiha bo’yicha ishlab chiqarishni modernizatsiyalash orqali iqtisodga erishilmasa, bunday moliyalashtirishni loyihaviy moliyalashtirish, deb bo’lmadi, u biznes-reja asosida amalga oshiriladigan moliyalashtirish hisoblanadi. Loyihaviy moliyalashtirish - bu regressiz yoki qarzdorga bo’lgan kreditning chegaralangan regressida yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun maqsadli kreditlash bo’lib, bunda qarz oluvchining to’lov majburiyatlarini ta’minoti sifatida, investitsiya faoliyati davomida to’plangan (investitsiya loyihasiga aloqador aktivlar ham kiradi) pul mablag’lari hisoblanadi. Loyihaviy moliyalashtirishda kreditni qaytarishning manbai bo’lib, loyihani amalga oshirish natijasida olingan daromad (foyda) hisoblanadi. Tijorat yoki investitsiya kreditida esa kreditning qaytarish manbasi bo’lib, qarzdorning umumiy faoliyatidan olgan doromadi bo’lishi mumkin. Kreditni qaytarishning asosiy manbai loyihani hayotga tatbiq etishdan olingan sof foyda va pul oqimlari hisoblanadi. Loyihaviy moliyalashtirishda aniq bir sof ta’minotning o’zi bo’lmaydi. Ammo bu loyihaviy moliyalashtirishda kredit bo’yicha ta’minot talab etilmaydi, degani emas. Loyihaviy moliyalashtirishda aniq bir garovning bo’lmasligi loyihalarni yirik miqdorda mablag’ jalb etishi kerakli kafolat yoki garovni yig’ish imkoniyatini bermaydi. Loyihaviy moliyalashtirish - bu bank tomonidan kreditni berish, baholash va monitoringini olib borish jarayoni bo’lib, bunda kredit ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish ob’ektlarining normal ishlashi uchun qurilish, qayta ta’mirlash yoki texnik qayta qurollantirish, shu jumladan, asbob-uskunani sotib olish yoki asosiy fondlarni tashkil etish hamda ishchi kapitalni sotib olishga yo’naltiriladi. Umuman olganda, loyihaviy moliyalashtirish - bu investitsiya loyihalarini kreditlashtirishning bir turi bo’lib, kreditor bu loyihani amalga oshirish bilan bog’liq risklarni qisman yoki to’liq o’z zimmasiga oladi. Agar banklarning oddiy kredit operatsiyalarida, eng avvalo, qarzdorning kreditga qobiliyatliligini o’rganishga, uning moliyaviy va iqtisodiy holatini, barqarorligini, shuningdek, garov sifatida foydalanadigan mol-mulklarni baholashga asosiy ahamiyat berilsa, loyihaviy moliyalashtirishda esa loyihaviy tahlilga asosiy e’tibor qaratiladi. Xullas, loyihaviy moliyalashtirish – bu yirik investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda bir qancha bank resurslarining birlashishi va risklarning loyiha ishtirokchilari o’rtasida taqsimlanishini anglatadi. Loyihaviy moliyalashtirishda investitsion loyihalarning ko’plab xususiyatlari mavjud bo’lib, ularning asosiylari quyidagilardan iborat bo’ladi: qiymati yuqori bo’ladi (1 mlrd. dollardan oshgan); loyiha ishtirokchilarini ko’pligi; ko’pincha risklarni barcha turlari uchraydi (tizimli va tizimsiz); kapital talabi – bu kabi loyihalar moliyaviy mablag’larga bo’lgan talab juda katta bo’lib, unga aralash moliyalashtirish usullaridan foydalaniladi; loyihalashtirish va qurilish ishlariga mehnat talabi katta bo’ladi; ishga tushish muddati 5 - 7 yil va undan uzoq muddatlarda beriladi; loyiha ishga tushadigan joylarini ajratilishi va shu sababli infratuzilmani rivojlantirish maqsadida qo’shimcha xarajatlarning kiritilishi; davlat yoki mintaqaning iqtisodiy-ijtimoiy holatiga ta’siri. Shu kabi xarakterga ega bo’lgan loyihalarni misol qiladigan bo’lsak, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Andijon - Osh - Irkeshtom - Qashqar avtomagistrali, gazni qayta ishlovchi zavodlar. Yirik loyihalarning o’ziga xos xususiyatlaridan quyidagi bir qator omillarni hisobga olish kerak bo’ladi: loyihaning faoliyatini sifatli tekshirib turish maqsadida uni har xil bo’limlarga bo’lib o’rganish kerak; loyiha amalga oshirilayotgan mintaqaning ijtimoiy - iqtisodiy holatini to’liq tahlildan o’tkazish shart bo’ladi; loyihaning fazalarini mustaqil ravishda ishlab chiqish kerak bo’ladi; rejani loyihalashtirish davomida doimiy yangilanishlarni tatbiq etib borish; loyihaning fazalaridagi ehtimoliy yo’qotishlar va risklarni boshqarish uchun tezkor rejalarini ham rejalashtirish kerak bo’ladi; loyihaning barcha rejalarini doimiy monitoring qilish; yirik loyihalarni takrorlanmasligini hisobga olgan bo’lishi kerak. Yuqoridagi omillarda ko’rsatilganidek, risklarni ko’pligi yirik loyihalarni amalga oshirishda bir qator qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Risklarni ko’p bo’lishiga asosiy sabablardan yana biri bu loyihaning ishtirokchilarining ko’pligidir. Shu o’rinda loyihaning ishtirokchilari haqida quyidagilarni ko’rsatib o’tish mumkin. Loyihaviy moliyalashtirishni amalga oshirish o’ziga xos tamoyillarga asoslanadi va ular quyidagilardan iborat: - investitsion loyihada loyihani amalga oshirishga tayyor ishonchli sheriklarni ishtirok etishi; - loyiha texnik-iqtisodiy asoslanishi va loyiha smeta xujjatlarni yuqori talab darajasida ishlab chiqilishi; - loyihani etarli darajada kapitalizatsiyasi; - loyihaning qurilish-montaj va ekspluatatsiya mezonlarini batafsil o’rganib chiqish (transport, maxsulotni ishlab chiqarish, marketing va boshqalar); - loyiha riskini baholash va uni loyiha ishtirokchilari o’rtasida taqsimlash; - garov yoki boshqa ta’minotning maqsadga muvofiq mavjudligi. Loyihaviy moliyalashtirishning yuqorida keltirilgan tamoyillari uni amalga oshirishning quyidagi ikki turdagi moliyaviy sxemalarida o’z ta’siriga ega bo’ladi: 1. Parallel moliyalashtirish; 2. Bosqichma - bosqich moliyalashtirish; Birinchi tur moliyalashtirish amaliyotda “Hamkorlikda (qo’shma) moliyalashtirish” deb ham ataladi, bunda yuqori ahamiyatga ega bo’lgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun bir nechta kredit muassasalari qarz mablag’lari ajratadi. Bosqichma - bosqich moliyalashtirishda esa yuqori nufuzga ega bo’lgan bankning qatnashishi zarurligini talab qiladi. Parallel moliyalashtirishning quyidagi afzalliklari mavjud, ya’ni loyihaviy moliyalashtirishning parallel moliyalashtirish shakli banklarga bir tomondan me’yorlarga amal qilgan holda kredit berish imkoniyatini bersa, ikkinchi tomondan kredit risklarini pasaytiradi. Ko’p hollarda, loyihani moliyalashtirish tashabbuskori sifatida nufuzga ega bo’lgan tijorat bankining yoki halqaro moliya institutlarining ishtirok etishi qarzdorning o’z vaqtida kreditni qaytarishiga qo’shimcha kafolat beradi. Kredit shartnomasiga qilingan qo’shimchalarda agar qarzdor moliyalashtirishda ishtirok etayotgan biror kreditor oldidagi to’lov majburiyatini bajarmasa bosh kreditor kreditni muddatidan oldin undirib olish huquqiga ega bo’ladi. Investitsiya loyihalarini hamkorlikda (qo’shma) moliyalashtirishning quyidagi ko’rinishlari (shakllari) mavjud?, ya’ni hamkorlikda moliyalashtirishning ikki shakli ko’p qo’llaniladi: - mustaqil parallel moliyalashtirish, bunda har bir bank qarz oluvchi bilan kredit shartnomasi tuzadi va investitsiya loyihasida o’ziga tegishli bo’lgan qismini moliyalashtiradi (subloyiha); - ko’pchilik bo’lib hamkorlikda moliyalashtirish, bunda barcha kreditorlar to’planib bitta sindikatga birlashadilar, yagona kredit shartnomasi tuziladi va kredit shartnomasini tayyorlash va imzolashni bank-menedjer amalga oshiradi. Keyingi bosqichda kredit shartnomasini amalga oshirish ustidan nazoratni (ayrim hollarda investitsiya loyihasini umuman amalga oshirishni) hamda zarur hisob-kitob operatsiyalarini sindikat tarkibidagi maxsus bank-agent ma’lum miqdordagi komission haq e’vaziga amalga oshiradi. Investitsiya loyihalarini bosqichma-bosqich moliyalashtirishning o’ziga xos xususiyati, asosan, birinchi sinf toifasidagi banklarda investitsiya loyihalarining ekspertizasi bo’yicha tajribali mutaxassislarning mavjudligi, bank olamida yuqori nufuzga egaligi tufayli loyihalarni kreditlashtirish bo’yicha ko’plab arizalar kelib tushadi. Biroq, yirik banklar ham har doim bu loyihalarni ularning balansiga salbiy ta’sir etishi mumkinligi yoki boshqa sabablar oqibatida moliyalashtira olmaydi. Shuning uchun, ko’p hollarda, bu banklar loyihani kreditlashtirishning tashabbuskori sifatida faoliyat yuritishi mumkin. Investitsiya loyihasini samaradorligini baholagani va kredit shartnomasini ishlab chiqqani uchun tashabbuskor bank komission haq oladi. Kredit berilgandan so’ng tashabbuskor bank shartnoma bo’yicha qarzdorga nisbatan o’z talabini boshqa kreditorga beradi. Loyihaviy moliyalashtirishda quyidagi ishlarni bajarish o’ta muhimdir. Boshqacha ifodalaganda, loyihaviy moliyalashtirishning bosqichlari quyidagicha: Birinchi bosqich - loyihaning texnik tahlili. Bu bosqichda quyidagi savolga javob berish zarur: loyiha o’zining boshlang’ich smeta xarajatlariga mos holda amalga oshirilmoqdami? Loyihaviy moliyalashtirishda qarzdorlar tajribali ekspert-injenerlarning (bu ko’p hollarda maxsus savollarda tavsiyalar beruvchi mustaqil maslahatchilar) tavsiyasiga amal qiladi. Bunday ekspertlarning xulosasi texnik hisobot shaklida tavsiya etilishi va quyidagi holatlarni o’zida qamrab olishi mumkin: zarur investitsiya miqdorini; kelgusidagi zarur investitsiyalarni (ko’zda tutilmagan xarajatlarni va favqulotdagi zararlarni qo’shgan holda); loyihaning qaytimi uchun zarur vaqt; zararsizlik nuqtasi; elektr energiya, suv va boshqa xarajatlar qiymati; loyihada ishlash uchun xodimlarni o’qitish imkoniyati; loyiha mahsulotini sotish bozorining mavjudligi. Ikkinchi bosqich - bu iqtisodiy va moliyaviy tahlil. Loyihalarning iqtisodiy va moliyaviy tahlili jarayonida loyiha barcha olingan kreditlar bo’yicha o’z vaqtida hisob kitoblar uchun etarlicha foydaga ega bo’ladimi?- degan savolga javob olish zarurdir. Loyihaning iqtisodiy samaradorligini aniqlashning asosi bo’lib sof pul oqimini tahlili hisoblanadi. Sof pul oqimi o’z tarkibiga quyidagilarni qamrab oladi: loyiha egalarining aktsioner kapitaliga dastlabki investitsiya qo’yilmalarini va kreditorlarning qarz mablag’larini; olingan foydani; sarf xarajatlarni. Loyihalarni moliyalashtirishning uchinchi va to’rtinchi bosqichlarida homiylarni faoliyatini, risklarni va ularni taqsimlanishini tahlil etadi. Bu bosqichda kreditorlar rahbarlarning faoliyatini va ularning imidjini, loyiha ishtirokchilari uchun risklarning to’g’ri taqsimotini o’rganadi. Hozirgi kunda investitsiya loyihalarini moliyalashtirishning yangi, usuli sinditsirlashtirilgan kreditlash (sindikatga uyushgan bir necha kreditorlarning kreditlari majmui) paydo bo’ldi. Iqtisodiy adabiyotlarda bu so’zning aniq atamasi yo’qligi sababli, ko’pchilik hollarda moliyalashtirishning bu turini sindikatlashtirilgan kredit, deb ham ataladi. Download 32.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling