1-Ionlarning umumiy tavsifi. 2-Tirik organizmlar tarkibidagi noorganik elementlar


Download 68 Kb.
Sana28.11.2019
Hajmi68 Kb.

REJA:

1-Ionlarning umumiy tavsifi.



2-Tirik organizmlar tarkibidagi noorganik elementlar.

3-Elementlarning hujayrda taxsimlanishi.

4-Makro va mikroelementlarning organizmdagi asosiy vazifas,elementlarning yoshga bog’liq holda miqdorining o’zgarishi.

5-Turli kasalliklar tufayli organizmdagi elementlar miqdorining o’zgarishi va ionlar miqdorining o’zgarishi bilan kelib chiqadigan kasalliklar.

6-Bir nechta elementlaning qisqacha tavsifi.

7- Xulosa

Ionlar (yun. ion — borayotgan, harakatlanayotgan) — zaryadlangan zarralar, atom yoki atomlar guruhi (molekulalar, radikallar va b.) elektron (yoki boshqa zaryadlangan zarra) qabul qilganda yoki yo`qotganda hosil bo`ladi. Ion tushunchasi va terminini 1834 yilda ingliz olimi M. Faradey birinchi bo`lib tatbiq etgan. U ishqorlar, kislotalar, tuzlarning suvdagi eritmalari elektr o`tkazuvchanligi ionlar harakatiga bog`liq deb hisoblagan.Ionlar eritmalarning manfiy qutb (katod)ga harakatlanadigan musbat zaryadli ionlar kationlar, musbat qutb (anod)ga harakatlanadigan zaryadli ionlar anionlar deyiladi.Ionlarning ion zaryadining kattaligi elektron zaryadiga karrali nisbatdadir atom 1, 2, 3, ... elektron yo`qotganda yoki kabul qilganda shunga mos ravishda 1, 2, 3 va h. k. zaryadli ionlar hosil bo`ladi. Elektrolit eritmasida ionlar erituvchi bilan o`zaro ta`sir etishi tufayli barqaror bo`lgan ionlar hosil qilishi sababli eritmalar elektr tokini o`tkazadi. Atomdan elektron ajralib, kation hosil bo`layotganda ma`lum miqdorda energiya sarflanadi va uni atomning ionlash potensiali deyiladIonlar ionlarning xossalari ularning kattaligi va elektron qobig`ining tuzilishiga, zaryadning ishorasi hamda mikdoriga bog`liq.

Hujayrada organik va anarganik moddalar uchrab hujayraning normal o’sishi va rivojlanishini taminlaydi. Hujayrada D.I.Mendeleyev davriy sistemasidagi kimyoviy elementlarning 70 dan ko’prog’i aniqlangan. Shulardan 40tasi biologik aktiv moddalar tarkibiga kiradi va moddalar almashinuvida qatnashadi. Bu elementlar biogen elementlar deb ataladi. Biogen elementlar organik va anorganik birikmalar holida bo’ladi. Organik birikmalarga oqsillar, nuklein kislotalar, uglevodlar, yog’lar, yog’simon moddalar kirsa, anorganik moddalarga suv va mineral tuzlar kiradi. Biogen elementlar uchrash miqdoriga qarab 3 ga bo’linadi.

1-Makro elementlar – 98%, shulardan kislorod – 75%gacha, uglerod – 12%gacha, vadarod – 8%gacha azod 3% gacha

2-Mikro elementlar – 1,9%, kaliy, fosfor, oltingugurt, magniy, xlor, kalsiy, natriy, temir,

3-Ultromikroelementlar – 0,01%, yod, mis, kobolt, zux, molibden, brom, marganets, bor va boshqalar.Mineral tuzlari hujayraning 1-1,5%ini tashkil qiladi. Hujayrada anarganik moddalarning ko’pgina qismi tuzlar tarkibida bo’ladi. Mineral tuzlar organizm rivojlanishida muhim vazifani bajaradi. Mineral tuzlar suvli eritmada kation va anionga dissotsiyalanadi. Osmotik bosmni hosil qilishda qatnashdi, to’qima suyuqligida kuchsiz ishqoriy muhitni (7,2-7,4) ni hosil qiladi. Hujayralardagi anorganik moddalarning ko’pchiligi tuzlar shaklida bo’ladi. Kationlardan natriy, kaliy, kalsiy, magniy, anionlardan: fosfat, xlor, gidrokarbanat muhim ahamiyat kasb etadi. Hujayra ichida kaliyning miqdori natriyning kansentratsiyasidan ancha ko’p, hujayra tashqarisida natriyning miqdori ko’p bo’ladi.

Organizmining to‘qimalarida va a‘zolarida makroelementlar va mikroelementlar turli miqdorda to’planadi. Ko‘pchilik mikroelementlar suyak, jigar va muskul to‘qimalarida yig‘iladi. Bu  a‘zolar organizmning mikroelementlar saqlovchi zahirasi hisoblanadi. Elementlar ma‘lum a‘zoga nisbatan moyillik ko‘rsatadi va ularning konsentartsiyasi yuqori bo‘ladi.  Ma‘lumki  rux oshqozon  osti  bezida,  yod  qalqonsimon    bezda,  ftor  tish   emalda, alyuminiy,  mishyak,  vannadiy  soch  va  tirnoqlarda,  kadmiy,  simob,  molibden  buyrakda,  qalay ichak to‘qima- larida brom, marganes,  xrom  gipofiz.Ba’zi makro   va  mikroelementlar ementlarning  odam organizmida joylanishi bezida  yig‘iladi. Organizmda    mikroelementlar  bog‘langan  holda  ham  erkin  ion  holida  ham  uchraydi. 


Kremniy,  alyuminiy,  mis  va  titan  bosh  miya  to’qimalarida   oqsil  komplekslari    tarkibida  ,marganes  esa  ion shaklida  bo‘lishi aniqlangan.  
  Vodorod  va  kislorod  makroelementlardir.  Ular  odam   organizmida  o‘rtacha  65%  ni  tashkil qiladigan  suv  tarkibiga  kiradi.  Suv  kishi  tanasida  turlicha  taqsimlangan.  Oshqozon  shirasida, so‘lakda,  qon  plazmasida,  limfada  suvning  massa  ulushi 90dan99.5 %gacha  boradi.  Siydikda, miyaning  oq  moddasida,  jigarda,  terida,  orqa    miyada,  muskullarda, o‘pkada,  yurakda  70-80%  suv bor.  Suvning suyakdagi massa ulushi 40% ga etadi.
 Uglerod,  vodorod,  kislorod,  azot,  oltingugurt,  fosfor  kabi  makroelementlar  organizmdagi oqsil, nuklein kislotalari va boshqa biologik faol moddalar tarkibiga kiradi. . Oqsil tarkibida 51-55% uglevodorod, 16-18% azot, 6.5-7% vodorod, 23-24% kislarod,0.3-2.5%oltingugurt,0.5% fosfor bo’ladi. Odam va hayvonlarning turli xil a‘zo va to‘qimalarida  oqsilning 

miqdori  turlicha bo’ladi. Oqsilning miqdoridan , ulardagi C,  H, N, S,P  larning taxminiy tarkibi haqida xulosa qilish mumkin. 


        Oqsilning eng ko‘p miqdori taloqda, o‘pkada, muskullarda  joylashgan. Suyak va tishda esa uning miqdorieng oz.   Natriy  va  xlor  asosan  tashqi  hujayraviy  suyuqlikda  yigiladi.  Ftoridlar  holatida  natriy  va kaliy  suyak  va  tish  to‘qimalari  tarkibiga  kiradi.  Magniy  esa  fosfat  holatida  tishning  qattiq to‘qimalari tarkibiga kirishi aniqlangan.

Tirik organizm uchun zarur bo‘lgan 10 ta metal ― hayot metal-lari deb nom olgan. Massasi  70 kg bo‘lgan odamda hayot metallarining miqdoriquyidagicha: 


1700g-Ca,  250  g-K,  70  g-Na,  42  g-Mg,  5  g-Fe,  3  g-Zn,  0,2  g-Cu,  0,1  g  yaqin  Mn,  Mo,  va  Co bo‘ladi. Katta odam tanasida 3 kg yaqin mineral tuzlar bo‘lib  uning 2,5 kg suyak to‘qimalariga to‘g‘ri keladi.  Ba‘zi  makroelementlar(Mg,  Ca)  va  ko‘pchilik  mikroelement-lar  organizmdagi  bioligandlar-aminokislotalar,  oqsillar,    nuklein  kislotalar,  gormonlar,  vitaminlar  

bilan  kompleks  birikmalar hosil qiladi. Masalan, Fe2+  kompleks hosil qiluvchi sifatida gemoglobin tarkibida, Co2+ vitamin B12 tarkibida, Mg2+ xlorofil tarkibida bo‘ladi. Boshqa elementlarning (Cu, Zn, Mo va boshqalar)  ham biokomplekslari organizmda muhim  rol o‘ynaydi. 

Organizmda  makroelemetlarning  asosiy  vazifasi  to‘qimalarni  hosil  qilish,  shuningdek osmotik bosimni, ion va kislota-asos tarkibini meyorida ushlab turishdir. 

Mikroelementlar  esa  fermentlar,  gormonlar,  vitaminlar,  biologik  faol  moddalar  tarkibiga kompleks  hosil  qiluvchi  yoki  faollashtiruvchi  sifatida  kirib  modda  almashinish,   to‘qima-ning nafas olishi, zaharli moddalarning zararsizlantirishi kabi  jarayonlarda qatnashadi. Mikroelementlar  qon  hosil  bo‘lish,  oksidlanish-qaytarilish,  a‘zo  va  to‘qimalarning 


oksidlanuvchanligi kabi  jarayonlarga faol ta‘sir ko‘rsatadi.  Kalsiy, fosfor, ftor,  yod, alyuminiy,  kremniy  kabi makro va mikroelementlar suyak to‘qimalarining shakllanishini ta‘minlaydi. 
 Odam  organizmida  kimyoviy  elementlar  miqdorining    yosh  o‘tishiga  qarab  o‘zgarishi 
aniqlangan. Masalan, buyrakda kadmiy miqdori, jigarda  molibden miqdori yosh ulg‘ayishi bilan ortar  ekan.  Organizm-da  ruxning  miqdori  jinsiy  kamolotga  etishish  davrida  maksimal  qiymatga etadi, so‘ngra yosh ulg‘ayishi bilan kamayib boradi. Yosh ulg‘ayishi bilan organizmdagi xrom, vannadiy kabi mikroelementlar miqdori ham kamayishi kuzatiladi.

Turli  xil  kasalliklar  kimyoviy  elementlarning  organizmdagi   miqdoriga  ta‘sir  ko‘rsatadi. 


Masalan,  raxit  kasalligida  fosfor/kalsiy  almashinish  jarayoni  buzulib,  organizmda  kalsiyning miqdori  kamayadi.  Nefrit  kasalligida  bo‘lsa  elektrolit  almashinuv  jarayoni  buzulib  orga nizmda kalsiy,  natriy  va  xlorning  miqdori  kamayib,  magniy  va  kaliylarning  miqdori  ortib  ketadi. 
Organizmda  makro va  mikroelementlarning  miqdorini   ma‘lum  me‘yorda  ushlab  turishda 
gormonlar ham qatnashadi.  

Organizmda  mikroelementlarning  etishmasligi  yoki  ortiqcha  

to‘planishi  hisobiga  vujudga 
keladigan  turli  xil  kasalliklar  aniqlangan.  Ftorning  etishmasligi  tish  kariysiga,  yodning 
etishmasligi endemik bo‘qoq kasalligiga, molibdenning  ortiqchaligi endemik padagra kasalligiga 
olib keladi.  Bunday qonuniyat  odam  organizmida hayot  uchun zarur bo‘lgan mineral  moddalar 
konsentratsiyasi oshganda zararli ta‘sir ko‘rsatadi.   Bir  qancha  elementlar(kumush,  simob,  kadmiy  va  bosh)     zaharli  hisoblanadi,  chunki ularning organizmga oz miqdorda kirishi ham og‘ir kasalliklarga olib keladi. 
  

Kaliy (K)

Organizmdagi barcha to’qimalar tarkibiga kiradi. U eruvchan birikmalar ko’rinishida organizmda uchraydi. Kaliy asosan oziq-ovqat maxsulotlari orqali qabul qilinadi. Bir kecha-kunduzda kaliyga bo’lgan extiyoj 2-3 mg/kg, bolalarda esa 12-13 mg/kg ni tashkil qiladi.Ko’p miqdorda iste’mol qilish zaxarlanishga olib keladi. Katta odamni 80g KCl o’limga olib keladi.Uning asosiy qismi qon,hujayra, jigar, va taloqda bo’ladi.



Natriy (Na)

Natriyning organizmdagi miqdori 0,25% ni tashkil etadi.Natriyg 1kunda bo’lgan extiyoj 4-7g dir.Natriyning qondagi miqdori 0,32% ni tashkil qiladi. Uning ionlari organizmda suvning bir me’yorda ushlab turishga yordam beradi.Natriy osmotik bosimni me’yorida saqlanishi uchun xizmat qiladi. Natriyning oz miqdordagi yetishmovchligi ham organizmdagi to’qima tashqarisidagi suyuqliklarning hajmini ortishiga



Magniy (Mg)

Bu element ATF ni AMF ga o’tishida qatnashadi. Magniy organizmga antiseptik va qon tomirlarni kengaytiruvchi ta’sir etadi, qon bosimini kamaytiradi. U o’simlik tarkibidagi xlorofillning 2% ini tashkil qiladi. Magniyning zarur miqdorini organizm meva va sabzavotlardan oladi. Magniy o’rik,shaftoli,gulkaram,karam,kartoshka,pomidor tarkibida bo’ladi.Oziq ovqatlar tarkibidagi atiga 40% gina magniy organizmlar tomonidan o’zlashtiriladi.O’zlashtirilgan magniy ionlari jigarda to’planadi, keyin mushaklar va suyakka o’tadi. U uglevodlar almashinuvini yaxshilaydi, suyaklarda Ca bilan birga muhim element hisoblanadi. Magniy miya faoliyati ham katta ahamiyatga ega. Bu ion ta’sirida nerv ipulslarini o’tkazish jarayonlari, mushaklar qisqaruvi kuzatiladi.



Kalsiy (Ca)

O’ta zarur bo’lgan hayotiy elementlardan biri hisoblanadi. U organizmda ion ko’rinishida bog’langan holda bo’ladi. Kalsiy organizmga o’simlik oziqlari va sut orqali tushadi. Odam organizmining 2% ini tashkil etadi. Uning asosiy qismi suyak va tish to’qimalarida fosfatlar,karbonatlar,ftoridlar shaklida bo’ladi.

qonida kalsiy 9-11 mg*% miqdorida bo’ladi. To’qimalarda kalsiyning konsentratsiyasi oz bo’ladi.

Normal holdagi odam

Bu miqdorning kamayishi asab sistemasining qo’zg’aluvchanligi oshiradi. Ionlashgan kalsiy qon ivishida va muskullarning qisqaruvi va bo’shashuvida ishtirok etadi. Uning sintezi D vitaminiga bog’liq. D vitaimni organizmda kalsiy almashinuvini boshqaradi. Odam organizmiga tushgan kalsiy ichaklarning shilliq qavatida saqlanadigan maxsus oqsil moddasi bilan bog’lanadi va organizmda tutib qoladi . Temir (Fe)

Temirning fiziologik vazifasi kislorod tashuvchi oqsil (gemoglabin, mioglabin)tarkibiga kiradi, organizmni kislorod bilan ta’minlash vazifasini o’taydi.Organizmda qon ishlab chiqaruvchi a’zolar faoliyatini kuchaytiradi.Temir birikmalari dorivor modda sifatida kamqonlik kasalini davolashda ishlatiladi.Temirning organizmidagi umumiy o’rtacha miqdori 4 g dan 7 g gacha bo’ladi.Temirning kunlik o’rtacha miqdori katta odamlarda 25mg ga to’g’ri keladi.Homiladorlik davrida temirga bo’lgan ehtiyoj keskin ortadi.Agar temirning miqdori ortib ketsa,nafas yo’llari yallig’lani va nafas olish me’yori buziladi.Organizmdagi temirning asosiy deposi eritrotsitlar,jigar,taloq hisoblanadi. Gemoglabin tarkibida temirning 72% i saqlanadi.



Marganes (Mn)

Marganes no’xot,kartoshkada ko’p bo’ladi.Marganesning ko’pgina qismi mushaklarda,bosh miya Odam organizmida 0,001% ni tashkil qiladi.Oziq-ovqat maxsulotlaridan lavlagi, pomidor,soya,yashil da,buyrakda jigarda,qalqonsimon bezda,suyakalrda,taloqda uchraydi.Odam organizmining mmarganesga sutkalik ehtiyoji 6mg atrofida.Bu element bolaning normal o’sishiga va rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadi.

Marganes B1 va E vitaminlarining almashinuviga ta’sir ko’rsatadi.Oqsil va mineral almashinuvini ta’minlaydi.Uning oziq-ovqatlarda yetishmasligi patologik semirish,suyak rivojlanishi buzilishi,endemic buqoq kasalliklarini keltirib chiqaradi.Marganes suyak shakllanishida, immunitet hosil bo’lishida, teri orqali nafas olishda ishtirok etadi.Marganesning ortiqcha miqdori zaharli ta’sir ko’rsatadi va turli asab kasalliklarini keltirib chiqaradi.

Azot(N)

Azot oqsilning asosiy tarkibiy qismi ,oqsilsiz hayot yo’q.Oqsil tarkibida o’rtacha 15-17% a oqsil moddalaridan tuzilgan.Oqsil azotsiz Hujayraning asosiy tarkibi bo’lgan protoplazma va yadro mavjud bo’lmaydi zot bo’ladi.Tirik organizmda doimo hujayralarning buzilishi va organizmining tiklanishi boradi qayta.Azot odam 3% ni tashkil etadi.Odam organizmi azotni havodan emas,balki tarkibida azot bo’lgan birikmalardan oladi.Uzoq vaqt oqsilsiz ovqatlar iste’mol qilish organizmda azot miqdori kamayishiga olib keladi.Aqliy mehnat bilan shug’ullanadigan katta yoshdagi odamalr organizmidagi azotga bo’lgan ehtiyoji 100g jismoniy mehnatda esa 130-150g.Oqsillar hazm bo’lish jarayonida aminokislotalargacha parchalanadi.Aminokislotalar o’z navbatida oqsillar biosinteziga,boshqa moddalar energiya sarfiga va boshqa jarayonlarga sarflanadi.




XULOSA

Noorganik ionlarning inson organizimiga ta’siri nihiyatda beqiyosdir.Bu elementlar organizimda juda kam miqdorda bo’lishiga qaramay juda muhum vazifalarni bajaradi.Ularning organizmdagi taqsimlanish darajasi ham juda xilma-xil



Foydalanilgan adabiyotlar

1-Google ‘’fayllar.org’’,,Ionlar haqida tushuncha, noorganik ionlar mikro va makro elementlar ionlari’’



2- Arxiv.uz


Download 68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling