1. Ionlovchi nurlarning turlari
Radiologik kattaliklar, birliklar
Download 19.75 Kb.
|
shodiya-9
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.Ionlovchi nurlanish manbalaridan foydalanganda sanitariya-dozimetriya nazorati
- A-kategoriya
3.Radiologik kattaliklar, birliklar.
Radioaktiv moddaning mikdori uning massasi bilan belgilanmaydi. Sababi uning asosiy xarakteristikasi - nur tarqatishi vaqt birligi ichida roʻy beruvchi atom parchalanishlar soniga bog'lik. Shu sababdan radioaktivlik, bir sekundda roʻy beradigan atom parchalanishlar soni bilan belgilanadi va uni aktivlik deb ataladi. CI sistemasi buyicha aktivlik birligi qilib Bk (Bekkerel`) qabul qilingan. Ayni bir vaktda radioaktivlikning eski, CI sistemasiga kirmagan birligi - Ku (CI) kyuri xam kullanib kelinadi. 1 Ku 1 gramm toza radiy aktivligi bulib, unda 1 sekundda. 3,7 x 1010 atom parchalanishi ruy beradi, Ku katta birlik xisoblanadi. Kup xollarda uning ulushlari mKu (millikyuri – mingdan bir ulushi) yoki mkKu (mikrokyuri – Kyurining milliondan bir ulushi) kullaniladi. 1 mkKu = 37 KBk. 4.Ionlovchi nurlanish manbalaridan foydalanganda sanitariya-dozimetriya nazorati Ionlovchi nurlarni yuqori biologik faollikka ega bo‘lishiga qaramay bir qancha vaziyatlarda tibbiyot tufayli ionlovchi nur manbalarini inson faoliyatining har qanday sohalarida qo‘llanilishi ko‘paymoqda va haqiqatda ham ionlovchi nurlanish bilan kontaktda bo‘lish muhim kasbiy omil bo‘lib qolgan shaxslar soni ko‘paymoqda. Ionlovchi nurlanish manbalari bilan aholini kontakti ehtimoli va darajasini hisobga olib barcha aholi 2 kategoriyaga bo‘linadi. A-kategoriya ionlovchi nurlanish manbalari bilan bevosita aloqada bo‘luvchi xodimlar. B-kategoriya-aholini chegaralangan qismi demak ionlovchi nurlanish manbalari bilan kasb tufayli bog‘liq emas lekin uni ta’sir qilish sohasida bo‘ladigan aholi Ionlovchi nurlanish manbalarini qo‘llash yo‘nalishlarining ko‘payishi halq xo‘jaligining har xil sohalarida ionlovchi nurlanish manbalarini qo‘llashda nazorat olib borish shu bilan birga Davlat sanitariya nazorati tashkilotlari tomonidan ham nazorat olib borish kerakligini bildiradi. Sanitariya-dozimetrik nazoratga kiradi: - radiologik ob’yektlarni qurishda va rekonstruksiya qilishda ogohlantiruvchi sanitariya nazorati olib borish; - qo‘llanilayotgan ionlovchi nurlarning manbalari va faoliyat yuritayotgan radiologik ob’yektlarni qayd qilish; - har xil aholi guruhlarini nurlanish dozasini o‘lchash va baholash; - tashqi muhitda, ishlab chiqarish va yashash xonalarini tabiiy va texnogen radiaktiv birikmalarni tutganligini nazorat qilish; - radiatsion avariyalar sodir bo‘lgan holatlarida radionuklidlarni amaldagi darajalarini aniqlash va vaqtinchalik ruxsat qilinadigan darajalarini o‘rnatish; - radiaktiv birikmalarni tashish va saqlashga bo‘lgan nazorat; - kasbiy nurlanishga duch keladigan shaxslarni sonini va tibbiy ko‘rik vaqtini nazorat qilish. Ionlovchi nurlanish manbalarini qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan radiatsion havflarni kamaytirish dunyo amaliyotida qabul qilingan 3 ta asosiy prinsipga asoslanadi: -ionlovchi nurlanish manbalaridan nurlanish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha faoliyat agar u ishdan foydadan ko‘ra zarari ko‘p bo‘ladigan bo‘lsa bajarilmasligi kerak; -iloji boricha shaxsiy doza miqdori va nurlangan shaxslar soni kam bo‘lishi kerak; -ionlovchi nurlanish manbalari bilan faoliyat yuritayotgan shaxslarning nurlanishi ruxsat qilingan doza atrofidan oshmasligi kerak. Ionlovchi nurlanish manbalarini qo‘llashda gigienik sharoitlarni belgilab beruvchi asosiy hujjat “Radiatsion havfsizlik me’yorlari va radiatsion havfsizlik sanitar taminotining asoslari” O‘zR SSV tomonidan 05.012006 da buyruqi hisoblanadi. Inson faoliyatining turli sohalarida qo‘llaniladigan ionlovchi nur manbalari 2 ta guruhga bo‘linadi: ochiq va yopiq nurlantirish manbalari Download 19.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling