Abu Hamid al-G„azzoliyning iqtisodiy
qarashlari
Al-G‗azzoliy (1058-1111-yillar) boshqa
arab olimlari kabi jamiyatning falsafiy, etik,
sotsiologik va iqtisodiy tomonlarini o‗z
davrining
ustuvor
diniy
e‘tiqodlariga
bog‗lagan asarlar yozgan. U o‗rta asrlar
islom dunyosining eng yirik zakovat
egalaridan biri hisoblanadi. Uning asarlari
Avliyo Tomas Akinskiyga o‗z ta‘sirini o‗tkazganligi ma‘lum. Uning
bozorda ko‗ngilli almashuvlarga bergan ta‘rifi o‗n birinchi asrda mehnat
taqsimoti bilan bog‗liq munosabatlarni muvofiqlashtirishni amalga
oshirishga imkon bergan.
Dastlabki vaqtlarda bir kishi bug‗doyni ekkan, o‗rgan va yanchgan
so‗ng xamir qilib non yopgan, vaholanki bu holat bir oilaning mehnati
natijasi bo‗lishi mumkin. Al-G‗azzoliy o‗z davrida bitta non mingta yoki
undan ko‗proq ishchi mehnatining mahsuloti bo‗lishi mumkinligini
kuzatgan. Kengayib borayotgan ixtisoslashuv va mehnat taqsimoti
iqtisodiy almashinuvga olib kelishini tushunib, barterning qiyinchilik-
larini yengillashtiradigan pulga bo‗lgan munosabatni ko‗rsata olgan. U
davlat xarajatlari, soliqqa tortish va qarz olish; tanga pullar va tanga
pullarning arzonlashuvi; foiz va sudxo‗rlik; qay tarzda eng yaxshi usul
bilan soliq solish, jamiyat bo‗ylab soliq yukini yengillashtirish bilan
bog‗liq iqtisodiy munosabatlarni ham o‗rgandi.
O‗zining zamondoshlari va deyarli besh yuz yil ularga ergashib
kelganlar qatorida al-G‗azzoliy iqtisodiyotni boshqa faoliyatlardan
ajratmadi. Uning o‗rganishlari va ta‘riflashlari har doim iqtisodiy
faoliyatni cheklagan va ayrim hollarda qoralagan
kuchli diniy qarashlari nuqtayi nazaridan amalga
oshirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |