1. Iqtisodiy jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha maxsus choralar


O‘zbekistonning mintaqaviy siyosatini amalga oshirish yo‘nalishlari


Download 25.74 Kb.
bet6/6
Sana02.02.2023
Hajmi25.74 Kb.
#1147504
1   2   3   4   5   6
3. O‘zbekistonning mintaqaviy siyosatini amalga oshirish yo‘nalishlari.
So‘nggi to‘rt yil ichida O‘zbekiston rahbariyati tashabbusi bilan olib borilayotgan yangi mintaqaviy siyosat mamlakatning ochiq, amaliy va konstruktiv tashqi siyosati yo‘lining muhim qismiga aylandi. Toshkentning muloqot va hamjihatlikni rivojlantirish, yaxshi qo‘shnichilikni mustahkamlash va mavjud kelishmovchiliklarni oqilona murosalar asosida hal etishga e’tibor qaratishi siyosiy muhitni sezilarli darajada yaxshilab, mintaqada o‘zaro ishonchni mustahkamlashga imkon berdi. Savdo-iqtisodiy aloqalarni faollashtirish va mintaqaviy hamkorlikning samarali mexanizmlarini shakllantirish uchun sharoitlar yaratilgan bo‘lib, bu Markaziy Osiyoning siyosiy-diplomatik va iqtisodiy jozibadorligini oshirishga yordam beradi.
Yangi mintaqaviy siyosatni muvaffaqiyatli ilgari surishda quyidagi omillar muhim rol o‘ynadi:
Birinchidan, davlat rahbari diplomatiyasining hamda barcha darajalardagi rasmiy aloqalarining yuqori sur’ati. 4 yil davomida O‘zbekiston Prezidentining Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchilari bilan 65 dan ortiq uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Oliy darajadagi aloqalar davomida munosabatlarning asosiy masalalari hal qilindi. Chunonchi, Sh.M.Mirziyoyevning 2017 yil sentyabr oyidagi Qirg‘izistonga va 2018 yil mart oyidagi Tojikistonga tashriflari yakuniga ko‘ra, davlat chegarasi to‘g‘risidagi ikki tomonlama shartnomalar imzolanib, ular O‘zbekiston chegaralari umumiy uzunligining deyarli 94% ni delimitatsiya qilish imkonini berdi. Davlat rahbarlarining ishonchga asoslangan muloqotlari suv va ekologik muammolar muhokamasini amaliy yo‘lga qo‘yishni ta’minladi. 2018 yilda Turkmanistonda 2009 yildan beri birinchi marta Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasining sammiti o‘tkazildi.
2020 yilda, pandemiya sharoitida mintaqaviy aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha harakatlar davom ettirildi. O‘zbekiston Prezidentining mintaqaning to‘rt davlati rahbarlari bilan yaqin aloqalari asnosida (telefon orqali 35 dan ortiq suhbat bo‘lib o‘tdi) fuqarolarning chetdan uylariga qaytib kelishiga ko‘maklashish, savdoni transport bilan qo‘llab-quvvatlash, o‘zaro insonparvarlik yordami ko‘rsatish va munosabatlarning boshqa dolzarb masalalari faol hal qilindi.
Ikkinchidan, mintaqada savdo-iqtisodiy aloqalar va gumanitar almashinuvni rivojlantirishga o‘zaro qiziqishning ortishi. 2017-2019 yillarda O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi qariyb ikki baravarga o‘sib, 2,7 mlrd. dan 5,2 mlrd. dollarga yetdi. 2019 yilda Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi savdo hajmi 7,1 mlrd. dollarni tashkil etib, bu 2018 yilga nisbatan 16,9% ga ko‘p degani. Mintaqaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy sarmoyalar jalb etish 2017 yildagi 26,83 mlrd. dollardan 2019 yilda 36,14 mlrd. dollarga o‘sdi. Bunga hukumatlararo aloqalarni faollashtirish, hududlar va tadbirkorlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni rivojlantirish yordam berdi. Chegaralarning ochilishi va transport aloqalarining rivojlanishi 2017-2019 yillarda mintaqada, asosan, Markaziy Osiyo mamlakatlari fuqarolarining o‘zaro sayohatlari hisobiga, kirish turizmining deyarli 25% ga o‘sishini ta’minladi.
Uchinchidan, mintaqaviy rivojlanishning muhim masalalari bo‘yicha mintaqa davlatlari manfaatlarini muvofiqlashtirish va xalqaro maydonda umumiy manfaatlarni ilgari surish uchun mavjud ob’ektiv ehtiyoj. O‘zbekiston Prezidentining Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahatlashuv uchrashuvlarini o‘tkazish tashabbusini amalga oshirish shubhasiz strategik ahamiyatga ega bo‘ldi. Birinchi uchrashuv 2018 yil mart oyida Nur-Sulton shahrida bo‘lib o‘tdi. 2019 yil noyabrdagi ikkinchi uchrashuv yakuniga ko‘ra, Toshkentda birinchi marta Davlat rahbarlarining Qo‘shma bayonoti qabul qilinib, mintaqaviy o‘zaro hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha muvofiqlashtirilgan qarashlar qayd etildi. Shuningdek, tobora ko‘proq Markaziy Osiyo mintaqasining ajralmas qismi sifatida qaralayotgan Afg‘oniston bo‘yicha umumiy pozitsiya bayon etildi.
Download 25.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling