1 Iqtisodiy xavfsizlik va uning turlari. Tashqi va ichki xavflar 2


Download 0.65 Mb.
bet1/6
Sana22.06.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1648004
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
10-mavzu


10-Mavzu: Jahon iqtisodiyotini globallashuvi sharoitida iqtisodiy havfsizlik va milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini ta’minlash muammolari
1
    • Iqtisodiy xavfsizlik va uning turlari. Tashqi va ichki xavflar

2
    • Iqtisodiy xavfsizlik ko’rsatkichlari va indikatorlari tizimi.

3
    • Moliyaviy xavfsizlik ko’rsatkichlari va mezonlari. Ijtimoiy xavfsizlik ko’rsatkichlari va mezonlari.

4
    • Oziq-ovqat xavfsizligi. Yoqilgi xavfsizligi ko’rsatkichlari va mezonlari tizimi.

Ibadullayev Ergash
Iqtisodiy xavfsizlik - mamlakat, hudud, firma, kompaniyaning iqtisodiy inqirozga uchrash xavfidan himoya qilish boʻyicha koʻradigan chora-tadbirlari majmui. Rivojlangan mamlakatlarda I.x.ni taʼminlash maqsadlarida yirik firma, kompaniyalarda maxsus xizmatlar tashkil qilinadi. Ular bozorlarni oʻrganish, talab va taklifni prognozlash, ilmiy-texni-ka taraqqiyotini kuzatish va b. ishlarni bajaradilar. Iqtisodiy xavfsizlikni taʼminlashda mahsulot turini munta-zam yangilab turish, raqobatdor mahsulotlarni ishlab chiqarish harajatlarni qisqartirish muhim ahamiyatga ega.
I.x. milliy iqtisodiyot darajasida makroiqtisodiy kategoriya va muayyan mamlakat milliy iqtisodiyotini tavsiflaydi, bozor tizimida xatar borligidan va bundan hatto milliy iqtisodiyot ham xoli boʻlmasligini, undan saqlanish zarurligini bildiradi.
I.x.ning bosh mezoni bu mamlakat ehtiyojlarining uzluksiz taʼminlanishi hisoblanadi, bu, birinchidan, imkon boricha oʻzini oʻz mahsulot va xizmatlar bilan taʼminlashni, ikkinchidan, mamlakatda yaratish mumkin boʻlmagan tovar va xizmatlarni chetdan qulay narxlarda va uzluksiz keltirib turishni bildiradi. Aks holda iqtisodiyot izdan chiqadi. Milliy iqtisodiyot darajasida I.x.ning muhim 3 yoʻnalishi (oziq-ovqat, yoqilgʻi-energetika, eksport) mavjud.
Mamlakat aholisining oziqovqatga boʻlgan talabini qondirilishi 80%, mamlakatning energiya omillariga boʻlgan talabining oʻz hisobidan 70—80% ga qondirilganda xavfsizlikka erishilgan hisoblanadi. Eksport xavfsizligi mamlakat eksport salohiyatini amalga oshirish imkoniyati bilan belgilanadi. Eksport tarkibida isteʼmolga tayyor mahsulotlar, birinchi navbatda, ishlov beruvchi sa-noat mahsulotlari boʻlishi talab etiladi. Eksportning cheklangan turdagi tovarlarga, ayniqsa, jahon bozorida narxi tez-tez oʻzgarib turadigan xom ashyo va energiya omillariga bogʻliq boʻlib qolishi eksport xatarini tugʻdiradi, narxlar pasaygan paytda eksport tushumidagi yoʻqotishlar mamlakat iqtisodiyotiga zarar keltiradi.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling