1 Iqtisodiy xavfsizlik va uning turlari. Tashqi va ichki xavflar 2


Download 0.65 Mb.
bet4/6
Sana22.06.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1648004
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
10-mavzu

Jahon tajribasidan ma’lumki, ijtimoiy sohada tahdidlar minimal darajada bo’lishi uchun yashash minimumidan past daromadga ega bo’lgan aholi ulushi 7-10 foizni tashkil etishi, boy va kambag’allar daromadlari o’rtasidagi tafovut esa sakkiz martadan oshmasligi kerak.

Jahon tajribasidan ma’lumki, ijtimoiy sohada tahdidlar minimal darajada bo’lishi uchun yashash minimumidan past daromadga ega bo’lgan aholi ulushi 7-10 foizni tashkil etishi, boy va kambag’allar daromadlari o’rtasidagi tafovut esa sakkiz martadan oshmasligi kerak.

Bir guruh rossiyalik olimlar iqtisodiy xavfsizlikning chegaraviy miqdorlarini belgilashda BMT tomonidan 1990 yilda qabul qilingan insoniy rivojlanish indeksini taklif etadilar. Mazkur indeks ijtimoiy taraqqiyotning eng aniq umumlashgan ko’rsatkichi (mezoni) bo’lib hisoblanadi.

Adabiyotlarda iqtisodiy xavfsizlikning chegaraviy miqdorlari uchta guruhga ajratib ko’rsatiladi:

birinchi guruhga ishlab chiqarish sohasi, uning tashqi dunyoga minimal darajada bog’liqlik sharoitida faoliyat yuritish qobiliyatini kiritadilar. Ushbu guruhga quyidagi chegaraviy miqdorlar kiritilgan:

  • – YAIM umumiy hajmi – “katta yettilik” bo’yicha o’rtacha indikatorning 75 foiz miqdorida;
  • – aholi jon boshiga YAIM hajmi – “katta yettilik” bo’yicha o’rtacha indikatorning 50 foiz miqdorida;
  • – dunyo bo’yicha o’rtacha indikatorning 100 foiz miqdorida;
  • – sanoat mahsuloti ishlab chiqarishi umumiy hajmida qayta ishlash sanoati ulushi – 70 foiz;
  • – YAIMda investitsiyalar ulushi – 25 foiz;
  • – sanoat ishlab chiqarishida mashinasozlik ulushi – 20 foiz;
  • – aholining ichki iste’molida import ulushi – 30 foiz, shu jumladan oziq-ovqat mahsulotlari – 25 foiz;
  • – mahsulot ishlab chiqarishning umumiy hajmida yangi mahsulotlar ulushi – 6 foiz.

Ikkinchi guruh ko’rsatkichlari tarkibiga aholi turmush darajasi va sifati bilan bog’liq chegaraviy miqdorlar kiritilgan:
– aholining umumiy sonida yashash minimumidan past daromadga ega bo’lgan fuqarolar ulushi - 7 foiz;
– umr ko’rish uzunligi – 70 yosh;
– boy va kambag’allar daromadlari o’rtasidagi tafovut – 8 marta;
– ishsizlik darajasi – 7 foiz.
Uchinchi guruh ko’rsatkichlari moliyaviy holat bilan bog’liq bo’lib, ular quyidagilardan iborat:
– YAIMga nisbatan ichki qarz miqdori – 30 foiz;
– YAIMga nisbatan tashqi qarz miqdori – 25 foiz;
– YAIMga nisbatan byudjet defitsiti – 5 foizgacha;
– naqd xorijiy valyuta hajmining naqd milliy valyuta hajmiga nisbati 25 foiz;
– YAIMga nisbatan pul massasi (M2) – 50 foiz.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling