1 Iqtisodiy xavfsizlik va uning turlari. Tashqi va ichki xavflar 2


Iqtisodiyotning raqobatbardoshlik omillari va uni oshirish strategiyasi


Download 0.65 Mb.
bet5/6
Sana22.06.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1648004
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
10-mavzu

Iqtisodiyotning raqobatbardoshlik omillari va uni oshirish strategiyasi

Iqtisodiyotning raqobatbardoshlik omillari va uni oshirish strategiyasi

  • Davlatning asosiy vazifasi - resurslardan foydalanish samaradorligiga, shuningdek, davlat boshqaruvining samaradorligiga erishishdan iborat. Buning uchun esa sog‘lom raqobat muhitini yaratish zarur. Raqobat muhitini shakllantirish va milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish vazifasi davlatning tartibga soluvchi funksiyalari alohida ahamiyat kasb etadi.

Sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishning davlat tomonidan tartibga solinishi respublika bozorlarida raqobatni rivojlantirish uchun zarur tashkiliyhuquqiy va iqtisodiy sharoitlarni yaratish, bozorlarning monopollashtirishga urinishlarga yo‘l qo‘ymaslik, bozor iqtisodiyoti talablariga javob beruvchi monopoliyaga qarshi tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish, shuningdek, iste’molchilar huquqlarini himoyalash chora-tadbirlarini o‘z ichiga oladi. Monopoliyaga qarshi siyosatni amalga oshirish mas’uliyati O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qo‘mitasining zimmasiga yuklatilgan bo‘lib, uning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

respublikada sog‘lom raqobat muhitini yaratish uchun zarur tashkiliy, iqtisodiy va moliyaviy shart-sharoitlarni, mustahkam huquqiy bazani

  • respublikada sog‘lom raqobat muhitini yaratish uchun zarur tashkiliy, iqtisodiy va moliyaviy shart-sharoitlarni, mustahkam huquqiy bazani
  • shakllantiruvchi va muvofiqlashtiruvchi markaz funksiyalarini amalga oshirish;
  • insofsiz raqobatchilar tomonidan tovar va moliya bozorlarini, birinchi navbatda, iste’mol tovarlari bozorlarini monopollashtirish yuzasidan har qanday urinishlarning oldini olish, ularni cheklash va ularga barham berish;
  • monopoliyaga qarshi qonunchilik hujjatlariga rioya qilinishi, shuningdek, o‘z vakolati doirasida tabiiy monopoliyalar sub’ektlari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish;
  • iste’mol tovarlari narxlari monitoringini o‘tkazish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari bilan birgalikda narxlarning asossiz ravishda o‘sib ketishiga, ichki bozorda sifatsiz iste’mol tovarlari sotilishi va xizmatlar ko`rsatilishiga olib keluvchi insofsiz raqobatning oldini olish chora-tadbirlarini ko‘rish.

Milliy iqtisodiyotning raqobat ustunliklarini shakllanishi
Milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligi - bu iqtisodiyotning muhim ko‘rsatkichlari holatini tashqi parametrlarga nisbatan yalpi baholashni o‘zida mujassam etgan qiyosiy tavsif hisoblanadi, shu sababli milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligi xalqaro raqobatda namoyon bo‘ladi. Iqtisodiyotning raqobatbardoshligi namoyon bo‘lishning ko‘p darajali shakllariga ega:
tovarning raqobatbardoshligi;
xodimning raqobatbardoshligi;
tovar ishlab chiqaruvchisining raqobatbardoshligi;
tarmoqning raqobatbardoshligi;
mamlakatning raqobatbardoshligi (yoki milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligi).

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling