1 Iqtisodiy xavfsizlik va uning turlari. Tashqi va ichki xavflar 2


Iqtisodiy xavfsizlik ko’rsatkichlari (indikatorlari)


Download 0.65 Mb.
bet3/6
Sana22.06.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1648004
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
10-mavzu

Iqtisodiy xavfsizlik ko’rsatkichlari (indikatorlari)
Mamlakatning iqtisodiy xavfsizligi holati mezon va ko’rsatkichlar tizimi orqali baholanadi. Makro va mikro darajada iqtisodiy xavfsizlikka bo’ladigan tahdidlarni tahlil qilish va bashoratlashda iqtisodiy xavfsizlikning mingdan ziyod ko’rsatkichlaridan foydalaniladi. Lekin shularning ichida 19 ta indikatordan foydalanish maqsadga muvofiq deb hisoblaniladi. Bu indikatorlar iqtisodiyotning real va moliyaviy sektorlarida va ijtimoiy sohada iqtisodiy xavfsizlikning muhim jihatlarini ifodalaydi. 19 ta indikatorning xususiyatlaridan biri ular orasidagi o’zaro bog’liqlikdir.
Iqtisodiy xavfsizlikning mezoni – iqtisodiy xavfsizlikning mohiyatini ifodalovchi muhim jarayonlar nuqtai nazaridan iqtisodiy holatni baholash hisoblanadi. U quyidagilarni o’z ichiga oladi:
– resurs salohiyati va uni rivojlantirish imkoniyatlarini baholash;
– resurs, kapital, mehnatdan samarali foydalanish darajasini etakchi mamlakatlar darajasiga va shuningdek, ichki va tashqi xarakterga ega bo’lgan tahdidlar minimumni tashkil etgandagi darajasiga muvofiqligini baholash;
– iqtisodiyotning raqobatbardoshligini baholash;
– hududiy sarhadlarni va iqtisodiy makonni yaxlitligini baholash;
– suverenitet va mustaqillikni, tashqi tahdidlarga qarshi turish imkoniyatlarini baholash;
– ijtimoiy barqarorlikni va ijtimoiy ziddiyatlarni oldini olish va hal etish imkoniyatlarini baholash.
Iqtisodiy xavfsizlikning quyidagi ko’rsatkichlari mavjud:
yalpi ichki mahsulot (hududiy yalpi mahsulot);
inflyatsiya darajasi; davlat
byudjeti kamomadi;
ichki qarz darajasi; tashqi qarz darajasi;
ishsizlik darajasi;
turmush darajasi va sifati;
oltin valyuta zahiralari;
xufiyona iqtisodiyot faoliyati;
ekologik holat.
Adabiyotlarda iqtisodiy xavfsizlikning tahlikali chegarasiga oid indikatorlar ko’rsatkichni o’z ichiga olgan bo’lib, ular to’rt guruhga ajratilib turkumlangan:
– iqtisodiyotning barqaror rivojlanishga qodirligini ifodalovchi ko’rsatkichlar;
– moliyaviy tizim barqarorligini ifodalovchi ko’rsatkichlar;
– ijtimoiy soha ko’rsatkichlari;
– tashqi savdo va iqtisodiy faoliyat ko’rsatkichlari.
Birinchi guruh ko’rsatkichlariga yalpi ichki mahsulot hajmi, sanoat ishlab chiqarishi hajmi va uning tarkibi, mashinasozlik mahsulotlari hajmida yangi turdagi mahsulotlar ulushi, mudofaa va fan uchun harajatlar ulushi kabi ko’rsatkichlar kiradi.
Ikkinchi guruh ko’rsatkichlariga esa davlat byudjeti kamomadi, davlat qarzi, pul muomalasi, o’zaro hisob-kitob va boshqa moliyaviy ko’rsatkichlar kiradi.
Uchinchi guruh aholi daromadlari darajasi, aholining mulkiy jihatdan tabaqalanishi, ishsizlik kabilarni o’z ichiga oladi.
To’rtinchi guruh ko’rsatkichlariga esa mamlakat ichki iste’molida importning ulushi va milliy ishlab chiqarish hajmida eksportning ulushi kabi indikatorlar kiradi.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling