1. Iqtisodiyot / Savdo va xizmatlar ko‘rsatish
Download 47.44 Kb.
|
1 2
Bog'liq249 02.08.2016
[OKOZ: 1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.05.00 Ko‘rgazma. Yarmarka. Kimoshdi savdolari. Birjalar; 2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.02 Elektron tijorat] [TSZ: 1.Iqtisodiyot / Savdo va xizmatlar ko‘rsatish; 2.Iqtisodiyot / Axborot va axborotlashtirish. Elektron tijorat (hujjat aylanishi)] O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori Oldingi tahrirga qarang. Elektron tijorat platformalar va raqamli ekotizim operatorlarining-axborot vositachilarining faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida (qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-iyuldagi 392-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2022-y., 09/22/392/0653-son) O‘zbekiston Respublikasida elektron tijoratni jadal rivojlantirish, shuningdek elektron tijoratning axborot vositachilari va ishtirokchilari faoliyatini rivojlantirish uchun qo‘shimcha qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: Oldingi tahrirga qarang. 1. Elektron tijorat platformalar va raqamli ekotizim operatorlarining — axborot vositachilarining faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. (1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-iyuldagi 392-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2022-y., 09/22/392/0653-son) 2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin. O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV Toshkent sh., 2016-yil 2-avgust, 249-son Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-avgustdagi 249-son qaroriga ILOVA Oldingi tahrirga qarang. Elektron tijorat platformalar va raqamli ekotizim operatorlarining — axborot vositachilarining faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida NIZOM (ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-iyuldagi 392-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2022-y., 09/22/392/0653-son) I. Umumiy qoidalar Oldingi tahrirga qarang. 1. Ushbu Nizom elektron tijorat platformalar va raqamli ekotizim operatorlarining — axborot vositachilarining faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi. (1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-iyuldagi 392-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2022-y., 09/22/392/0653-son) Oldingi tahrirga qarang. 2. Ushbu Nizomning amal qilishi elektron tijorat ishtirokchilarining shaxsiy axborot tizimlaridan foydalangan holda tuziladigan bitimlariga, davlat xaridlariga, shuningdek quyidagilarning faoliyatiga nisbatan tatbiq etilmaydi: (2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-dekabrdagi PQ-4938-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 07/20/4938/1680-son) muayyan turdagi va sifatdagi tovarlar, shu jumladan hosila moliyaviy vositalar (derivativlar) elektron birja va birjadan tashqari savdolarini tashkil etuvchilar; elektron davlat va korporativ xaridlarni tashkil etish bo‘yicha; elektron ko‘chmas mulk savdolari tashkilotchilari; elektron tijorat ishtirokchilari o‘rtasida bitimlar tuzishda elektron hujjatlar va elektron xabarlar aylanishi bilan bog‘liq bo‘lmagan elektron tijorat xizmatlari ishtirokchilariga xizmat ko‘rsatuvchi axborot vositachilari. 3. Mazkur Nizom maqsadlarida quyidagi tushunchalardan foydalaniladi: agent — axborot vositachisi tomonidan akkreditatsiya qilingan hamda topshiriq shartnomasi yoki komissiya shartnomasi asosida elektron tijoratda sotuvchilar va xaridorlarga vositachilik xizmatlari ko‘rsatadigan elektron tijorat ishtirokchisi — yuridik shaxs; aksept — oferta yo‘llangan shaxsning uning qabul qilinganligi to‘g‘risidagi javobi; Oldingi tahrirga qarang. axborot vositachisi — o‘zining axborot tizimida elektron tijorat amalga oshirilishini ta’minlovchi yuridik shaxs, elektron tijorat platformalar va raqamli ekotizim operatorlari; (3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-iyuldagi 392-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2022-y., 09/22/392/0653-son) Oldingi tahrirga qarang. axborot tizimi — axborot vositachisining axborot tizimi, bitimlar tuzish uchun axborotni yig‘ish, saqlash, qidirish, qayta ishlash va undan foydalanish imkonini beradigan axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalarining tashkiliy jihatdan tartibga solingan majmui; (3-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-iyuldagi 392-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2022-y., 09/22/392/0653-son) oferent — axborot vositachisining axborot tizimida (sotuvchi — tovarni sotishda, xaridor — tovarni xarid qilishda) oferta joylashtirgan elektron tijoratning ishtirokchisi; oferta — bir shaxsga, bir nechta aniq shaxslarga yoki nomuayyan shaxslar doirasiga yo‘llangan, shartnomaning barcha shartlarini o‘z ichiga oluvchi, unga ko‘ra taklif qilayotgan shaxsning taklifiga javob beradigan har qanday shaxs bilan shartnoma tuzish yuzasidan irodasini bilish mumkin bo‘lgan taklif; Oldingi tahrirga qarang. axborot vositachisining qoidalari — axborot vositachisining axborot tizimidan foydalangan holda elektron tijoratni tashkil qilish tartibini belgilovchi axborot vositachisining lokal hujjati; (3-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-iyuldagi 392-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2022-y., 09/22/392/0653-son) tovar — fuqarolik muomalasidan chiqarilmagan va elektron tijoratda bitim predmeti hisoblanadigan tovar, ish va (yoki) xizmat; Oldingi tahrirga qarang. elektron tijorat platformasi — elektron tijorat subyektlariga elektron bitimlarni amalga oshirish, tanlovlar yoki auksionlarni tashkil etish va o‘tkazish hamda ishtirokchilarga masofadan turib (shaxsan ishtirok etmasdan) elektron operatsiyalarni amalga oshirish imkonini berish uchun mo‘ljallangan Internet jahon axborot tarmog‘idagi axborot tizimi; Download 47.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling