1. Iqtisodiyot fanining predmeti cheklangan resurslar dunyosida ne‘matlarni ishlab chiqarishdagi kishilarning xulq-atvori va uni boshqarishni o‗rganishdan iborat‖, deb ta‘kidlanadi
Download 12.11 Kb.
|
innovatsiya yakuniy javoblar
1.Iqtisodiyot fanining predmeti – cheklangan resurslar dunyosida ne‘matlarni ishlab chiqarishdagi kishilarning xulq-atvori va uni boshqarishni o‗rganishdan iborat‖, deb ta‘kidlanadi.. 2. Fikrimizcha, ―innovatsiya‖ yangicha g‗oya, ishlab chiqarishga tadbiq etilgan yangicha yondashuv, yangi texnologiya va ishlab chiqarilgan yangi mahsulot, boshqaruvdagi yangicha usul, umuman, barcha jabhalardagi yangi islohotlardir. Bunda innovatsiya nafaqat so‗nggi yangilik, balki hayotga tadbiq etilgan, jamiyat a‘zolariga iqtisodiy va ijtimoiy naf keltiruvchi vosita bo‗lishi lozim. Innovatsion faoliyatning maqsadi, vazifalari va uslublarining tadqiqotini davom ettirish uchun, innovatsiyaviy boshqaruv ob‘ektini ifodalash va uning asosiy tavsiflari va xususiyatlarini aniqlash kerak. Buning asosiy zaruriyati shundaki, innovatsion faoliyat korxonaning raqobat asosida rivojlanishi strategiyasining asosiy elementlaridan biri bo‗lib, boshqaruv infratuzilmasini yaxshilash va faoliyat maqsadlariga yanada samaraliroq erishish imkonini beruvchi turli xil yangiliklardir. 3. Innovatsiyalar nazariyasi holatini va korxonalarda innovatsion jarayonlarni boshqarishni tashkil etish sharoitlarining tahlili ko‗rsatishicha, innovatsion faoliyatning samaradorligi u qanchalik to‗g‗ri tashkil etilganligiga bog‗liq bo‗ladi. Muayyan korxonada innovatsion faoliyat jarayonlarni tashkil etishning o‗zi jiddiy muammolardan biriga aylanadi. Hozirgi kunda innovatsion jarayonni tashkil etishning ko‗plab modellari ishlab chiqilgan bo‗lib, ularning har biri korxona rivojlanishi darajasidan kelib chiqqan holda to‗liq yoki qisman foydalanilishi mumkin. Amerikalik iqtisodchi olim J.Brayt ―Innovatsiya jarayoni ilm va texnika, tadbirkorlik va boshqaruvni o‗zida birlashtiruvchi innovatsiyalarning tijoratlashuviga qaratilgan iqtisodiy faoliyatdir‖1 degan g‗oyalarni ilgari surgan. Uning fikricha, ―innovatsiya jarayoni g‗oya paydo bo‗lishidan boshlab, tijorat asosida hayotga tadbiq etish jarayonigacha bo‗lgan barcha bosqichni o‗z ichiga oladi‖ deb ta‘kidlaydi. 4. Bozor iqtisodiyotini rivojlantirishning hozirgi bosqichida, innovatsiyalarni joriy etish, milliy korxonalar raqobatdoshligini oshirish, ularning iqtisodiy mustaqilligini va bozordagi mavqeini mustahkamlashning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. 6. uslubiyotiva ularga ta‘sir ko‗rsatish vositalarini ishlab chiqish. Korxonada ro‗y berayotgan innovatsion jarayonlarning samaradorligi, innovatsiyaviy strategiyani shakllantirishda qo‗llaniladigan usul va uslublar, innovatsiyaviy mahsulot kategoriyasi, ishlab chiqilayotgan innovatsiya turlari, ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarining ishlab chiqarishga jalb etish va uni qo‗llanilishiga bog‗liq bo‗ladi. Ular orasida eng muhim elementlar bo‗lib quyidagilar sanaladi: innovatsiyaviy xarakterdagi echimlarni ishlab chiqish va amalgaoshirishning samarali strategiyalari; muayyan tashkiliy tuzilmada bunday strategiyani amalga oshirish jarayonini boshqaruv mexanizmi. 18. Innovatsion faoliyatni rivojlantirish infratuzilmasining asosiy tamoyillarini shakllantirishda milliy iqtisodiyot talablari va imkoniyatlariga mosligini, moslashuvchanlik holati, xalqaro iqtisodiyotda raqobatbardoshlikni ta‘minlashga xizmat qilishi lozim. Bunda milliy innovatsion tizimning bir segmenti sifatida funksional-to‗laqonli innovatsion tuzilma yaratish zarurhisoblanadi 19. Innovatsiyaviy jarayonni boshqarish zaruriyati va imkoniyatlarini aniqlash, uni amalga oshirish sharoitlarini ifodalash imkonini beradi. Bularga birinchi navbatda turli xil ehtiyojlar kiradi. Ularni ichki va tashqi muhit ehtiyojlari hamda shaxsiy ehtiyojlarga ajratish mumkin bo‗ladi. Birinchi guruhni biror yangi tovar ishlab chiqarish uchun zarur bo‗lgan makrodarajadagi ehtiyojlarni shakllantiradi. Ular mazkur mahsulot bozorining shakllanishi va faoliyati xususiyatlari, raqobatbardoshlik darajasi, etkazib beruvchilar va iste‘molchilar hatti-harakati, ushbu soha yoki tarmoqdagi davlat siyosati, umumjahon bozor tendensiyalari va hokazolar bilan aniqlanadi. Ikkinchi guruh korxona moliyaviy-xo‗jalik faoliyatining turli jihatlarini, umumxo‗jalik siyosatining istiqboli va tendensiyalarini, ilmiytexnik va resurs salohiyatini aks ettiruvchi korxona ehtiyojlaridan iborat.Uchinchi guruh murakkab tizim sifatidagi innovatsion jarayonni rivojlanishini ta‘minlovchi, ichki ehtiyojlar yig‗indisidan iborat bo‗lib, innovatsion jarayonlarni ayrim elementlarini (tashkiliy, texnik, texnologik, kadrlar va hokazo) holati va o‗zaro aloqalarini ko‗rib chiqish lozim. 22. Innovatsion faoliyat ishlab chiqarish va inson hayotiy faoliyatining boshqa sohalari ehtiyojlarini qondirishning muhim uslublaridan biri hisoblanadi. U foydalaniladigan mahsulotlarning sifat o‗zgarishlari, faoliyat vositalari va uslublarini yangilash yo‗li bilan amalga oshiriladi. Ammo sifat o‗zgarishlari faqatgina fundamental bilimlar asosida o‗zgartirish mumkin bo‗lib, ular texnik bosqichdan ishlab chiqarish sohasiga o‗tgan holda, unda progressiv o‗zgarishlarni keltirib chiqaradi. Ushbu sohadagi tadqiqotlarning ko‗rsatishicha, sanoati rivojlangan mamlakatlarda innovatsion faoliyat mahsulotlarini sotish hisobiga milliy daromadning 20% gacha o‗sishini ta‘minlashi mumkin. Innovatsion faoliyat O‗zbekiston iqtisodiyoti uchun nisbatan yangi tushuncha bo‗lib, fan-texnika taraqqiyotini boshqarish jarayonlari va ilmiy-texnik yutuqlarni ishlab chiqarishga joriy etishning asosiy jihatlarini qamrab oladi. Innovatsion faoliyatning eng muhim amaliy vazifalaridan biri - innovatsiyaviy jarayonlarni amalga oshirishning samarali tizimini shakllantirish va u quyidagilarni amalga oshirishni talab etadi: innovatsion faoliyatga tegishli nazariy bazasini ishlabchiqish; innovatsion faoliyat sohasida mavjud muammolarni echishuslublarini asoslash; innovatsion jarayonlar samaradorligini baholash uslubiyotiva ularga ta‘sir ko‗rsatish vositalarini ishlab chiqish. 1 Download 12.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling