1. Iqtisodiyotda innovatsiyaning tutgan o’rni


Download 37.58 Kb.
bet1/4
Sana18.03.2023
Hajmi37.58 Kb.
#1283083
  1   2   3   4
Bog'liq
Sun’iy intellekt iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirish omili sifatida


Mavzu: Sun’iy intellekt iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirish omili sifatida

Reja:
1. Iqtisodiyotda innovatsiyaning tutgan o’rni


2. Ta’lim faoliyatida innovatsion texnologiyalar
3. Sun’iy intellekt – to’rtinchi sanoat inqilobining asosi


1. Iqtisodiyotda innovatsiyaning tutgan o’rni
Mamlakatimiz rivojlanishining hozirgi bosqichida innovatsion faoliyatni rivojlantirish insoniyat taraqqiyoti va iqtisodiy o‘sishning muhim omiliga aylanmoqda. Innovatsion faoliyatni doimiy rivojlanib borishi insoniyat va ijtimoiy hayot o‘zgarishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Ushbu sohada eng yangi va zamonaviy ilmiy izlanishlarni olib borgan va shu sohaga oid ilmiy asarlar muallifi bo‘lgan Jati Senguptaning innovatsiyalarga bergan ta’rifiga to‘xtalib o‘tsak. “Texnologiyalarga asoslangan innovatsiyalar mahsulot innovatsiyasi, sanoatda “ilmiy izlanish va rivojlanish”ko‘rinishidagi investitsiyalar va taqlid va takomillashtirishni o‘z ichiga olgan texnologiyalar transferini o‘zida mujassam etadi.Innovatsiyalar turli shakllarda bo‘lishi mumkin, ammo har qanday shaklda u mahsulot tannarxini kamaytirish yoki bozor talabinikengaytirishga yordam qiladi. Innovatsiyalarning ba’zi bir muhim turlarisifatida:texnologiyalarga asoslangan innovatsiyalar;endogen yoki ekzogen innovatsiyalar;sanoat rivojlanishida tanlov mexanizmi innovatsiyasi;texnologiyalar konsorsiumi orqali shakllantiriladiganinnovatsiyalardan iborat.
Innovatsion faoliyat O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun nisbatan yangi tushuncha bo‘lib, fan-texnika taraqqiyotini boshqarish jarayonlari va ilmiy-texnik yutuqlarni ishlab chiqarishga joriy etishning asosiy jihatlarini qamrab oladi. Shuning uchun Prezidentimiz tashabbusi bilan ilgʻor xorijiy tajriba, jahon fanining zamonaviy yutuqlari, innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalar asosida iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va ijtimoiy sohani jadal innovatsion rivojlantirishni taʼminlash maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 noyabrdagi №PF-5264 son “Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda 2017 yil 30 noyabrdagi №PQ-3416 son Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Qarori ga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tashkil etildi.
Shu o’rinda, milliy iqtisodiyotning raqobatdoshligini oshirish va dunyo bozorlariga chiqish, birinchi navbatda iqtisodiyotni izchil isloh etish, yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi korxona va ishlab chiqarish tarmoqlarining jadal rivojlanishini ta’minlash hisobidan amalga oshirilishi mumkin. Boshqacha so‘z bilan aytganda, innovatsiya faoliyatini rivojlantirmay turib, iqtisodiyot raqobatbardoshligiga erishib bo’lmaydi. Innovatsiya atamasining mazmunidan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, qachonki har qanday kashfiyotlar, yangi voqealar, xizmatlar va usullar turlari tarqalishiga qabul qilinsa, o‘shanda xalq ommasi tomonidan tan olinadi. Bunda yangilikning joriy etilishi yangilikni qo‘llash jarayonini bildiradi va yangilikning tarqatilishiga qabul qilinishi vaqtidan boshlab yangi sifat innovatsiyaga aylanadi. Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatnomasida “Iqtisodiyotda boshqaruv tizimi eskirgani, innovatsion g’oyalarni qo’llab-quvvatlash bo’yicha samarali mexanizmlar o’z vaqtida joriy qilinmagani ham jiddiy muammo bo’lib qolmoqda. Shuningdek, texnologik qoloqlik, resurs va energiyani tejaydigan texnologiyalar, muqobil energiya manbalarini tatbiq etishning sustligi ham iqtisodiy taraqqiyot yo’lida to’siq bo’lmoqda”, deya ta’kidlab o’tgan.
Demak, innovatsiyani hayotga joriy qilishdan maqsad biror bir ijobiy natijaga erishishdir. Bundan shuni anglash mumkinki, innovatsiya sohasi o‘z-o‘zidan investitsiya sohasi bilan chambarchas bog‘liqdir. Milliy iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitida innovatsion-investitsion faoliyatning ustuvor yo‘nalishlari sifatida quyidagilarni ko‘rishimiz mumkin:
— korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlashni yanada jadallashtirish, zamonaviy, moslashuvchan texnologiyalarni keng joriy etish;
— eksportga mahsulot chiqaradigan korxonalarning tashqi bozorlarda raqobatdosh bo‘lishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish va eksportni rag‘batlantirish uchun qo‘shimcha omillar yaratish;
— ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxini kamaytirishni rag‘batlantirish hisobidan real sektor korxonalarining raqobatdoshligini oshirish;
— elektroenergetika tizimini modernizatsiya qilish, energiya iste’molini kamaytirish va energiya tejashning samarali tizimini joriy etish choralarini amalga oshirish;
— ichki bozorda talabni rag‘batlantirish orqali mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash.
Albatta, milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalash, uning raqobatbardoshligini oshirishda innovatsiyalarning o‘rni beqiyos. Lekin mamlakatda innovatsiya faoliyatining tashkil etilishi va rivojlanishi uchun quyidagi shartlarning mavjud bo‘lishi va bajarilishi talab etiladi:
— davlat innovatsiya siyosati – O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati organlari tomonidan mamlakatning innovatsion strategiyasi maqsadlari va ustuvor innovatsion dasturlar va loyihalarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarining ishlab chiqilishi va belgilanishi;
— investitsiya salohiyati – davlat, tarmoq, korxona va tashkilotning turli ko‘rinishdagi resurslar yig‘indisi (moddiy, moliyaviy, intellektual, ilmiy-texnikaviy, iqtisodiy va boshqalarni qamrab olgan holda);
— innovatsiya sohasi – innovatsiyalarni yaratish va tarqatishni o‘z ichiga qamrab oluvchi innovatsiya mahsulot (ish, xizmat)larini ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarning faoliyat sohalari;
— innovatsiya infratuzilmasi – innovatsiya faoliyatining amalga oshirilishiga imkon beruvchi, ta’sir ko‘rsatuvchi turli muassasalar;
— innovatsiya dasturi (korxona, tarmoq, hudud, davlat, mintaqa, davlatlararo) – innovatsiya loyihalari resurslari, ijrochilari va ularni amalga oshirish muddatlari bo‘yicha kelishilgan hamda yangi turdagi mahsulotlarni o‘zlashtirish va joylashtirish bo‘yicha vazifalarning samarali hal etilishini ta’minlovchi innovatsion loyihalar va tadbirlar kompleksi.
Innovatsiyalarni loyihaviy moliyalashtirishning bir necha turlari mavjud. Loyihaning o’zining, uning ishtirokchilarining kredit qobiliyati, ularning kreditni uchinchi shaxslar tomonidan to’lash kafolatlari hisobga olinmagandagi yashash qobiliyatiga asoslangan molyailashtirish asosiy bo’ladi. Loyihani amalga oshirish natijasida generatsiyalanadigan aul oqimlari qarzni to’lashning manbai bo’luvchi investitsiyalarni moliyalashtirishni uchinchi tur deb hisoblash mumkin. Moliyalashtirishning shunday turi uchinchi deb hisoblanadiki, bunda ham loyihani amalga oshirish natijasida generatsiyalanadigan naqd mablag’lar oqimlari va ham korxona aktivlari kreditni ta’minlanishi bo’lib xizmat qiladilar.
Korxonaning o’zining iqtisodiy va texnik yashash qobiliyati kreditni ta’minlashi loyihaviy molilashtirishning to’rtinchi turi bo’ladi. Mamlakat iqtisodiyoti va iqtisodiyot subyektlarining tadbirkorlik faoliyatiga ta’sir ko’rsatishning asosiy vositalaridan biri – davlat iqtisodiy siyosatining bo’g’inlaridan hisoblanuvchi innovatsiya siyosatidir. Davlat innovatsiya siyosati yordamida bevosita ishlab chiqarish hajmi sur’atlari oshishiga, fan-texnika taraqqiyoti tezlashishiga, ijtimoiy ishlab chiqarish tuzilishi o’zgarishi, ijtimoiy muammolarni hal qilishga ta’sir o’tkaza oladi.
Bugungi kunda dunyoda toʻgʻridan-toʻgʻri intellektual, axborot, moddiy-texnik va moliyaviy resurslarni faollashtirish, shuningdek, raqobatbardosh, tijorat uchun istiqbolli ilmiy ishlanmalarni ilgari surish maqsadida yaratilgan koʻplab innovatsion markazlar mavjudki, ularning asosiy maqsadi ilm-fan va ishlab chiqarishni, iloji boricha, uygʻunlashtirishdan iborat boʻlib, bu yoʻlda ilm talab qiladigan mahsulotlar bozorini rivojlantirish va ilmiy tadqiqotlarni tijoratlashtirishni koʻzlagan holda saʼy-harakat qilmoqdalar.
Oʻzbekiston oʻz taraqqiyotining asosiy mezoni sifatida innovatsion rivojlanish strategiyasini tanladi. Innovatsion rivojlanish vazirligining tashkil etilishi bu yoʻnalishdagi dastlabki qadamlardan biri boʻlganini alohida eʼtirof etish kerak.

Download 37.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling