1. iqtisodiyotga kirish


Download 1.03 Mb.
bet228/240
Sana31.01.2024
Hajmi1.03 Mb.
#1828879
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   240
Bog'liq
1. iqtisodiyotga kirish-hozir.org

21.6. Xalqaro savdo siyosati

Savdo siyosati-import va eksportni to‘g‘ridan to‘g‘ri cheklash vositasida tashqi savdoni tartibga solishga yo‘naltirilgan davlatning tashqi iqtisodiy siyosatining tarkibiy qismi. Tashqi savdo siyosati tashqi iqtisodiy siyosatning tarkibiy qismidir. Tashqi iqtisodiy siyosat mamlakatni boshqa davlatlar o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni tartibga solish bo‘yicha faoliyatdir. Milliy iqtisodiyotda tashqi omildan samarali foydalanishda u muhxim o‘rin tutadi. Tashqi iqtisodiy aloqalarning rivojlanib borishi bilan tashqi iqtisodiy siyosatni olib borishning vositalari tizimi ishlab chiqildi. Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish vositalari milliy va davlatlararo darajada olib boriladi. Tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida faoliyatni muvofiqilashtirish kelishuvi taraflarning muammolarni hal etishda rioya etadigan bo‘yniga oluvchi me’yorlar, qoidalar va muolajalarni aniqlovchi bitimlarni ishlab chiqishni nazarda tutadi. Bular esa o‘z navbatida milliy iqtisodiyotni tartibga solishga ta’sir etadi.
Xalqaro savdoda iqtisodiy munosabatlar Butun Jahon savdo tashkiloti (BJST) doirasida amalga oshiriladi. BJST jahon savdosining tamoyil va qoidalarini belgilovchi va xalqaro ko‘p tarafli kelishuvlar asosida harakat qiluvchi xalqaro tashkilotdir. Hozirgi vaqtda unda 100 ga yaqin davlatlar a’zo bo‘lib, xalqaro savdo miqdorining 90% ni nazorat qiladi.
Jahon amaliyotida tashqi savdo siyosati proteksionizm (tashqi ta’sirdan ximoyalash) va fritrederlik (erkin savdo) shakllari orqali olib boriladi.
Davlatning tashqi iqtisodiy faoliyatini tartibga solish vositalari proteksionistik xarakterga egadir. Davlat mavjud ahvoldan kelib chiqqan holda proteksionistik siyosatni yoki bojxona siyosatini kuchaytiradi yoki susaytiradi. Ushbu siyosatning maqsadi mamlakat milliy, shu jumladan iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash, ish bilan bandlik darajasini oshirish, hali o‘zini tiklab olmagan yosh tarmoqlarni himoya etish, chet el firmalarining bozorni egallash maqsadida o‘zlarining tovaridan foyda ko‘rmasa ham arzonlashtirib sotishdan himoya etish.
Prokteksionistik siyosat quyidagi yo‘nalishlarga ega:
-tayyor mahsulotni importida, yuqori eksportida esa pastroq bojxona bojlarini nazarda tutuvchi bosh to‘lovlari;
- notarif to‘siqlari: kvotalar, litsenziyalash, davlat monopoliyasi;
Import miqdorini cheklash maqsadida import kvotalari belgilanadi. Bunda mamlakatga ma’lum belgilangan (kvota) miqdorda tovarlarni import yoki eksport qilishga ruxsat beriladi.
Litsenziyalash-bu tashkilot tomonidan tashqi iqtisodiy faoliyat ma’lum turlarini amalga oshirish uchun ruxsat (litsenziya) olish. Davlat monopoliyasi faqat davlat organlarining ma’lum tashqi iqtisodiy faoliyat turlarini amalga oshirish huquqi.
Umumlashtirib olganda fritrederlik (erkin savdo) siyosatini olib borishning iqtisodiyotning rivojlanishiga ta’siri quyidagi holatlarda o‘z aksini topadi:
-milliy iqtisodiyot tarmoqlarining xalqaro darajada ixtisoslashuvi chegaralarini kengaytirish asosida tovarlarini ayriboshlayotgan mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ijobiy ta’sir etadi, undagi aholining turmush darajasi va sifatini oshiradi.
-tashqi savdo yordamida ilmiy-texnik yutuqlarning mamlakatlarda yoyilishiga erishiladi, bu esa davlatlarning innovatsiyaviy asosda iqtisodiyotni rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytiradi.
-raqobatning rivojlanishiga tegishli shart-sharoitlarni yaratib, ishlab chiqarish jarayoniga innovatsiyalarning joriy etilishini rag‘batlantiradi, natijada esa mahsulotlarning turlari ko‘payadi, sifati esa yaxshilanadi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, "Ochiq savdo konsepsiyasi" keyinchalik "Ochiq iqtisodiyot" nazariyasining tarkibiy qismiga aylangan.
Ochiq iqtisodiyot xorijiy mamlakatlar bilan eksport, import va moliyaviy operatsiyalar kabi mexanizmlar bilan bog‘langan. Biroq iqtisodiyotning ochiqligi iqtisodiyotning "erkin savdo" va "proteksionizmga" yo‘nalganligi o‘rtasidagi ziddiyatni bartaraf eta ololmaydi. Demak, davlat tashqi savdo siyosatida ushbu ikki yo‘nalishi o‘rtasida oqilona nisbatni topish kerak. Amaliy jihatdan olganda hozirgi zamon tendensiyalari davlat tomonidan "proteksionistik" va "erkin savdo" siyosatining olib borilishi va ularning qo‘llanilishi ham ushbu xulosalarni tasdiqlaydi.
Tarixiy jihatdan xalqaro savdoda proteksionizm va erkinlashtirish davrlari almashib kelgan, demak erkinlashtirish va proteksionizm birbiriga qaramaqarshi umumiylikka ega kategoriyalar sifatida o‘ziga xos tarizda vujudga kelgan turli shart sharoitlarda birbiriga o‘tish dialektikasi mavjud.
Hozirgi davrda proteksionizm va fritrederlikka asoslangan siyosatni amaliy jihatdan "sof" holda olib borish mumkin emas, ularning o‘rtasida oqilona nisbatni topish davlatning tashqi savdodan ko‘zlagan maqsadiga erishish asosidir.
“Proteksionistik" siyosat tarafdorlari mamlakatning qisqa davrdagi manfaatlaridan, "erkin savdo" tarafdorlari esa mamlakatning uzoq davrdagi man faatlaridan kelib chiqishini ko‘rsatadi.
Tashqi iqtisodiy siyosat va tashqi iqtisodiy aloqalarni davlat tomonidan tartibga solish mexanizmlari "erkin savdo" va "proteksionizm" siyosati o‘rtasida mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi o‘ziga xos xususiyatlarni va jahon xo‘jaligining rivojlanishidagi yangi tendensiyalarni e’tiborga olgan holda oqilona nisbatni ta’minlash orqali ana shu vazifani bajarishga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim.

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling