1. iqtisodiyotga kirish


Monotarmoqli korxonalar bir


Download 1.03 Mb.
bet65/240
Sana31.01.2024
Hajmi1.03 Mb.
#1828879
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   240
Bog'liq
1. iqtisodiyotga kirish-hozir.org

Monotarmoqli korxonalar bir tarmoqda faoliyat yuritadilar. Ko‘p tarmoqli korxonalar esa turli sohalarda faoliyat yuritadilar. O‘z navbatida ko‘p tarmoqli korxonalar ustun tarmoqqa ega va ega bo‘lmagan turlarga bo‘linadi. Masalan, “Djillet” firmasi asosiy ustun tarmog‘i yoki ixtisoslashuvi lezviya va britvalarni ishlab chiqarish, undan tashqari esa tyeri galantyereyasi ko‘zoynaklar, zajigalkalar ishlab chiqaradi. Bu turdagi firmalar faoliyati samaradorlik bilan ajralib turadi. Ko‘p tarmoqli korxonalarning ikkinchi turida asosiy yoki ustun ishlab chiqarish mavjud bo‘lmaydi.
Ular turli xo‘jalik yuritish faoliyatlarini o‘zida birlashtiradi:

  • kapitalni milliy mansubligi nuqtayi nazaridan: milliy va transmilliy korxonalar farqlanadi. Milliy korxonalar ma’lum bir davlat doirasida faoliyat yuritadi. Transmilliy korporatsiyalar esa – yirik konsyernlar bo‘lib ularga faoliyatining xalqaro difyersifikatsiyasi xosdir;


  • ishlab chiqarishning to‘planuv darajasiga ko‘ra korxonalar yirik, o‘rta va kichik korxonalarga bo‘linadi; Ushbu mezon ma’lum darajada shartli bo‘lib, turli mamlakatlarda turlicha tabaqalashtiriladi. Masalan, AQSH da 500 kishiga-kichik, 500-1000 o‘rta; Yevropada 50 kishigacha –kichik, 50-500 o‘rta; Yaponiyada 30-300 o‘rta.


Yirik firmalarning ustun taraflari:


  • katta miqdorda resurslar va daromadlarga egaligi sababli ular barqaror rivojlanishga yerishadilar, shuning uchun bozor konyukturasidagi o‘zgarishlarga munosib tarzda javob byera oladilar;


  • ko‘pchilikka mo‘ljallangan ommabop ishlab chiqarishni tashkil etish orqali tegishli bozorlarni tovar va xizmatlar bilan to‘ldira olishi (AQSH da 1.4% yirik firmalar 32% qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini, 34% kichik korxonalar esa atigi 3.2% miqdorda mahsulot ishlab chiqaradi).


  • yirik miqdorda moddiy, moliyaviy va mehnat resurslariga ega bo‘lib, keng ko‘lamlarda ilmiy-texnikaviy tadqiqotlarni olib borishi, yangi qimmat turdagi texnologiyalarni qo‘llash imkoniyatiga egaligi;


Amaliyotda yirik kapital talab etilmaydigan sohalarda kichik korxonalar faoliyat yuritadilar. Ayniqsa, ilmni ko‘p talab etadigan hamda iste’mol tovar va xizmatlarni ishlab chiqaruvchi tarmoqlarda.


Kichik biznesning samarali rivojlanish imkoniyatiga ega ekanligi uning yirik biznesga nisbatan quyidagi ustunliklari borligi bilan izohlash mumkin: kichik biznesni rivojlanishiga ishlab chiqarish va shaxsiy iste’mol sohalarda talabning tabaqalashishi va individuallashishi ham sharoit yaratadi.
O‘zbekiston Respublikasida amaliyotdagi qonunchilikka asosan quyidagi kichik biznes korxonalari faoliyat yuritadilar:
  • mikrofirmalar, yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan tadbirkorlik subyekti. Tarmoqlar bo‘yicha ishlaydigan xodimlarning o‘rtacha yillik soni quyidagicha tasniflanadi: ishlab chiqarish sohasida - 20 kishidan, xizmat ko‘rsatish va boshqa nomoddiy tarmoqlarda – 10 kishidan, ulgurchi va chakana savdoda va umumiy ovqatlanishda – 5 kishidan oshmasligi kyerak.


  • kichik korxonalar, yuridik shaxs maqomiga ega tadbirkorlik subyekti. Tarmoq va sohalar bo‘yicha ishlaydigan xodimlarning o‘rtacha yillik soni quyidagicha tasniflanadi: yengil va oziq-ovqat, metallni qayta ishlash va asbobsozlik, yog‘ochni qayta ishlash, mebel va qurilish matyeriallari sanoatlarida – 100 kishidan, mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg‘i – enyergetika va kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi mahsulotini ishlab chiqarish va qayta ishlash, qurilish va boshqa sanoat ishlab chiqarish sohalarida - 50 kishidan, fan, ilmiy xizmat ko‘rsatish, transport, aloqa, xizmat ko‘rsatish sohasi, savdo va umumiy ovqatlanish va boshqa nomoddiy sohalarda -25 kishidan oshmasligi kyerak.


Undan tashqari mamlakatimizda yirik korxona va kompaniyalar faoliyat yuritadilar. Har qanday iqtisodiyotda kichik, o‘rta va yirik firmalar faoliyat yuritadi.



Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling