1. iqtisodiyotga kirish


Download 1.03 Mb.
bet17/240
Sana31.01.2024
Hajmi1.03 Mb.
#1828879
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   240
Bog'liq
1. iqtisodiyotga kirish-hozir.org

Tanlash erkinligi har kimning pul daromadlarini ishlab topish va ko‘paytirish istagida amalga oshiriladi. Bu o‘z navbatida bozorning asosiy belgisi sifatida raqobat uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Bozorda resurs yoki mahsulot va xizmatlarga xaridor hamda sotuvchilarning ko‘pligi, ularning bozorga kirish va tark etish erkinligi raqobatning farqlovchi xususiyatlaridir. Bozor iqtisodiyotida raqobat orqali resurslarini tarmoqlar va korxonalarga samarali taqsimlash va mahsulot ishlab chiqarish hajmini bozor talabiga moslashtirish amalga oshiriladi.

Narx bozorning o‘zini-o‘zi tartibga solish tizimida asosiy bo‘g‘in hisoblanadi. Yakuniy narx darajasining shakllanishi ishlab chiqarish sohasida emas, balki muomala sohasida, ya’ni bozorda ro‘y beradi. Shuning uchun narx har doim bozor kattaligi hisoblanadi. Mahsulotlar, tovarlar, xizmatlarning narxlari mulkdorlar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan belgilanadi, buning natijasida ishlab chiqaruvchilarni mehnat natijalaridan ajratib bo‘lmaydi. Narxlar taklif (ishlab chiqarish) va talab (iste’mol) o‘rtasidagi nomutanosiblikni aniqlaydi va bir zumda javob beradi - bozor narxlari mexanizmi yordamida talab va taklif muvozanatlashtiriladi. Narx raqobatbardoshlik xususiyatiga ega, raqobat kurashi, resurslarni qayta taqsimlash, kapitalning bir tarmoqdan ikkinchi tarmoqqa o‘tib turishining vositasidir. Umuman olganda, bozor iqtisodiyotining asosini talab hamda taklif, raqobat va narxdan iborat mexanizm tashkil qiladi. Shuning uchun bozor iqtisodiyoti faqat erkin raqobatbardosh narxlarda samarali ishlashga qodir va bu har bir tadbirkorni narxlarning moslashuvchan usullaridan foydalanishga majbur qiladi.

Demak, bozor iqtisodiyoti erkin tadbirkorlik, ishlab chiqarish vositalariga mulkchilikning turli shakllari, bozor narxlari, va raqobat, xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi shartnoma munosabatlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy faoliyatiga cheklangan davlat aralashuviga asoslangan iqtisodiy tizim.
Bozor tizimining o‘z- o‘zini tartibga soluvchi mexanizmi mavjud. Bozorning o‘zini o‘zi boshqarish mexanizmi tovarlar taklifi va bozor talabi o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri va teskari iqtisodiy aloqalarni o‘z ichiga oladi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa tovarlarni ishlab chiqarishda (taklif) talabni oldindan belgilab qo‘yishi bilan izohlanadi. Barcha ishlab chiqaruvchilar mijozlarning ehtiyojlari (talablari) bilan bog‘liq muammolarni (nima, qanday va kim uchun ishlab chiqarish?) mustaqil ravishda hal qiladilar. Biroq, erkin bozor sharoitida, yakka tartibdagi tadbirkorlar bozor narxlariga ta’sir qila olmaydilar, xaridorlar va ularning ehtiyojlarini bilmagan holda harakat qiladilar. Shuning uchun ishlab chiqarish (taklif) va talab o‘rtasidagi o‘z-o‘zidan rivojlanib boradigan bog‘liqlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri belgilangan maqsadga erishmasdan talab va taklif o‘rtasida nomutanosiblik vujudga keladi. Bunday holatda barcha ishlab chiqaruvchilarda bozor bilan ishlab chiqarishni bog‘laydigan teskari aloqalar yordam beradi. Bozorda mahsulot va xizmatlarga narxlar darajasi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan foydalangan holda tadbirkor mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini bozor talabiga qarab o‘zgartirishga imkon beradi. Shuning uchun bozor munosabatlari rivojlanishining dastlabki bosqichida davlatning iqtisodiy faoliyatga aralashuvi mutlaqo keraksiz bo‘lgan.



Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling