1 Ishlab chiqarish, bandlilik va inflatsiya darajasining davriy tebranishga iqtisodiy davr (sikl)lar deyiladi
Download 26.45 Kb.
|
Makroiqtisodiyot
10.4-jadval
Yagona soliq stavkasi 2007 yilda 13 % ga, 2012 yilda esa 5 % gacha pasaytirildi. Bu chora tadbirlar iqtisodiyotga soliq yukini kamaytirish imkonini berdi. Agar davlat budjeti daromaadlarining YaIMdagi ulushi 2000 yilda 28,5 % bo‘lgan bo‘lsa 2005 yilda 22,5 % ni 201 8 yilda 19,4 % ni tashkil etdi (10.4-jadval). Bizga ma’lumki Yagona yo‘l jamg‘armasi, Maktab ta’limini rivojlantirish jamg‘armas, Pensiya jamg‘armasi va Bandlilikka ko‘maklashish jamg‘armasini o‘z ichiga olgan davlat nobudjet fondlariga to‘lovlar ham soliq mazmuniga ega bo‘lib tovarlarlar va xizmatlar tannarxiga, ularning sotilish bahosi ko‘tarilishiga, raqobatbardoshliligi pasayishiga olib keladi, shuningdek korxonalar moliyaviy resurslari qisqarishini keltirib chiqaradi. Nobudjet davlat jamg‘armalarini ham qo‘shib hisoblanadigan jamlanma budjet daromadlarining YaIMdagi 70 O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ma’lumotlari 139 ulushi sifatida aniqlanadigan soliq yukining ham kamayishini kuzatishimiz mumkin. 2001-2017 yillar davomida iqtisodiyotga umumiy soliq yuki 40 foizdan 29 foizgacha pasaytirildi. Iqtisodiyotga soliq yukining pasaytirilishi korxonalarning moliyaviy resurslarining ko‘payishiga olib keldi. “ Bu o‘z navbatida investitsiyalarnig ko‘payishi, korxonalarning aylanma mablag‘larini to‘ldirish, ishchi va xizmatchilarning ish haqi va daromadlarini oshirish uchun qo‘shimcha manba bo‘lib xizmat qilmoqda. 2014 yilda yuridik shaxslar daromadiga solinadigan soliq stavkasi 8.5% dan 8%ga, kichik korxona va mikrofirmalar uchun yagona ijtimoiy to’lov 25% dan 15%ga pasaytirildi. Natijada iqtisodiyotga davlat budjeti daromadlari bo‘yicha hisoblanadigan soliq yuki 20, 6 % gacha pasaydi. Bu yillar davomida soliq yukining pasayishi soliq stavkalarining kamaytirilishi bilan birga investorlar va tadbirkorlar uchun soliq imtiyozlari ro‘yxatining kengaytirilishiorqali ro‘y berdi. Tahlil qilinayotgan davrda to‘g‘ri soliqlarning YaIMdagi ulushi 7,5 % (2000 y) dan 3,8 % (2018 y.) gacha pasaydi. Mol-mulk solig‘i va resurs to‘lovlarining YaIMdagi va yalpi soliq tushumlaridagi ulushi kamayib borganligini ta’kidlash lozim. Bu soliqlarning YaIMdagi ulushi 2010 yilda 3,4 %ni, 2018 yilda 3,1 %ni tashkil etdi. To‘g‘ri soliqlar tarkibida, jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliqlar ulushi muttasil o‘zgarib bormoqda (10.5-jadval). Agar bu ko‘rsatkich 2000 –yilda 44,5 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2010 yilda 45.0 %ni, 2011 yilda 42,7 % ni, 2012 yilda 42,5 % ni, 2018 yilda esa 41,2 % ni tashkil etdi, ya’ni, to‘g‘ri soliqlar yalpi tushumida yuqori o‘rin tutadi. Yuridik shaxslar daromadlaridan olinadigan soliq stavksining kamayishi natijasida 2000-2017 yillarda u bo‘yicha tushumlarlarning to‘g‘ri soliqlar tarkibidagi ulushi kamayishi kuzatildi va 12,8%ni tashkil qildi. Soliq shkalalari bo‘yicha soliq stavkalari kamayishiga qaramasdan jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliqlarning ko‘payib borayotganligi soliq bazasi, ya’ni aholi daromadlari ortib borayotganligidan dalolat beradi. 2011-2017 yillarda ijtimoiy infratuzilma solig‘i ulushining ortishi hisobiga jismoniy shaxslar daromad solig‘inig to‘g‘ri soliqlar tushumidagi ulushi qisqardi. To‘g‘ri soliqlar stavkalarining pasaytirilishiga qaramasdan soliq bazasining kengayishi hisobiga bu soliqlar tushumining mutlaq miqdori 141 oshib borishi, to‘g‘ri soliqlardagi ulushi esa 2012-2017 yillarda deyarli barqaror bo‘lib qolayotganligini ta’kidlash mumkin, xususan, 2017 yilda budjet daromalari tarkibida to’g’ri soliqlarning ulushi 24,0 % ni tashkil etdi. Bunday baqarorlik 2012-2017 yillarda yagona soliq to‘loviga ham tegishlidir. Soliq to‘lovchilar soni ortishi, soliq bazasining kengayishi yagona soliq stavkasinig pasayishiga qaramasdan uning mutlaq miqdori ortib borishiga olib keldi. Agar ushbu soliqlar tarkibini qarab chiqadigan bo‘lsak, qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha tushumlar egri soliqlar tarkibidagi ulushi bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi. 2000 -yilda qo‘shilgan qiymat solig‘i ulushi 47,3 foizni, 2004 yil 42,5% foizni, 2013 yilda 56,4% tashkil etgan bo‘lsa, 2018 yilda 67,5 % ni tashkil qildi. Qo‘shilgan qiymat solig‘i ulushining bunday keskin ko‘tarilishi aksiz solig‘i bo‘yicha tushumlar hajmining kamayishi bilan izohlanadi. 2013 72 O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ma’lumotlari 142 yilda aksiz solig‘i bo‘yicha tushumlarning egri soliqlar tarkibidagi ulushi 2004 yildagi 48,2% o‘rniga 31 ,1%ga teng bo‘lishi, 2018 yilda esa 23,5 % ga teng bo‘lishi kuzatildi. Ushbu pasayishning sababi respublika hududida ishlab chiqarilgan alkogol mahsulotlariga aksiz solig‘ining qat’iy belgilangan stavkasining o‘zgarmaganligi bilan bog‘liq. Boshqa egri soliqlarning stavkalarida esa inflatsiya darajasi hisobga olinadi. Tashqi iqtisodiy faoliyatning yanada faollashuvi natijasida, bojxona bojlarining egri soliqlardagi ulushi ortib borib 2000 yildagi 2 % o‘rniga 2005 yilda 4,7 % ga, 2016 yilda esa yana ko‘tarilib 8,2 % ga yetdi. Shu davrda egri soliqlar tushumining umumiy hajmida jismoniy shaxslardan undiriladigan yagona bojxona to‘lovi ulushi ortdi. Avtomobil egalariga mulk egaligi uchun solinadigan soliqlar o‘rniga joriy etilgan benzin iste’moli uchun jismoniy shaxslardan undiriladigan soliqlarning egri soliqlar tushumidagi ulushi 2002 yilda 2,5 foizni tashkil etgan bo‘lsa, ko‘payib borib 2005 yilda 4,4 foizga, 201 8 yilda 4,4 foizga yetdi. Soliq stavkalarini pasaytirish, iqtisodiyotga soliq yukini kamaytirish, soliqlarning rag‘batlantiruvchi funksiyasini kuchaytirish borasida amalga oshirilgan chora tadbirlar natijasida umumiy soliq yuki kamaygani holda, budjet daolmadlari ortib bordi, ularning tarkibida ijobiy siljishlar ro‘y berdi. Davlat budjetiga soliq tushumlarining ko‘payishi hukumatimiza ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarni moliyalashtirish, aholini ijtimoiy himoya qilish borasidagi tadbirlarni amalga oshirishiga xizmat qildi. 3/ 14-BOB. IQTISODIY O‘SISHNING UMUMIY TAVSIFI VA Download 26.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling