1 Ishlab chiqarish, bandlilik va inflatsiya darajasining davriy tebranishga iqtisodiy davr (sikl)lar deyiladi
Iqtisodiy o‘sishga omillari va tiplari
Download 26.45 Kb.
|
Makroiqtisodiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- 14.3. Iqtisodiy o‘sishning E.Domar modeli
14.2. Iqtisodiy o‘sishga omillari va tiplari
Real ishlab chiqarish hajmlarining uzoq muddatli o‘sishi sur’atlarini, ko‘lamlarini, samaradorligi va sifati oshishini belgilovchi hodisa va jarayonlar iqtisodiy o‘sish omillari deyiladi. Iqtisodiy o‘sish omillari ikki guruhga ajratiladi. Birinchi guruh omillari ihtisodiy o‘sishni fizik (ashyoviy) jihatdan ta’minlaydi. Bu guruhga ishlab chiqarish omillari kiritiladi: sur’atga ega bo‘lsa intensiv ihtisodiy o‘sish ro‘y beradi. “Iqtisodiy o‘sishning intensiv tipi ishlab chiqarish samaradorligining oshishiga bog‘liq. U foydalanilayotgan resurs birligiga to‘g‘ri keladigan mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirishni, ishlab chiqarishning texnik xususiyatlarini yaxshilashni ko‘zda tutadi. Bunday jaryonlar namoyon bo‘ladi: fan va texnika yutuqlaridan foydalanish va ishlab chiqarishni yangilashda; xodimlar malakasini oshirishda; 188 ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini oshirish, assortimentini yangilashda”85. Iqtisodiy o‘sishning bu ikki tipi sof holda ro‘y bermaydi. Iqtisodiy o‘sish uni ta’minlashdagi intensiv yoki intensiv omillarning ulushi darajasiga qarab ko‘proq ekstensiv, yoki ko‘proq intensiv bo‘lishi mumkin. Iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini takomillashtirib borish, chuqur qayta ishlangan, tayyor, qo‘shilgan qiymat hissasi yuqori bo‘lgan mahsulot ishlab chiqaruvchi tarmoqlarni jadal rivojlantirish va ularning YAIM hamda mamlakat eksportidagi ulushini ko‘paytirish muhim ahamiyatga ega. prognoz qilinmoqda. 14.3. Iqtisodiy o‘sishning E.Domar modeli Iqtisodiy o‘sish moldellari yalpi ishlab chiqarishning uzoq muddatli ko‘payishi taklif omillariga tayangan holda tahlil etish imkonini beradi. Boshqa iqtisodiy modellar singari iqtisodiy o‘sish modellari ham real jarayonlarni abstrakt va soddalashgan ko‘rinishda, shartli tarzda grafiklarda va tenglamalarda aks ettiradi. Iqtisodiy o‘sishning keynscha va neokllasik modellari mavjud. Keynscha modellarning mohiyati quyidagicha: 1)ularning barchasi Keynsning yalpi talb to‘g‘risididagi bosh g‘oyasiga tayanadi. Ya’ni ularni tuzishda mualliflar iqtisodiyotni uzoq muddatli mutanosib rivojlanishining hal qiluvchi sharti yalpi talabni oshirish deb qarashgan; 2)iqtisodiy o‘sishning asosiy omili investitsiyalar hisoblanadi, boshqa ishlab chiqarish omillari e’tiborga olinmaydi; Keynscha iqtisodiy o‘sish modelidan soddarog‘i 40-yillarda E. Domar tomonidan taklif etilgan model hisoblanadi. Keyns o‘z tahlilida investitsiyalarnig yalpi talabga ta’sirini qrgangani o‘oldaa, yalpi taklifga ta’sirini ko‘rib chiqmaydi. Undan farqli tarzda Domar modelida mehnat bozorida ortiqcha taklif mavjud, bu baholarn barqaror xolatida ushlab turadi, nvestitsion lag «0» ga teng, kapital quyilmalarni ng chegaraviy unumdorligi doimiy deb olinadi. E.Domar investitsiyalarni ham talab ham taklif omili deb qaraydi. Ya’ni investitsiyalar nafaqat multiplikativ ta’sir ko‘rsatib yalpi talabni oshiradi, balki ishlab chiqarish quvvatlarini yuzaga keltirib, ishlab chiqarishni rivojlantiradi, tovarldar taklifini oshiradi . Shunday ekan, yalpi talabning o‘sishi yalpi taklifning o‘sishiga teng bo‘lishi uchun investitsiyalar qanday o‘sishi kerak degan savol paydo bo‘ladi. Bu savolga javob topish uchun Domar uch tenglamani o‘z ichiga olgan tenglamalar sistemasini tuzdi: 1)taklif tenglamasi; 2)talab tenglamasi; 190 3)talab va taklif tengligini ifodalovchi tenglama. 1. Taklif tenglamasida investitsiyalar ishlab chiqarish omillarining qanchaga qo‘shimcha o‘sishini ko‘rsatadi . Ishlab chiqarish to‘plangan jami kapital bilan ta’minlanishi, milliy daromad esa qo‘shimcha investitsiyalarning multiplikativ ta’siri ostida ko‘payishi sababli taklif tenglamasida jami investitsiyalar, talab tenglamasida esa qo‘shimcha investitsiyalargina ko‘rib chiqilaadi. Download 26.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling