1. Ishlab chiqarish jarayonlarida tebranishlar va shovqin haqida ma’lumotlar. Titrash va shovqindan himoyalanish usullari


Download 0.52 Mb.
bet2/3
Sana18.06.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1557757
1   2   3
Bog'liq
6-маъруза

L2 = L1-20 lg r2; ( dB )
bu erda L2shovqin manbaidan r2 masofadagi tovush bosimining darajasi.
r2 – shovqin manbaidan ta’sir doirasigacha bo‘lgan masofa, m.
L1 – 1 m masofada shovqin tovush bosimi darajasi.
Hajmi uncha katta bo‘lmagan binolarda tovush to‘lqinlari shift, devorlar, poldan ko‘ra ko‘p bora aks-sado beradi. Aks sado bergan tovush to‘lqinlari shovqin manbai to‘lqinlariga qo‘shiladi, shuning uchun binolarda tovush bosimi darajasi ochiq maydondagiga nisbatan ko‘p bo‘ladi. Sanitariya normalari hududlar va ishlab chiqarish korxonalari binolarida shovqinni cheklash bo‘yicha sanitariya me’yorlari 1996 yil 30 apreldan kuchga kiritilgan va loyihalanayotgan ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlari uchun ulardagi ish o‘rinlari, texnologik va muhandislik uskunalari uchun majburiy hisoblanadi.
Tebranish – mustahkam zich jismlarning mexanik tebranishlari yoki tebranma harakatlardir.
Tebranish detallar va xarakatlanayotgan mexanizmlar, vallar, mashina shkivlari, dastgohlar, pnevmatik asboblarning asosiy o‘qqa nisbatan noto‘g‘ri balansirovkasi, quvur, quvurlar bo‘yicha suyuqlik va gazlarni tashish oqibatida yuzaga keladi.
Tebranish dinamik yuklar ta’sirida vujudga kelib, mashinalar, qurilmalar va ishlab chiqarish binolari poydevoriga uzatiladi, ular orqali esa erga o‘tadi.
SHuning uchun silkinishlar va chayqalishlar katta masofaga etib borib, boshqa binolar va inshootlarda ta’sir hosil qilishi mumkin.
Texnologik va boshqa uskunalarni loyihalashtirishda ishlab chiqarish binolarida, ish joylarida uskunalar silkinishi tegishli kattalikdan oshib ketmasligi va SN – 245 –93 me’yorlariga javob berishini inobatga olish zarur.
Ishlab chiqarish tebranishlarini me’yorlash muammosi 2 yo‘nalishda hal qilinadi: injenerlik (muxandis) – texnik va sanitariya – gigienik.
Kuchli va sekin silkinishlar o‘rtasidagi chegara f chastotaga bog‘liq tarzda yo‘l qo‘yiladigan silkinish amplitudalarining me’yoriy kattaligini o‘zgarishi sifatida ko‘rib chiqish mumkin.
n = 400 ayl/min bo‘lganda, A = 0,2 mm.
n £ 2400 ayl/min bo‘lganda, A = 0,05 mm.
n < 300 ayl/min bo‘lganda, A £ 0,19 mm.
Agar A £ 0,19 mm bo‘lsa, qoniqarli A £ 0,15 mm – yaxshi hisoblanadi.
Ishlab chiqarishda ko‘ndalang, uzunasiga yoki aylanma tebranishlar mavjud. Umumiy silkinishlarning tananing biror bir qismiga doimiy ta’siri organizmda qon ta’minotining yomonlashuviga olib keladi. Bu bo‘g‘inlarning deformatsiyasiga va harakatlanishning sustlashuviga, terining sezish qobiliyatini kamayishiga sabab bo‘ladi.
Insonning ichki organlarini o‘z chastota tebranishlariga ega tebranuvchi tizim sifatida qarab chiqish mumkin:
f = 6 Gs - insonning butun tanasi uchun;
f = 20 –25 Gs – boshqa organlar uchun;
f > 25 Gs bo‘lsa – noxush tebranish hisoblanadi.
Tashqi tebranishlarning ta’sirida rezonans holatini chaqirishi va insonning ichki organlari chayqalishi va shikastlanishiga olib kelishi mumkin. Nafas organlari yurak, bo‘g‘in va markaziy tizim faoliyatini izdan chiqaradi, ko‘rish-eshitish qobiliyatini sustlashtiradi. Uzoq va tez silkinishda silkinish kasalligi vujudga kelishi mumkin. Ayniqsa, inson uchun bir vaqtning o‘zida shovqin, silkinish va past harorat juda zararli hisoblanadi.
Titrash - qattiq jismlarning tebranishidir. U odam sog‘ligiga noxush ta’sir ko‘rsatadi. Muntazam ravishda ta’sir etganda kasbiy kasalliklarni keltirib chiqaradi.
Mashina va texnikalarning aylanma harakati, bir-biriga urilishi, shuningdek, texnologik qurilma va apparatlardan gaz va suyuqliklarning katta tezlik bilan o‘tishi shovqinning asosiy manbalarini tashkil qiladi.
Insonning eshitish organizmi mexanik tebranishlarning 16-20000 Gs oraliqlarda bo‘lgan mexanik tebranish to‘lqinlarini eshita oladi. 15 Gs dan past chastotadagi shovqin infro tovush, 20000 Gs dan yuqori bo‘lgan tovush esa ultra tovush deb yuritiladi va inson organizmiga biologik ta’sir ko‘rsatadi.
4- jadval
Tebranishlarni inson organizmiga ta’siri

Titrash tebranishining amplitudasi, mm

Titrash chastotasi, Gs

Ta’sir natijalari

0,015 gacha

Har xil

Organizmga ta’sir etmaydi

0,016-0,050

40-50

Asab buziladi va depressiya holati kuzatiladi

0,051-0,100

40-50

Markaziy asab, yurak va eshitish tizimida o‘zgarish kuzatiladi.

0,101-0,300

50-150

Kasallanish mumkin

0,101-0,300

150-250

Silkinish kasalligi kuzatiladi

SHovqinning uzoq muddatli ta’siri eshitish organlarining faoliyatini yomonlashtirishdan tashqari qon bosimining o‘zgarishiga, ko‘rish qobiliyatining yomonlashishiga, harakatlanish markazlarida o‘zgarish paydo bo‘lishiga, oqibatda harakat koordinatsiyasining buzilishiga va organizmda quvvat sarflash jarayonining ko‘payishiga olib keladi. SHovqin insonning yurak va qon aylanish tizimlari funksiyalarining buzilishiga, ovqat hazm qilish va boshqa organlarda funksional o‘zgarishlarining paydo bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Inson organizimida shovqin ta’siridan kelib chiqadigan o‘zgarishlar «shovqin kasalligi» deb yuritiladi.
SHovqin - chastota (gers), intensivlik va tovush bosimi bilan ifodalanadi. Tovush to‘lqinlarining tarqalishi muhitning elastiklik xossasiga, harakat va zichligiga bog‘liq. Tovush to‘lqinlarining 200S haroratli havo muhitidagi tarqalish tezligi 343 m/s, po‘latda 5000 m/s, betonda 4000 m/s ga teng. Tovush to‘lqinlarining tarqalish chegarasi tovush maydoni deb ataladi. Uning har bir nuqtasi ma’lum bir tovush tezligiga va tovush bosimiga ega bo‘ladi.
Ta’sirni baholash uchun butun chastotalar diapazoni oktava chiziqlariga bo‘lingan, o‘zaro qo‘shni yuqori chegara chastotasi past chegara chastotasidan 2 martaga ko‘p.
Oktavani tavsiflovchi chastota sifatida uning o‘rtacha geometrik kattaligi olinadi.
45 – 90 Gs - fo‘rt = 63 Gs
90 - 180 Gs - fo‘rt = 125 Gs
5000 – 11000 Gs - fo‘rt = 8000 Gs
YUqori (baland) chastota tovushlari inson hissiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bir necha shovqinli agregatlar mavjud binolarda shovqinning umumiy darajasi barcha agregatlar shovqinlar darajasining arifmetik yig‘indisiga teng emas. Bir necha shovqin manbalarining shovqin yig‘indisi darajasi, ulardan teng yarim bo‘lingan nuqtada qo‘yidagicha ifodalaniladi:

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling