1. Ishsizlik mazmuni. Ishsizlik turlari va kelib chiqish sabablari


Ishsizlikning iqtisodiy oqibatlari


Download 9 Kb.
bet3/3
Sana26.10.2023
Hajmi9 Kb.
#1724354
1   2   3
Bog'liq
Ishsizlikning kelib chiqish sabablari va uning salbiy oqibatlari

Ishsizlikning iqtisodiy oqibatlari uning ta’sirida ishlab chiqarilmay qolgan mahsulot hajmi orqali baholanadi. Iqtisodiyot barcha ishlashni xohlagan va ishlay oladiganlar uchun yetarli miqdorda ish joylarini yaratish holatiga ega bo‘lmasa mahsulot ishlab chiqarish potensial imkoniyatining bir qismi yo‘qotiladi. Iqtisodiy adabiyotlarda bu yo‘qotish yalpi ichki mahsulot (YaIM) hajmining orqada qolishi sifatida aniqlanadi hamda u haqiqiy YaIMning potensial YaIMdan kam bo‘lgan hajmi sifatida ko‘rinadi. Ishsizlik darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, YaIM hajmining orqada qolishi shunchalik katta bo‘ladi.
Makroiqtisodiyot sohasidagi taniqli tadqiqotchi A.Ouken ishsizlik darajasi va YaIM hajmining orqada qolishi o‘rtasidagi nisbatini matematik ifodalab beradi. Bu nisbat iqtisodchilar orasida Ouken qonuni sifatida tanilgan bo‘lib, agar ishsizlikning haqiqiy darajasi uning tabiiy darajasidan bir foizga ortiq bo‘lsa, YaIM hajmining orqada qolishi 2,5% ni tashkil qilishini ko‘rsatadi.
Ishsizlikning ijtimoiy oqibatlari ham mamlakat iqtisodiyotiga sezilarli ta’sir o‘tkazishi mumkin. Jumladan, ishsizlikning ba’zi turlarining uzoq muddatli tavsifi ishchilarning o‘z malakalarini yo‘qotishlari hamda daromad va ijtimoiy mavqei jihatidan aholining nisbatan past toifasiga o‘tib qolishiga olib keladi. Bu esa ularda o‘z turmush tarzidan qoniqmaslik, ijtimoiy faollikning yo‘qolishi, atrofdagilarga nisbatan loqaydlikning paydo bo‘lishi kabi holatlarni keltirib chiqaradi. Natijada uzoq davom etgan surunkali ishsizlik millatning ruhiy sog‘lomligiga putur yetkazadi. Ishsizlik o‘sishining muqarrar oqibati bo‘lib mamlakatdagi jinoyatchilikning o‘sishi va ijtimoiy keskinlik darajasining kuchayishi hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida mehnat bozorini tartibga solishda ish haqi bilan bog’liqligi ayniqsa, muhim ahamiyatga egadir. Buni “Fillips egri chizig’i” orqali kuzatishimiz mumkin . Yangi Zellandiyada tavallud topgan , uzoq vaqt davomida Angiliyada ilmiy tadqiqotlar olib borgan Olban Uiliyam Fillips 1891- yildan 1958- yilgacha bo’lgan davrni qamrab olgan ma’lumotlar asosida ana shu bog’liqlikni asoslab bergan. XX asrning 70-yillarida inflatsiya sur’atlari va ish haqi darajasi bir vaqtda o’sishining imkoniyati yo’qligini inkor etgan voqealar sodir bo’ldi. Neftni eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti (OPEK) neft narxini oshirib yubordi. Buning oqibatida stagflyatsiya – ishlab chiqarishning pasayishi hamda inflatsiya sur’atining o’sishi ro’y berdi.
E’tiboringiz uchun rahmat!
Download 9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling