1. Islom huquqining manbalari deganda nima tushunasiz?
Download 18.71 Kb.
|
1. Islom huquqining manbalari deganda nima tushunasiz -fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa o’rnida shuni aytishimiz mumkinki
1-echim. Аhmadga hech qanday jazo chorasi qo‘llanilmaydi, chunki oradan besh yil o‘tganligi bois, da‘vo kiritish muddati o‘tib ketgan.
2-echim. Аhmadga jazo sifatida 80 darra uriladi, chunki ish ko‘rilayotgan paytda u qul emas, ozod kishi, ya‘ni jinoyat huquqining to‘laqonli sub‘ekti bo‘lgan. 3-echim. Аhmadga jazo sifatida 40 darra uriladi, chunki u jinoyatni sodir etayotgan paytda qul, ya‘ni huquq sub‘ektliligi cheklangan shaxs bo‘lgan, shu bois, unga nisbatan jazoning yarmi qo‘llanilishi kerak. “Jazo – jinoyat sodir etgan kishiga davlat tomonidan beriladigan azobdir.” – Muhammad al-Fadel Yuqoridagi kazusga to’xtalishdan avval islom huquqida jazo tushunchasi haqida gaplashamiz. Jazo bu – shaxsga nisbatan qilgan qilmishi uchun davlat tomonidan qo’llaniladigan ta’sir chorasi. Islomda jazo sifatida qiynash, azob berish, ma’lum huquqlarda nosuvo qilish bilan amalga oshiriladi. Islomda jinoyat uchun og’ir jazo turini qo‘llashdan maqsad, birinchidan, aybdorga sodir etgan jinoyati uchun azob berib, qiynash orqali o‘ch, qasos olish va uning kelgusida jinoyat sodir etmasligi uchun ogohlantirish, tarbiyalash bo‘lsa, ikkinchidan, har qanday jinoiy jazo faqatgina davlat tomonidan – uning vakolatli idorasidagi mas‘ul xodimlari – sudyalar (qozilar) tomonidan belgilanishi jamiyatning har bir a‘zosini jazo turlaridan voqif etib, o‘z navbatida ularni ham jinoyatga qo‘l urmaslikka chaqirish, shu yo‘l bilan esa davlatning jinoiy-huquqiy siyosatini to‘g‘ri amalga oshirish kabi ijtimoiy-siyosiy vazifani ro‘yobga chiqarishni ko‘zda tutadi. Islom huquqi bo‘yicha barcha jinoyatlar jazo belgilanishi va tajovuz obyektiga qarab uchta guruhga: 1)hadd jazo turlari; (oldini oluvchi) 2)qasos yoki tovon va kafforat jazo turlari; (qasos oluvchi) 3)ta‘zir jazo turlariga bo‘lingan. Islom huquqidagi jazo turlaridan biz had d (oldini oluvchi jazolar) haqida gaplashamiz. Hadd – so‘zi lug‘atda chekka, chet, chegara, ikki narsa orasidagi parda, mone‘ ma‘nosidadir. Shariatda, Qur‘onda, Hadisda va ijmoda muayyan azob va jazoga loyiq jinoyat qiluvchiga Аlloh taolo tomonidan belgilangan jazodir. Oldini oluvchi jazolar (hadd) butun jamiyatga yetkaziladigan og‘ir jinoyatlar va huquqbuzarliklar uchun beriladi. Hadd dindan qaytganlik va isyon uchun, agarda sud jinoyatchini qatl etishni lozim topmagan bo‘lsa beriladi. Shuningdek, diniy marosim ko‘rsatmalarini namoyishkorona buzgani va ularni tahqirlagani; qasamxo‘rligi va og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lgan soxta guvohligi, huquqbuzarlik qilish uchun undagani; g‘ayri qonuniy jinsiy aloqa qilgani, agarda ular o‘zaro nikoxda bo‘lmasalar; voyaga yetmaganlarni zo‘rlagani, ichkilikbozligi, ichkilik va qimorbozlikka o‘rgatgani; firibgarligi va shunga o‘xshash boshqa huquqbuzarliklar uchun beriladi. Hadd jazosi - qamchin yoki kaltak b-n 40 tadan 100 tagacha urish b-n amalga oshiriladi. Aybdor o‘lib qolmasligi uchun jazo ijrosi bir necha xil usulda amalga oshirilishi mumkin. Sud qaroriga ko‘ra hadd qo‘shimcha miqdorda kaltaklash, jarima, ozodlikdan mahrum qilish va mahalliy udumlarda ko‘zda tutilgan boshqa jazolar bilan yanada qattiqroq bo‘lishi mumkin. Biz yuqorida ko’rga kazusdagi bokira ayolga tuhmat qilishlik ham had jazo sifatida baholanadi va jazo belgilanadi. Alloh tuhmatga nisbatan Qur’onda shunday deydi: “Pokiza ayollarni (zinokor) deb badnom qilib, so‘ngra (bu da'volariga) to‘rtta guvoh keltira olmagan kimsalar(ni) - ularni sakson darra uringlar va hech qachon ular tomonidan biron guvohlikni qabul qilmanglar! Ular fosiq - itoatsiz kimsalardir” 1 Haromdan saqlangan, pokiza, hur ayolga kimda-kim “zinokor” yoki “fohisha” deb tuhmat qilsa, unga dunyo-yu oxiratda la'nat va ulkan azob bo‘lishini, bu dunyoda esa sakson darra urilib, garchi ishonchli bo‘lsa-da, guvohligi boshqa qabul qilinmasligini Alloh taolo bayon qildi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Yettita halok qiluvchi ishdan saqlaninglar”, deb ular orasida: “(Buzuq niyatlardan) g‘ofil, pokiza, mo‘mina ayollarga tuhmat qilish”ni ham sanab o‘tganlar. Tuhmat qilish - pokiza, hur, muslima ayolga “ey zinokor” yoki “ey fohisha” va yo shunga ma'nodosh so‘zlarni aytish, eriga “ey fohishaning eri” o‘g‘liga “ey fohishaning o‘g‘li’ qiziga “ey fohishaning qizi” deyish yoki shu kabi so‘zlarni so‘zlashdir. Bunday gunohni qilgan ozozd kimsalarga 80 darra urish jazosi beriladi. Аbu Yusufning (rahmatullohi alayh) fikricha, qullik paytida dalil-isbotsiz birovni zinokorlikda ayblash-tuhmat jinoyatini sodir etgan qul ishi qozi tomonidan ko‘rilayotganida qullikdan ozod qilingan bo‘lsa, unga ozod shaxsga qo‘llanishi lozim bo‘lgan 80 darra emas, balki, qullarga qo‘llanilgan 40 darra had urish lozim bo‘ladi. Xulosa o’rnida shuni aytishimiz mumkinki, bizga yuqorida berilgan yechimlarda uchinchisi mos kelar ekan. Ahmad tuhmat uchun beriladigan 80 darra o’rniga qul bo’lgfani uchun 40 darra oladi. Bu ish 5 yildan keyi ko’rib chiqilgan va bu paytda Ahmad ozod bo’lsada, unga nisbatan jinoyat vaqtida qulligi hisobga olinib 40 darr jazo berilar ekan. 1 Nur surasi 4-oyat http://fayllar.org Download 18.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling